Boshlang’ich sinflarda: tevarak-atrofdagi mahalliy ishlab chiqarish korxonalari va tabiatdan foydalangan holda mehnat faoliyati turlari bilan tanishtirish.
O’rta sinflarda: umumiy ta’lim turkum o’quv fanlari darslarida og’zaki metodlar yordami bilan hamma ishlarni o’z ichiga oladigan va birga qo’shilgan kasblarning asosiy guruhlari bilan, mehnat ta’limi darslarida esa metallga ishlov berish kasblari mehnat usullari bilan ko’rgazmali tanishtirish.
Yuqori sinflarda: aniq ishchi ksblari asoslarini egallagan holda ishlab chiqarishning muayyan sohalari negizida kasbga yo’naltirish
Shunday qilib, ko’rib chiqilgan tarzdagi kasbga yo’naltirish maktab tizimi mazkur muammoning hamma jihatlarini qamrab olish imkonini yaratadi, hozirgi sharoitda tuman, shahar, viloyat va respublika doirasida yangi iqtisodiy tafakkur asoslarini hal qilishni hisobga olib, uni takomillashtirish yo’llarini belgilashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |