2. 0 ‘quv muassasalarida kasb tanlashga yo‘llash uslubiyoti.
Mehnat ta ’limi o‘qituvchisining kasbga yo‘naltirish ishi o‘zaro
bog‘liq tarkibiy qismlarning butun bir jam oa bilan, shu jum ladan
kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv metodik xona faoliyati, sinf rahbari-
ning, fan o‘qituvchilarining ishi, ota-onalar va shu kabilar bilan
mahkam bog‘langandir. M ehnat o‘qituvchisi bular bilan yaqindan
aloqa bog‘lamay turib samarali ishlashi m umkin emas»
Mehnat ta ’limi darslarida kasbga yo‘naltirish ishini olib bor-
gan o‘quvchilarni m ehnat faoliyatiga tayyorlashdagi boshqa fanlar
bilan o‘zaro aloqasini ham hisobga olish lozim.
Maktabda har bir o‘quv fani o‘quvchilarni kasbga yo‘nalti-
rishni amalga oshirishda o'ziga xos imkoniyatlarga ega, lekin u
m ehnat turlari, kasblarning xilma-xilligi va shu kabilar to‘g‘risida
o‘quvchilar bilim larini shakllantirishning birdan-bir manbai
350
bo‘lishi m um kin emas. Shu sababdan ham kasbga yo‘naltirisli
ishida m ehnat o‘qituvchisining faoliyatini sinf rahbarlari va fan
o‘qituvchilari ishi bilan muvofiqlashtirish g‘oyat m uhim dir.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, o ‘quvchilarda kasbga bo‘lgan bar-
qaror qiziqishni shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish
uchun;
— fan asoslarini o‘qitishning, m ehnat ta ’lim ining va qo‘shim -
c\rJ
mashg‘ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini va
kasbga yo‘naltirish yo‘nalishini royobga chiqarish;
— m ehnat ta ’limi va kasbga yo‘naltirishning o‘quvchilar ijti-
moiy-foydali, unum li m ehnati bilan o‘zaro aloqasini ta ’minlash;
— o‘quvchilam ing bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli
o‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishlari;
— ishlab chiqarishning turli sohalarida
0
‘quvchilarning qizi
qishini rivojlantirishga shaxsiy tabaqalashtirilgan yondashuvni
amalga oshirishi;
— o ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish sohasida m aktab o‘qi-
tuvchilari bilan ishlab chiqarish jam oalarining birgalikda ish
ko‘rishi;
— sanoat va qishloq xo‘jalik kasblarini targ‘ib qilishi lozim.
Tabiiy
m atem atik
turkum
fanlarni
o‘rgangan
chog‘da
o ‘quvchilar iqtisodiy tum andagi yetakchi kasblar bo‘yicha m ehnat
m azm uni bilan tanishish, ana shu kasblarni muvaffaqiyatli egal
lash uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikm a va m alakalarni olish
imkoniyatiga egadirlar.
M aktab o‘quvchilari gum anitar fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarda kasb tanlash masalalarida g'oyaviy, m a’naviy-
axloqiy, dunyoqarashga oid bilim oladilar.
Fan o‘qituvchisi ongli ravishda kasb tanlashda o‘quvchilarga
yordam berish uchun ularni m ehnat va kasblarning har xil turlari
bilan tanishtirishi; o‘quvchilarning mayli, xususiyatlari va kasbga
qiziqishlarini o‘rganishi, ularda kasb tanlashning ijtimoiy jihatdan
ahamiyatli sabablarini shakllantirishi; bilim olishni davom etti-
rish va ishga joylashish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ularga
m aslahatlar berishi zarur. 0 ‘z fani doirasida kasbga yo‘naltirish
ishini olib borish uchun fan o‘qituvchisining o‘zi tegishli nazariy
va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak.
Nazariy tayyorgariik avvalo, kasbga yo‘naltirish maqsadlari,
vazifalari va yo‘llarini, muayyan fanni, kasbga yo‘naltirishning
351
psixologik-pedagogik asoslarini, o'qitish sharoitida uni amalga
oshirish m etodlarini bilib olishdan iborat.
0 ‘quv jarayonida kasbga yo'naltirish vazifalariga muvofiq fan
o‘qituvchilari uchun ish bosqichlari quyidagicha:
— dasturda kasbga yo‘naltiruvchi m azm unni kiritish m aqsad
ga muvofiq bo‘lgan mavzularni belgilash;
— u yoki bu mavzu mazmuniga eng mos bo‘lgan kasbga
yo‘naltiruvchi m atnni berish shakllarini belgilash, tegishli ko‘r-
gazmali qurollar, videolavhalar tanlash;
— ishlab chiqarish tarm oqlari to ‘g‘risidagi va m azkur fanga
oid mehnat bilan bog‘liq asosiy kasblar haqidagi adabiyotni
o‘rganish. Bunda o‘z iqtisodiy tum anidagi kasblarni o‘rganishga
alohida e ’tibor berilishi kerak.
Darslarda o‘quvchilarni tanishtirish m um kin bo‘lgan kasblar
ro‘yxatini aniqlab olish:
— o‘quvchilarning qiziqishlari va mayllarini o‘rganish, bularni
o‘quvchilar va sinf rahbarlari bilan birga muhokama qilish, nati
jalarini qayd qilish;
— o‘quvchilarda o‘rganilayotgan fanga va u bilan bog‘Iiq kasb
larga qiziqish va havasni shakllantirish maqsadida ular bilan in
dividual ishlarni muntazam ravishda olib borish;
— m aktabda kasbga yo‘naltirish xonasidagi m azkur fan-
ni o‘rganish bilan bog liq kasblarga oid m ateriallarni yangilab
turish;
— kasbga yo‘naltirishga, pedagogikaga va shaxs psixologiyasiga
oid, uni o‘rganish metodlariga doir o‘z bilim larini chuqurlashti-
rish bosqichlarini ko‘rsatish mumkin.
Mehnat o‘qituvchisi, sinf rahbari va fan o‘qituvchilari birgalikda
ishlashining asosiy maqsadi shuki, o‘quvchilar bilan guruhli va ja-
moaviy ish olib borishning turli shakllari va metodlaridan foydalan-
gan holda, iqtisodiy tum anlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olib,
o‘quvchilarni kasblarni asoslangan tarzda tanlashga tayyorlashdir.
Shuning uchun ham kasbga yo‘naltirishga oid ishni o‘z tu-
mani iqtisodiyotini o‘rganishdan, korxona va tashkilotlarning
xodimlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini, maxsus m a’lumot olish
imkoniyatlarini o‘rganishdan boshlash maqbuldir. Ayni vaqtda
o‘quvchilarni mehnat faoliyatining muayyan turlari bilan, kasb
lar bilan tanishtirish, shuningdek, o‘quvchilarning mehnatga va
kasbga bo‘lgan qiziqishlarini ham da niyatlarini shakllantirish
352
im koniyatlarini aniqlash maqsadida o‘quv fanlarining dasturini
tahlil qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |