Akkumulyator batareyasiga elektrolit tayyorlash va zaryadlash
Qishloq xo‘jaligi mashinalarining elektr jihozlaridan akkumulyatorlarni
ta’mirlashda elektrolit tayyorlash va akkumulyatorni zaryadlash oxirgi ish
hisoblanadi. Elektrolit faqat akkumulyatorda qo‘llaniladigan sulfat kislota va
distillangan suvdan tayyorlanishi lozim. 3ST-70 tipidagi akkumulyatorlarga 2,5
l elektrolit quyiladi. Batareyalarga quyiladigan elektrolitning zichligi (solishtir-
ma og‘irligi) akkumulyatorlarning yangi yoki ishlatilgan plastinalardan yig‘il-
ganligiga, qanday separatorlarning o‘rnatilganligiga bog‘liq. Bundan tashqari,
elektrolitning solishtirma og‘irligiga harorat ham ta’sir etadi. Yangi plastinalar
uchun elektrolit 3-jadvaldan tanlanadi.
3 - j a d v a l.
Do'stlaringiz bilan baham: |