Ko‘pincha o‘quvchi o‘zining fiziologik, psixologik yoki aqliy imkoniyatlariga batamom mos bo‘lmagan kasb to‘g‘risida orzu qiladi. SHunday hollar ham bo‘ladiki (bunday hollar kam emas), maktab o‘quvchisi kelgusida kim bo‘lishini umuman bilmaydi, buni oldindan o‘ylab ham ko‘rmagan. Biroq, o‘smirlarning «Men kim bo‘lishni xohlayman» degan savolga qaytargan javoblari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, boshka bir narsa orzu qilinayottan kasblar to‘g‘risida ularning g‘oyat noaniq tasavvurlari va kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan o‘z burchlari xaqida muayyan tasavvurga ega emasliklari fikr yuritishga majbur etmokda. Ko‘pgina o‘quvchilar o‘z insholarida bo‘lg‘usi kasbga tayyorgarlik ko‘rish borasida hozircha hech bir ish qilmayotganliklarini oshkora yozmoqdalar. Ularning ba’zilari u yoki bu kasbga tayyorgarlik ko‘rish uchun umuman nima qilish kerakligini aytib o‘tishga urinadilar-u, lekin o‘zlari nima kilayotganliklari haqida lom-mim demaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |