Kasb tanlashga



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/266
Sana21.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#686732
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

Mezonning ilmiyligi.
Bu m ezonning mohiyati shundan ibo- 
ratki, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish m azm unida ijtimoiy va 
ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, shuningdek faoliyatning har 
xil turlari uchun sharoitlar yaratish ham da politexnik bilim larni 
va um um m ehnat malakalarini shakllantirish, shaxsni har tom on- 
lama tarbiyalash, shaxsning kasbiy iste’dodlari, qobiliyatlari va 
qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish aks etadi.
2. Yuksak Um iy-amaliy aham iyatlilik mezoni.
Ana shu me- 
zonga asoslanib, kasbga yo‘naltirish m ateriallari mazmuniga 
fan va amaliyotning ham m a e’tirof qilgan yutuqlarini, obyektiv 
fanlararo aloqaga va amaliy qo‘llanishga ega bo‘lgan politexnik 
yo‘nalishdagi texnikaviy ma’lum otlarni kiritish lozim.
3. Hammabop mezon.
M azkur mezonga asosan o'quvchilarni 
kasbga yo‘naltirish m azm uni ularning yosh xususiyatlariga m u­
vofiq bo‘lishi kerak.
4. Oqilonalik mezoni.
Bu m ezonning mohiyati shuki, kasbga 
yo'naltiruvchi m ateriallarning hajmi o ‘quvchilarga juda ko‘p, or- 
tiqcha ish topshirmay, shu m ateriallarni o‘rganish uchun ajratil­
gan vaqt miqdoriga mos bo‘lishi lozim.
5. 
Uzviy 
0
‘zaro bog‘liqlik mezoni.
Ushbu mezonning mohiyati 
shundan iboratki, professiografik materiallar tabiiy ravishda dars 
va tarbiyaviy tadbirlar mazmuniga kiritilishi, bular zo‘rlab qabul 
qildirilmasligi va lo‘nda bo‘lishi kerak.
Kasb tanlashga y o ‘Ilash komissiyalarini tashkil qilish; o'qituvchilar
bilan metodik ishlarni tashkil qilish; o'quvchilar bilan ishlash; ota-
onalar bilan ishlash.
Kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik xonani tashkil qilish­
da va uning ishiga yordamlashishda mehnat ta’limi o‘qituvchisi 
katta ahamiyat kasb etadi. Ko'pgina maktablarda mehnat ta ’limi 
o‘qituvchilari ana shunday xonalarning tashkilotchilari hisobla- 
nadilar. Maktabdagi kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodika xonasi
354


o‘quvchil?rni kasbni ongli ravislida tanlasliga tayyorlasli soliasida 
•-'lar bilan,,/bta-onalar bilan m untazam ish olib borish uchun, shu­
ningdek kasbga yo‘naltirish ishini ado etishda o‘qituvchiIarga, korxo- 
nalarning xodimlariga metodik yordam berish uchun xizmat qila­
di. Shu sababdan xonaning jihozlanishi va vaziyati o‘quvchilarning 
niuayyan psixologik kayfiyatini ko‘tarishga ko‘makIashishi, bu yer- 
da ularni qiziqtiruvchi savollarga javob olish imkoniyati yaratilishi, 
xonaga kelish ehtiyojini tug‘dirishi muhimdir.
Kasbga yo‘naltirish xonasining ish m azm uni:
~ ishlab chiqarishning turli tarm oqlari to ‘g‘risida 
0
‘quvchilar­
ni xabardor qilish, eng ko‘p tarqalgan kasblar bilan ularni ta- 
nishtirishni;
— 
0
‘quvchilarning m ehnat faoliyatining muayyan turlariga oid 
qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini aniqlash ham da rivojlan- 
tirishni;
— o ‘quvchilarda shaxsning tegishli psixofiziologik xislatlariga 
mos bo‘lgan va jam iyatning kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini 
hisobga oladigan kasbiy niyatlarini shakllantirishni;
— kasb tanlash, ishga joylashish va o‘qishni davom ettirish 
niasalalari yuzasidan o‘quvchilar uchun pedagogik m aslahatlar 
tashkil qilishni;
~ o ‘qituvchilar va boshqa xodim lar bilan m etodik ishlar olib 
borish (pedagogik o‘qishlar, m a’ruzalar, seminarlar, yakka tartib- 
dagi m ashg‘ulotlar o‘tkazish)ni;
— o ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga oid ilg‘or tajribani o‘rga- 
nish va um um lashtirishni;
— ota-onalar bilan ish olib borish (yig‘ilishlar, m a’ruzalar, 
uchrashuvlar, yakka tartibdagi m aslahatlar o ‘tkazish)ni;
— o ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish m asalalari yuzasidan m eh­
nat jam oalari va jam oatchilik bilan aloqani amalga oshirishni o‘z 
ichiga oladi.
A na shu ishlarni olib borish uchun kasbga yo‘naltirish xona- 
larida, odatda, ikki bo‘limdan: axborot va m etodik bo‘lim lardan 
iborat ekspozitsiya jihozlanadi.
Axborot bo‘lim ida 
0
‘quvchilarning kasb tanlashiga ko‘mak- 
lashadigan m a’iumotlar bilan pedagoglar, o‘quvchilar va ularning 
ota-onalari haqida m ateriallar to‘planadi.
M etodik bo‘limda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan 
kasbga yo‘naltirish ishini olib borishni tashkil qilishga, uning
355


sliakl va metodlariga oid o‘qituvchilar uchun tavsiyalar berilgan 
bo'ladi.
Kasbga yo‘naltirish xonasiga quyidagi mazmundagi m aterial­
lar qo‘yiladi:
- atoqli jam oat arboblari, olimlar, yozuvchilar, pedagoglar va 
shu kabilarning m ehnat va kasb tanlash haqida bildirgan fikrlari; 
shu sohaga oid davlat hujjatlaridan olingan nusxalar;
- «Kasbni to ‘g‘ri tanlash nim ani bildiradi?», «Tanlangan kasb 
tomonidan qanday talablar qo‘yiladi?», «Kasb tanlashda xato 
qilmaslik uchun nim alarni bilish kerak?», «Shifokor maslahat- 
lari» (kasb tanlashga to ‘g‘ri kelmaydigan fikrlar haqidagi stend), 
«Psixolog maslahati» (o‘z kasb tanlashini tushunganlik to‘g‘risida, 
qiziqishlar va qobiliyatlarni rivojlantirish haqida);
- m a’lum otnom a materiallari: « 0 ‘qish uchun qaysi joyga b o ­
rish kerak?» (qishloq kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari 
to‘g‘risida, bularga qabul qilish shartlari, bularda egallash m um ­
kin b o lg an kasblar va mutaxassisliklar haqida m a’lumotlar), 
«Ishlash uchun qaysi joyga borish kerak?» (ishlab chiqarish kor­
xonalarining yetakchi kasblari, shahar, tum an, viloyatlar muhtoj 
bo‘Igan kasblar to‘g‘risida m a’lumotlar); professiogrammalar;
- «O ta-onalaringizning kasblari» (ota-onalardan ishlab chiqa­
rish ilg'orlari, ratsionalizatorlar to‘g‘risida yorqin, maroqli hiko- 
yalar), «Biz tanlayotgan yo‘llar» (maktablarni bitirib chiquvchi- 
lar, ularning m ehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida), «Yo‘l 
ko‘rcatuvchilarimiz» (ishlab chiqarish korxonalarning ilg‘or ish- 
chilari to‘g‘risida).
Bundan tashqari, xonaga asbob-uskunalarning maketlari, 
tayyor mahsulot nam unalari qo'yilgan bo iish i mumkin.
Audiovizual axborotni tashkil qilish uchun xona ta ’lim ning 
texnikaviy vositalari kinoproyektorlar va slaydo-proyektorlar, 
kompyuter vositalari, kinofilm lar va slaydlar, kinoekran, mag- 
nitofonlar, musiqali va magnitli materiallari bo‘lgan fonoteka, 
videotekasi bo‘lgan videomagnitofonlar bilan jihozlanadi.
Xonada m a’naviy-axloqiy m a’lum otnom alar, 
ilm iy-om - 
mabop kitoblardan va tegishli badiiy adabiyotdan iborat ku- 
tubxona, ro‘znom alar, oynom alar albatta bo‘lishi kerak. Ba’- 
zan xonalarda kasbga yo‘naltirishga oid bibliografiya tuzadilar, 
bundan o'quvchilar ham , o‘qituvchilar ham foydalanishlari 
m um kin.
356


M amlakatdagi kasbga yo‘naltiruvchi bir qancha o‘quv-m eto- 
dik xonalarning ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xona m aterialla- 
rini faol o'zlashtirish va ulardan foydalanish uchun shu xonalar­
da o‘quvchilardan m aslahatchi yo‘lboshchilar rolini bajaradigan 
faollarni, shuningdek m aktablarning yuqori sin f o‘quvchilari, 
bitiruvchilari, ota-onalar, ishlab chiqarish ta ’limi ustalari, ish­
lab chiqarish peshqadam lari, ishlab chiqarish korxonalari kichik 
mutaxassislari, maktab o ‘qituvchilari ishtirokida m a’ruzachilar 
g uruhini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Kasbga yo‘naltiruvchi m aktab o‘quv-m etodik xonasini tashkil 
qilishda o ‘quvchilarning o‘zlari katta e’tibor berishlari lozim. Ular 
m ehnat o'qituvchisi rahbarligida xonani jihozlashda, eksponatlar 
yig‘ish, saqlash uchun planshetlar, tagliklar va shu kabilarni tay­
yorlashda yordam berishlari m um kin. Kasb diagnostikasi bo‘yicha 
asboblar tayyorlash jarayoni bolalarda katta qiziqish tug‘diradi.
8 -9 -sin flarn in g o‘quvchilari sanoat nam unalarini asos qilib olib, 
ana shunday konstruksiyalarni, texnika obyektlarini yaratishlari 
m um kin. Ba’zan m aktab o‘quvchilari yaratgan asboblar sanoat- 
da yasalgan asboblardan hatto ustun turadi. 0 ‘quvchilar o‘zlari 
yaratgan diagnostika uskunalarida ishlab, m ustahkam amaliy 
m alaka va muayyan texnikaviy bilim oladilar. Bu bilim lar rivoj- 
lantirilib, ilm -fanning muayyan sohasini chuqur o ‘rganish uchun 
xizmat qilishi, keyinchalik ongli ravishda kasb tanlashga yordam 
berishi mumkin.
Shunday qilib, m ehnat ta ’lim i o‘qituvchisi m aktabning o‘quv- 
m etodik xonasi bilan uzviy aloqa bog‘lab, kasbga yo‘naltirish ishi 
samaradorligini ancha oshiradi, o‘quvchilarning o ‘zlari kasb tan- 
lashlari uchun m ustahkam zam in yaratadi, ularni duradgorlik, 
chilangarlik, tokarlik, frezerlik va shu kabi boshqa kasblar bilan 
tanishtirib, o ‘quvchilarni m ehnat faoliyatini tanlashga tayyorlash 
uchun shart-sharoitlar vujudga keltiradi. 0 ‘quvchilarni m ehnat 
faoliyatining ana shu turlari bilan tanishtirish har bir fermer 
xo‘jaligi, tum an, shahardagi ishlab chiqarish obyektlarida bos­
qich ma-bosqich olib boriladi.
Chunonchi, birinchi bosqich (kasb ta ’limi jarayonida, ya’ni 
kasb tanlashning tayyorgarlik davrida) kasbga oid m aslahat­
lar berish, o‘quvchilarning mayllarini, qobiliyatlarini va indivi­
dual xususiyatlarini hisobga olib, kasb tanlashda ularga yordam 
ko‘rsatishdan iborat.
357


Ikkinchi bosqich kasbiy tayyorgariik davomida tanlagan kasb 
bilan bog‘langandir. Pedagog o‘quvchilarning jismoniy va aqliy 
rivojlanishini, qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘zlashtirishini, ush­
bu kasbni egallashga tayyorgariik darajasini, tibbiy zid dalillarni 
bilishi kerak.
Bu bosqichni kasbga doir maslahat berishning yakunlov­
chi bosqichi deyish mum kin. Bunday m aslahatlarni yil oxirida 
bitiruvchi sinfda fan o ‘qituvchilari, sin f rahbarlari, m aktablar- 
ning kasbga yo‘naltiruvchi komissiyalari va kasbga yo‘naltiruvchi 
xonalarning xodimlari, korxonalar, o‘quv yurtlari va ishga 
joylashtirish organlarining xodimlari beradilar.
Uchinchi bosqichda aniqlovchi maslahat o‘tkaziladi. Bunday 
m aslahatdan ko‘zda tutilgan maqsad — amalga oshirilgan tan - 
lovni aniqlash, kasb xato tanlangan taqdirda esa buni odoblilik 
bilan tushuntirib, boshqa kasbni tanlashni maslahat berish lozim.
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) kasbiy ishning butun tizim i­
da yakunlovchi bosqichdir. Ayni ana shu bosqichda xodim ning 
tanlagan kasbga uzil-kesil muvofiqligi yoki nomuvofiqligi aniqla­
nadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) m etodlaridan kasbga 
yo‘naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish m um ­
kin, deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lur edi. U yoki bu kasbni egallagani 
holda dastlabki tibbiy-fiziologik va psixologik ko‘rikdan o ‘tm agan 
yigit yoki qizga tanlagan kasbi zid bo‘lishi ham mum kin. Shu 
boisdan kasb tanlash boshlang'ich bosqichda ham, shuningdek 
yakunlovchi bosqichda ham o‘tkazilishi lozim.
Kasbga yaroqlilik — ushbu kasb bo‘yicha m ehnat vazifalarini 
bajarish uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayd qilishdangina ibo­
rat emas, albatta. Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham:
1) odam o‘zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yo‘qligi;
2) hayot yo'lini tanlagan chog‘da u nimalarga amal qilishi 
lozimligi;
3) uni o‘qitish masalasiga qanday qilib birm uncha oqilona yon­
dashish, ya’ni unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib maqsadga 
muvofiq tarzda shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish m um - 
kinligi jihatidan ham ko‘rib chiqish kerak.
Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga ha- 
rakat qilayotgan odam larning tibbiy ko‘rsatkichlari bilan bir qa- 
torda ularda diqqat, tafakkur, psixomotorika va shu kabi psixik 
funksiyalarni rivojlantirish bilan bog'liq muayyan psixologik
358


kayfiyatni ham shakllantirish zarur. Kasbga yaroqlilik o ‘quv va 
m ehnat faoliyatida shakllanadigan shaxs fazilatidir. Kasbga ya- 
roqlilikni odam ning kasbga nisbatan qoyilgan talablarga mos 
bo ‘lgan tug‘ma yoki hosil qilingan psixofiziologik xususiyatlari 
yig'indisi deb qarash yaramaydi. Faqat ba’zi kasblar (sozanda, 
rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy m a’lum otlar talab 
qilinadi. Shu boisdan psixolog, m ehnat o‘qituvchisi va boshqa- 
larning vazifasi o'quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki o‘quv yur- 
tini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlaganini; tanlagan kasbi yoki o‘quv 
yurti uning mayllari yoki qobiliyatlariga mos yoxud mos emas- 
ligini; kasbni yoki o‘quv yurtini tanlash vajlari, ota-onalarning, 
o‘qituvchilarning va shu kabilarning fikri qanday ekanligini aniq- 
lashdan iborat. 0 ‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari va 
mayllari ana shunday m a’lum otlar asosida aniqlanadi.
M ustahkamlash uchun savollar:
1. Kasb tanlashda um um iy o ‘rta ta ’lim muassasasi rahbarla- 
rining roli nim alardan iborat?
2. 0 ‘quv muassasalarida kasb tanlashga yo‘llashning qanday 
shakl va m etodlarini bilasiz?
3. Kasb tanlashga yo‘llash bo‘yicha qanday metodik ishlarni 
tashkil qilish mumkin?
4. Kasb tanlashga yo‘llashda o‘quvchilar bilan ishlash.
5. Kasb tanlashga yo‘llashda ota-onalar bilan ishlashning aha­
miyati.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish