Odatda javoblar quyidagichadir: «SHifokorning irodasi kuchli bo‘lishi, qo‘llari yumshoq va muloyim bo‘lishi lozim, men esa shifokor bo‘lish uchun ko‘p narsani bilishim va hamma narsani qila olishim kerak»; yoki: «O‘qituvchi, shifokor yoki injener bo‘lish uchun yaxshi o‘qish, beadab, halol, intizomli bo‘lish kerak, biz hammamiz bunga erishishimiz zarur». Bundan ham umumiy tarzdagi javoblar bor. Bu javoblarda shunday deyilgan: «U yoki bu kasbni egallash uchun uzoq vaqt davomida astoydil ishlash kerak» yoki: «Buning uchun esa ko‘p narsani bilish lozim, demak yaxshi o‘qish zarur». Ammo shunday o‘quvchilar ham borki, ular u yoki bu kasb to‘g‘risida orzu qilibgina qolmay, balki bu haqda ko‘p narsalarni bilishga ham intiladilar, shu kasb bilan bog‘liq bo‘lgan kitoblarni o‘qiydilar. Biroq, ular zarur adabiyotni ko‘pincha tanlab olishni bilmaydilar, tasodifiy kitoblarni o‘qiydilar, ularni o‘qigan chog‘larida nimaga z’tibor berish kerakligini bilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |