D.Mazmun manbalariga qarab:
Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ustozlar va mutaxasislar bilan uchrashuvlar, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbati, kinolardan parchalar, fotosuratlar, ro’znoma va oynomalardan olingan maxsus materiallarni namoyish qilish uchun kompyuter vositalaridan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish ta’limi bilan bog’liq kasblar to’g’risidagi hikoyalarni o’qish; mutaxasislar bilan suhbatlar o’tkazish yordamida axborot materiallarini to’plash fotosuratlar, fotoalbomlar ko’rsatish; ishlab chiqarish sharoitida malakali mutaxasislar kasbiy faoliyati to’g’risidagi kinofilmlarni namoyish qilish; bazaviy xo’jalikda ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan tanishish.
E.Kasbga yo’naltirish tadbirlarini ro’yobga chiqarish vositalari bo’yicha:
“O’qish uchun qayerga kirish kerak?” ma’lumotnomasini nashr etish, kasblar va kasb-hunar kollejlari haqidagi plakatlar, e’lonlar, reklama varaqalari; mazkur iqtisodiy tumanda mavjud kasblarning qisqacha tavsiflari bo’lgan to’plamlar; “Mehnat yo’lini tanlash”, “Mening kasbim eng yaxshi kasb” mavzusidagi videofilmlar; reklama qilinadigan television filmlar, sexlar, o’quv yurtlaridan olingan televizion reportajlar; kasblar va musobaqa ilg’orlari to’g’risida radioeshittirishlar, kasb-hunar kollejlarida yoshlarning turmush va o’qishi haqida hikoya qiluvchi respublikada va mahalliy ro’znomalarda boshqa maqolalar; shahar kinoteatrlari foyelarida, supermarketlarning vitrinalarida, katta ko’chalarning chorrahalarida kasblarni targ’ib qiluvchi bannerlar va ko’rgazmalar; ko’chalar va maydonlardagi yoshlarni kasb-hunar kollejlariga o’qishga kirishga da’vat etuvchi yorqin bo’yoqli chaqiriqlar.
Maktab kasbga yo’naltirish ishi tizimini tarkib toptirish hali nihoyasiga yetkazilgani yo’q. Kasbga yo’naltirish tizimi tarkibiy tuzilishi kasbga yo’naltirish maqsad va vazifalarini; maktab ta’limi bosqichlari bo’yicha uning mazmunini; bazaviy korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yo’naltirish ishining yo’nalishlarini; kasbga yo’naltirish tadbirlarini amalga oshirish shakllari, metodlari va vositalarini; muayyan ishchi kasblari bo’yicha unumli mehnatda maktab yoshlari ishtirokining aniq yo’llarini o’z ichiga olishi lozim.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni rivojlantirish quyidagicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular:
I.Bozor iqtisodiyoti tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish.
II.Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini o’rganish
III.Kasblarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish.
IV.Viloyat, tuman xo’jaligi biron tarmog’ining, bazaviy qo’shma korxonaning tanlangan kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir.
Kasbga yo’naltirish maktab tizimining asosiy tamotillari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Kasbga yo’naltirish har tomonlama kamol topgan, faol shaxsni shakllantirishga qaratilgan pedagogic jarayonning rejali ravishda amalga oshiriladigan uzviy qismi sifatida;
Ijtimoiy ishlab chiqarishning haqiqiy talabi asosida mehnat yo’lini tanlashning shaxsiy va ijtimoiy muammosini to’g’ri hal qilish;
Kasbga yo’naltirishning og’zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar yetakchi kasblari asoslarini egallash borasidagi aniq amaliy harakatlar bilan qo’shib olib borish;
Maktabdagi barcha darslarda yuqoriga ko’tarilib boruvchi chiziq bo’yicha kasb ta’limi va kasbni targ’ib qilishning pog’onali tuzilishi;
Maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g’ayratlari bilan ishchi kasblariga qiziqishini tarbiyashning faol metodlari.
Na’munaviy dastur talablariga muvofiq har bir o’quv fani bo’yicha darslar mazmunini hisobga olib, kasbga yo’naltirishni sinfdan sinfga rejalashtirish masalalari eng murakkab ishidir.
Ommaviy maktablarda kasbga yo’naltirishning amaliy vazifalarini hal qilishda tizimli yondashish usuli qo’llaniladi. Kasbga yo’naltirishning sinflar bo’yicha asosiy mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |