74
ishlatilgan moylar bo‘shatiladigan bak; mayda turli voronka, nitrokraskali ban-
ka; bo‘yoq cho‘tka; avtol va solidol quyiladigan maydon; cho‘mich, paqir,
sochiqlar; klapanlarni ishqalash pastasi solingan bankalar; chilangarlik asboblari
komplekti va gidrotizimni sinash uchun universal tay yor mashinalar sinab
ko‘riladigan joy (SGU-2); universal tayyor mashinalar sinab ko‘riladigan joy
(SÒU-2), nasosni ta’mirlash uchun buraladigan universal moslama
(418—10—00); yon va pastki qopqoqlardagi klapanlarning uyalarini zenkovka
qiladigan moslama; surish, haydash klapanlarini va bir tomonlama ishlaydigan
klapanlarni ishqalash uchun moslama (418-40—00, 418—50—00, 418—60—00
va 418—80—00); zolotnikning povodogini ajratadigan ilmoq (418—10—00);
universal opravka (418—110—00); nasosni harakatlantiradigan valdagi oldingi
podshipnikning uyasini va orqa podshipnik salniklarining uyasini yig‘ish uchun
moslama (418—130—00); nazorat-o‘lchov asboblari komplekti bo‘lishi lozim.
Gidrotizimlarni ta’mirlashda pastki va yon qopqoqlar, zolotnik, klapanlar,
plunjerlar ramasi, porshen, silindr halqalarining joyini almashtirishga ruxsat
etilmaydi. Gidrotizimdan olingan yirik uzellar RO-0603 stellajiga, mayda de-
tallar, shu jumladan, biriktiruvchi detallar RO-3602 rusumli maxsus qutilarga
qo‘yilishi kerak.
Qishloq xo‘jaligi traktorlarida NCH32V, NCH46V va boshqa nasoslar
qo‘llaniladi. Bu nasoslarda korpuslar, vtulkalar, shesternyalar, salniklar yeyila-
di. Korpusning surish kamerasi tomonda vtulkalar va shesternyalarning joylash-
gan hududi yeyiladi. Bu nuqson shesternyalarning qiyshayishiga va nasos ish
unumining pasayishiga sabab bo‘ladi. Korpus 0,15
mm dan ortiq yeyilmasligi
kerak.
— Vtulkalar yeyilganda nasosning ish unumi jadal pasayadi. Vtulkalardagi
nuqsonlar kengaytirishi, va babbit qatlami bilan qoplab, keyinchalik mexanik
ishlash yo‘li bilan bartaraf qilinadi. Vtulkalar maxsus kesilgan konus opravkalar
yordamida kengaytiriladi. Buning uchun vtulka moyda 70—80°C gacha qizdiri-
ladi va 20 tonnalik gidravlik pressda 0,1
mm ga kengaytiriladi. So‘ngra vtulka -
ning yon yuza va ichki sirtlarida chuqurligi 0,2—0,3
mm li tishlar hosil qilinadi.
Vtulka 70—80°C gacha isitilgan kaustik sodaning 3—4% li eritmasida yoki ben-
zinda yog‘dan tozalanadi, elektr pechda 120—150°C gacha qizdiriladi, tish
yasalgan sirtlari xlorid kislota bilan tozalanib, oqartiriladi. Tayyorlangan sirt-
larga babbit qo‘yiladi va vtulka suvda sovitiladi. Babbit qo‘yilgan vtulkaning
ichki sirti tokarlik dastgohgida minutiga 1500—2000 aylanma tezlikda aylan-
tirib, belgilangan tozalikka erishiladi. Bu ishni keriladigan otveyrtka bilan ham
bajarish mumkin. Bunda ham vtulkaning yon sirtlari bronza ko‘ringunga qadar
ishlanadi. Vtulka-shesternya sapfasi juftidagi tirqish 0,06—0,07
mm.
Do'stlaringiz bilan baham: