Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Tormoz  pedalining  to‘la  yo‘li  quyidagicha  sozlanadi: tormoz  pedali  keyingi
chekka  holatga  qo‘yiladi;  tormoz  tortqisining  uzunligini  o‘zgartirib,  tormoz
valigining  richagi  vertikaldan  orqaga  10—20°  qiyalantiriladi;  sozlash  gaykasi
oxirigacha burab mahkamlanadi, so‘ngra 6—7 aylanaga bo‘shatiladi.
Tormoz  barabanining  pastki  qismi  bilan  lenta  orasida  me’yoriy  tirqish
o‘rnatiladi. Buning uchun pedal oxirigacha bosiladi, keyingi ko‘prik korpusin-
ing tagidagi tirak vintining kontrgaykasi bo‘shatiladi va vint qadalgunga qadar
burab  kirgiziladi,  so‘ngra  1,0—1,5  aylanaga  burab  bo‘shatiladi  va  kontrgayka
bilan  mahkamlanadi.


71
T4A traktorining burish mexanizmi — juftlashtirilgan bir pog‘onali planetar
burish  mexanizmi,  ikkita  quyosh  shesternya  tormozi  va  ikkita  to‘xtatish  tor-
mozidan iborat.
Tormoz lentalar yeyilganda bo‘shashtirilgan tormoz lentalari bilan tormoz
barabanlari o‘rtasidagi tirqish (0,2—0,4 mm atrofida) sozlanadi. Buning uchun: 
œ
keyingi  ko‘prik  korpusining  qopqoqlari  ochiladi,  quyosh  shesternya  tor-
mozining  sozlash  gaykasini  burab,  tormoz  lentasi  nazorat  shtift  botgunga
qadar  taranglanadi;  nazorat  shtift  keyingi  ko‘prik  korpusi  orqa  devorida,
quyosh  shesternya  tormozining  richaglari  qarshisida  joylashgan.  Quyosh
shesternya tormozi nazorat shtift keyingi ko‘prik  korpusidan 5 mm dan or-
tiq ko‘tarilganda sozlanadi;
œ
to‘xtash  tormozining  sozlash  gaykasini  burab  barabandagi  tormoz  lentasi
to‘la taranglanadi, so‘ngra gayka 3,5—4,0 aylanaga burab bo‘shatiladi;
œ
tormozlar taranglagan holda sozlash boltining kontrgaykasi bo‘shatiladi, bolt
oxirigacha burab kirgiziladi va bir aylanaga burab bo‘shatiladi, kontrgayka
burab mahkamlanadi;
œ
prujinaning  uzunligi  tekshiriladi  va  zurur  bo‘lsa,  uning  uzunligi  345  mm
qili nadi.
T4A traktorining zanjiri quyidagicha taranglanadi: taranglash mexanizmining
soz lash vintini bo‘shashtirish uchun taranglovchi g‘ildirakning vilkasidagi gayka
burab  bo‘shatiladi.  Sozlash  vintini  burab  chiqarib,  zanjirning  tarangligi  zanjir
tutqich  katoklar  o‘rtasida  20—30  mm salqiydigan  holatga  yetkaziladi.
Zanjirlarni  taranglashda  sozlash  vintini  taranglash  kronshteynidan  burab
chiqarishga ruxsat etiladi, lekin yo‘naltiruvchi  g‘ildirakning vilkasi bilan taran-
glash kronshteyn trubasining toresigacha bo‘lgan oraliq 185 mm dan oshmasin.
Zanjirlar  juda  salqigan  va  sozlash  imkoniyati  oz  qolgan  bo‘lsa,  zanjir
lentasi bitta yoki ikkita trakni olib tashlab qisqartiriladi. 
T4A  traktorining  o‘qidagi  tutqich  katokning  erkin    aylanishi  uchun  o‘q
lyufti  bo‘lishi  zarur.  Konus  rolikli  podshipniklarni  sozlashda  katok  o‘qining
gaykasi  katok  ayla nishdan  to‘xtagunga  qadar  burab  mahkamlanadi,  so‘ngra
gayka  1/3—1/5  aylana  burab  bo‘shatiladi.  Shunda  0,3—0,5  mm chamasida
me’yoriy lyuft tiklanadi, gayka mahkamlanib, shayba bilan stoporlanadi.
Traktorning  o‘qida  yo‘naltiruvchi  g‘ildirakning  yengil  aylanishi  uchun
shaybaning  toresi  bilan  tirak  halqa  o‘rtasidagi  tirqish  g‘ildirakning  o‘qqa  nis-
batan 0,10—0,65 mm lyuftga ega bo‘lishini (salqishini) ta’minlashi lozim. Lyuft
tirak  shayba  bilan  g‘ildirak  gupchagining  tores  sirtlari  o‘rtasidagi  qistirmalar
yordamida sozlanadi.
Konus podshipniklardagi me’yoriy o‘q tirqish 0,1—0,2 mm ga teng. Traktor
ishlaganda o‘q tirqishi kattalashadi. O‘q tirqishi 0,5 mm dan oshganda podship-


72
niklarni  soz lash  zarur.  O‘q  tirqishini  tekshirish  va  sozlash  uchun  traktorning
oldingi  qismi  domkrat  bilan  ko‘tariladi.  Gupchakni  tebratib  o‘q  yo‘nalishida
quyidagi  tartibda  sozlanadi: traktorning  g‘ildiragi,  sozlash  qistirmalari  joylash-
gan  salnik  uyasi  va  kerakli  sondagi  qistirmalar  olinadi;  g‘ildirak  yig‘iladi  va
traktorga  o‘rnatiladi;  g‘ildirakning  yengil  aylanishi  va  sezilarli  o‘q  lyuftning
yo‘qligi tekshiriladi.
T28X4M, MTZ-80X va TTZ-80.11 traktorlarining tormozlari quyidagi tartib-
da  soz lanadi: sozlash  tortqisi  tormozdagi  mushtumchali  valikning  richagidan
ajratiladi,  bu ning  uchun  birlashtiruvchi  barmoq  chiqarib  olinadi;  kontrgayka
bo‘shatiladi  va  pedalning  yuqorigi  chekka  holatdan  tormozlay  boshlash  payti-
gacha erkin yo‘li 50—70% mm bo‘lgunga qadar sozlanadigan tortqining sterjeni
vilkadan burab chiqariladi.
Friksion  nakladkalar  tormozlanmagan  holatda  tormoz  barabanlariga  urin-
masligi lozim. Lenta bilan baraban o‘rtasida bir tekis tirqish hosil qilish uchun
tormoz  qopqog‘ining  pastki  qismidagi  boltdan  foydalaniladi.  Bolt  oxirigacha
burab kirgiziladi, so‘ngra ikki aylanaga burab bo‘shatiladi va kontrgayka bilan
mahkamlanadi.  Tortqi    mushtumchali  valning  richagi  bilan  birlashtirilgach,
pedalning erkin yo‘li tekshiriladi. Ikkala pedallar blokirovka qilinganda baravar
tormozlay boshlashi lozim.
Rul  boshqarmasiga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  uning  mexanizmlarini  tek-
shirish  va  soz lashdan  iborat.  Rul  g‘ildiragi  erkin  va  me’yoriy,  yengil  aylansa,
rul boshqarmasi soz hisoblanadi.
T28X4M, MTZ-80X va TTZ-80.11 traktorlarida chervyakning podshipniklar-
idagi  o‘q  tirqishini  va  chervyakli  juftning  tishlashishini  sozlash: tirak  vintning
kontrgaykasi bo‘shatiladi va uni burab podshipniklarda me’yoriy tirqish o‘rnati-
ladi; shunda chervyak, o‘q lyuft sezilarli bo‘lmagan holda oson buralishi lozim;
tirqish sozlangandan keyin tirak vint kontrgayka bilan mahkamlanadi.
Chervyakli  juftning  tishlashishi  quyidagi  tartibda  sozlanadi: sozlovchi  gayka
qulfining kesigidagi fiksatsiya bolti bo‘shatiladi; qulfni soat miliga qarshi burab,
me’yoriy  yon  tirqish  o‘rnatiladi,  bunda  chervyak  erkin  buraladigan  bo‘ladi.
Sozlangandan keyin bolt va sozlash gaykasining fiksatsiya qulfi mahkamlanadi,
so‘ngra  yo‘naltiruvchi  g‘ildirakni  o‘ng  va  chapga  burib,  to‘g‘ri  sozlanganligi
tekshiriladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish