2. O‘quv fanini kasb bilan bir xil deb tushunish. O‘smir maktabdagi fanlarni o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyatlariga asoslanib, ko‘pincha bo‘lgusi kasbini belgilaydi. O‘quvchiga adabiyot yoqib qolgan bo‘lsa, bu u adabiyotni amaliy jihatdan qo‘llanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmasa ham adabiyot mening sevgan fanim, deydi. U kasbni emas, balki bilimning o‘zini qiziqtiruvchi sohasinigina tanlaydi, bu sohada nimani istayotganini va nima qilishi mumkinligini mutlaqo tasavvur qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |