O‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonidir. O‘quvchilar o‘qish jarayonida bilim ko‘nikma va malakalami egallab oladilar. Bilimlarda obyektiv dunyo umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Bilimlami o‘zlashtirish faktlar, tushunchalar va qonuniyatlami o‘rganishni nazarda tutadi.
Bilimlarning ta’sirchanligi, o‘zlashtirish osonligi, o‘zgaruvchanligi, turli sharoitda, jumladan, yangi bilimlami egallash uchun foydalanishga qulayligi bilimlaming to‘laligi va chuqurligining muhim ko‘rsatkichidir.
Ko‘nikma kishining ma’lum bir harakatlami ongli ravishda bajarish qobiliyatidir, bu qobiliyat bilimlar va eng oddiy tajriba asosida hosil qilinadi. Bilimlar bajarilayotgan harakatning nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlar tufayli harakatlaming ayrim bosqichlari va ularning ketma-ketligi tushunarli bo‘ladi.
Ko‘nikmalar - bu amaldagi bilimlardir.
Malaka mashq qilish yo‘li bilan hosil bo‘ladigan ishharakatdir. Mashq qilish natijasida yurish, o ‘qish, yozish, o ‘zaki hisoblash, xilma-xil mehnat jarayonlarini bajarish mabkalari hosil qilinadi. O‘quvchi harakatni bajarishning muayyan usullarini egallab oladi va bu ishni ongining nazoratisiz avtomatik ravishda bajaradi. Lekin boshlang`ich bosqichda harakat doimo ongli suratda bajariladi. Masalan, tikuv mashinasiga ip taqish ketma-ketligini tasavvur qilish, kerakli ip va ignani tanlash lozim. Agar o‘quvchi ipni taqishni bir necha marta takrorlagandan so‘ng harakat odatdagi bir harakatga aylansa, u ongning zohiriy ishtirokisiz bajariladi. Masalan, tikuv mashinasiga ipni taqish, gazlamani tepki ostiga o‘matish va mashinani ishga tushirish ishlarini ko‘p marta takrorlash har doim bu harakatlarning ketma-ketligini oldindan o‘ylab ko‘rishdan ozod qiladi.
Masalan, tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayon o‘zgarganda, tikilayotgan kiyimga qo‘yiladigan texnologik talabga qarab iplar rangi, turi, ignalar, tepkilar tanlanadi. Bunda tikuvchining ongi ishga kirishadi.
2. Kasb-hunar ta`limi jarayonini amalga oshirishuvchi tizimlar.
Kasb-hunar ta`limida predmet, operatsiya, operatsiya-predmet tizimi,
motor mashq tizimi, operatsion-kompleks va konstrukcion-texnologik tizimlar ma`lum. Dastlab predmet (buyum) tizimi paydo bo`lgan. Bu tizimga
o`quvchi o`zi o`zlashtirayotgan kasb uchun tegishli bo`lgan buyumlarni
tayyorlagan. Bunda buyumlar murakkabligi ortib borgan. Tayyorlash jarayoni didaktik jihatdan alohida operatsiyalarga ajratilmagan. O`quvchi ayrim mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan maxsus tanishmagan, faqat o`qituvchining ishi va boshqa harakatlarini takrorlashga intilgan. Bunday ta`lim natijasida o`quvchilarni tanish buyumni tayyorlash uchun o`z bilim va malakalaridan foydalana olmaydilar, har bir yangi buyumni tayyorlash jarayonida ishni qaytadan o`rganishga majbur bo`ladilar. Mazkur tizimning asosiy kamchiligi ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi unarmandchilik ishlab chiqarish usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng qo`llanilgan.
Manufakturalarning paydo bo`lishi va shunga ko`ra mehnatning taqsimlanishi texnologik jarayonning operatsiyalarga bo`linishiga olib keldi,
ya`ni mehnat ta`limining operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX
asrning oxirida yuzaga keldi.
Operatsiya tizimi bo`yicha o`qitishda o`quvchilar o`zlari egallaydigan
kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini o`rganishgan.
Shu sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning aniqligiga qo`yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga ega bo`lishgan. Shunday qilib, operatsiya tizimi o`quvchilarni buyum tayyorlashga bog`lab qo`ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy ko`nikma va malaka bilan qurollantirgan. Ta`limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ta`limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, mehnat ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni o`zlashtirib olishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki, operatsiyalar umuman o`quv buyumlari tayyorlash jarayonida o`zlashtiriladi, ya`ni o`quvchilar mehnati unumli mehnat xarakterida bo`lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi. Opreatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan buyumlar tayyorlashni uzib qo`yadi.
Operatsiya-predmet tizimi – XIX asrning 90-yillarida S.A.Vladimirskiy tomonidan taklif etilgan. Bu tizim o`quvchilar tomonidan mehnat opreatsiyalarini o`ylab, tanlangan buyumlarni tayyorlash jarayonida o`rganishni ko`zda tutadi. Buyumlar tanlashda katta e`tibor beriladi, birinchi buyumni tayyorlashda eng yengil 3-4 operatsiyalar, boshqalarni tayyorlashda esa murakkabroq operatsiyalar o`zlashtiriladi. Operatsiya-predmet tizimning yutug`i o`quvchi o`z mehnati natijasini ko`radi, operatsiyalarni o`zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi darsidanoq o`z ichiga bir necha operatsiyalar olgan buyumlar tayyorlash o`quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur bo`lmasligiga olib kelardi. Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda.
Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) – ushbu tizimning kamchiligi motormashq tizimi bo`yicha o`qitish o`quvchilar ko`nikma va malakalarni ongli o`zlashtirishni nazarda tutmasdi. Ko`nikmalarni shakllantirish maxsus apparatlar va haqiqiy mehnat jarayonini eslatadigan mashqlarni qo`llash bilan amalga oshirilardi. Ko`p marta takrorlash natijasida mushaklarni, ma`lum harakatlarni, ongning ishtirokisiz ham bajarishga “o`rgatish” mumkin, deb faraz qilingan. Ta`limda bunday yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad qilindi. Motor-mashq tizimining yutug`i shundaki, unda mehnat o`quv va malakalarini shakllantirishning didaktik jihatdan asoslangan, psixofiziologik qonuniyatlarga mos keladigan ketma-ketligi: mehnat usuli – mehnat operatsiyasi – mehnat jarayoni birinchi marta ishlab chiqilgan va qo`llanilgan.
Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga bo`linadi:
1. Asosiy mehnat faoliyati va harakatlarini o`zlashtirish bo`yicha mashq mashg`ulotlari.
2. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar.
3. Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari.
4. O`quvchilarni maxsus tanlangan buyumlar ustida ilgari o`zlashtirilgan mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga o`rganish.
5. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bo`lgan
buyumlarni tayyorlaydi.
Operatsiya-buyum motor-mashq tizimlarining kamchiliklari va yutuqlari o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga asosan o`quvchi avval 2-3 ta ketma-ket operatsiyalarni o`zlashtiradi, so`ng shu operatsiyani ichiga olgan kompleks ishlarni bajaradi. Mehnat operatsiyalarini o`zlashtirish va ularni kompleks ishlarda qo`llash ta`limning 1-bosqichidagi asosiy vazifadir. Ikkinchi bosqichda o`quvchilar ishlab chiqarishdagi unumli mehnatga qo`shiladilar. Masalan, kiyim tikishda qo`llaniladigan barcha turdagi yengni, yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni kiyimda qo`llash bajariladi. Kamchiligi: o`quvchi o`zi ishining natijasini juda uzoq vaqtdan so`ng ko`radi. Natijada qiziqish susayadi.
Hozirgi vaqtda o`quv ustaxonalarida amaliy ishni bajarish jarayonida
operatsiya-buyum tizimidan foydalaniladi, chunki operatsiyani alohida
o`rganish rejalashtirilgan va dasturda ko`rsatilgan buyum xilini mahalliy
sharoitga qarab o`zgartirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |