Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Shesternyalarda  quyidagi  nuqsonlar  bo‘ladi:  tish  qalinligi  va  uzunligi
bo‘yicha yeyilgan, tishning sirti uvalangan, shlitsli va shponka ariqchalari yeyil-
gan.  Tishlarning  qalinligi  bo‘yicha  yeyilganligi  shtangent  ish  o‘lchagich  bilan
o‘lchanadi,  uning  vertikal  shkalasi  bo‘yicha  tishning  balandligi,  gorizontal
shkalasi  bo‘yicha  esa  qalinligi  aniqlanadi.  Tishlarning  qalinligi  bo‘yicha  yeyil-
ganini  bir  necha  tishlarning  qadamini  o‘lchab  ham  aniqlash  mumkin.
Tishlarning  uzunligi  (toresi)  bo‘yicha  yeyilganligi  eng  ko‘p  yeyilgan  tishning
dastlabki aylanasiga ko‘ra o‘lchab aniqlanadi. Shlitsli ariqchalarning yeyilganli-
gi  ularning  kengligini  o‘lchab  aniqlanadi.  Traktorlarning  shlits li  birikmalari
uchun  me’yor  tirqish  0,3—0,6  mm,  ta’mirlanmasdan  yo‘l  qo‘yiladigan  tirqish
1,0—1,5 mm.
Uzatmalar  qutisini  yig‘ishda  juftlashtiriladigan  detallarning  tozaligiga,
ularning o‘zaro yengil siljishiga va shesternyali juftlarning to‘g‘ri tishlashishiga
alohida  e’tibor  beriladi.  Uzatmalar  qutisi  quyidagi  texnik  talablarni  qondirishi
lozim: uzatmalar  qutisi  barcha  uzatmalarda  shovqinsiz  va  taqillamasdan  ish-
lashi,  blokirovka  qilish  mexanizmi  tishlashish  muftasi  to‘la  ajratilgandagina
shesternyalarni  qo‘shish  mumkin  bo‘ladigan  qilib  rostlangan  bo‘lishi  kerak.
Tishlashish muftasi qo‘shilganda uratmalarning shesternyalarini tishlashtirish va
ajratishga  ruxsat  etilmaydi.  Shesternyalar  shovqinsiz,  ravon  tishlashishi  lozim.


67
Tishlashgan  yetakchi  va  yetaklanuvchi  shesternyalarning  tishlari  bor  uzunligi
bo‘yicha  tishlashishi  kerak.  Yangi  shesternya  tishlarining  esa  ko‘pi
bilan 1,5—2,5 mm chala tishlashishiga yo‘l qo‘yiladi. Ajratilgan shesternyalar -
ning tishlari orasidagi tirqish kamida 2 mm bo‘lishi lozim.
Tishlar yo‘l qo‘yilgandan ortiq bir tomonlama yeyilganda uzatmalar qutisi-
ni  ag‘darib  qo‘ysa  bo‘ladigan  shesternyalari  tishlarining  boshqa  tomoni  bilan
ishlashi  uchun  ag‘darib  qo‘yilishi  kerak.  Shesternya  tishlarining  qo‘shish
tomonidagi yon sirti yumaloqlangan, tishlarning va shlitslarning pitirlari hamda
notekisliklari  esa  tozalangan  bo‘lishi  kerak.  Asosiy  uzmatma  konus
shesternyalarining  tishlashishini  to‘g‘ri  rostlash  uchun  ikkilamchi  val  konus
shesternyasining  tores  sirti  uzatmalar  qutisining  yetqaziladigan  te kisligidan
ma’lum miqdorda ko‘tarilib turishi lozim.
DT75M, T4A va T404 traktorlarining  tishlashish muftasi uzatmalarini al-
mashtirib  qo‘shish  richagi  neytral  holatga  qo‘yilgan  holda  sozlanadi.
Tishlashish muftasini ajratuv chi richag keyingi oxirigacha surib qo‘yiladi, shun-
da  uzatmalarni  almashtirib  qo‘shishni  blokirovka  qiladigan  valikning  richagi
uzatmalar  qutisining  flanesidagi  tirakka  qisiladi.  Tishlashish  muftasi  korpusi
tuynugining qopqog‘i olinadi. Dvigatelning tirsakli valini burab, har qaysi ajrat-
gich richag bilan ajratgich vtulkaning tores sirti o‘rtasidagi tirqish sozlanadi; bu
tirqish  DT75M  traktorida  2,5—3,5  mm,  T4A  traktorida  esa  3,5—4,5  mm ga
teng bo‘lishi lozim; alohida richaglar uchun tirqishlar o‘rtasidagi farq 0,3 mm
dan  oshmasligi  kerak.  Tirqish  quyidagi  tartibda  o‘rnatiladi: bosish  diski
tortqisining gaykasi shplintdan bo‘shatiladi va zarur kattalikdagi tirqish o‘rnatil-
gunga  qadar  burab  bo‘shatiladi,  shunda  diskning  tortqisi  buralib  ketmasligi
uchun klyuch bilan tutib turiladi.
Tirsakli valni burib, oraliq disk bilan tirak vint orasidagi tirqish o‘rnatiladi,
bu tirqish DT75M traktorida 1,2—1,8 mm; T4A traktorida esa 1,0 mm ga teng
bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun  har  qaysi  tirakning  kontrgaykasi  bo‘shatiladi  va
tirak  oraliq  diskka  qadalguncha  burab  chiqariladi.  So‘ngra  tirak  1,0  aylanaga
burab chiqariladi va kontrgayka bilan mahkamlanadi.
Tormoz shkivi bilan kolodkasi o‘rtasiga me’yorli tirqish o‘rnatiladi, buning
uchun  tishlashish  muftasi  qo‘shiladi  va  tormoz  kolodkasi  tormoz  shkivi    soz -
lash vinti bilan qisiladi; tishlashish muftasini qo‘shib, sozlash vinti yana 2 ay-
lanaga buraladi va vint kontrgayka bilan mahkamlanadi.
T28X4M  traktorining  tishlashish  muftasi  quyidagi  tartibda  sozlanadi: tish-
lashish  muftasi  karterining  tuynugi  ochiladi;  tojli  gaykalar  shplintdan
bo‘shatilib,  ular  ajratuvchi  richaglarning  uchlari  bilan  chetlatgichning  toresi
o‘rtasida  3—4  mm li  tirqish  o‘rnatilgunga  qadar  buraladi,  shunda  tishlashish
muftasi  pedalining  erkin  yo‘li  20—40  mm chamasida  bo‘lishi  lozim,


68
richaglarnig panjalari chetlatgichning toresiga parallel bir tekislikda joylashishi,
tirqishlar o‘rtasidagi farq 0,4 mm dan oshmasligi lozim.
Mufta  bu  usulda  sozlangandan  keyin  ham  sirpanib  ishlasa,  ajratgich
richaglardagi sozlash vintlarining qadalib qolmayotganligi tekshiriladi.
Uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilardan iborat: moy trak-
tor to‘xtatilgandan keyin sovib qolmasdan bo‘shatiladi. Magnit probkalar toza-
lanadi,  moy  o‘rniga  dizel  yonilg‘isi  quyiladi.  Traktor  yurgiziladi  va  birinchi
uzatmada  2—3  minut  ishlatiladi.  Dizel  yonilg‘isi  bo‘shatiladi  va  yangi  moy
quyiladi.
Traktorlar  ishlaganda  uzatmalarning  o‘z-o‘zidan  ajralib  qolish  yoki  ikkita
uzatmaning  baravar  qo‘shilish  hollari  bo‘ladi.  Bu  blokirovka  mexanizmining
buzilganligini  va  sozlash  zarurligini  bildiradi.  S100  va  T130  traktorlarining
blokirovka  mexanizmini    sozlashda  quyidagi  ishlar  bajariladi: tishlashish  muf-
tasining  richagi  oldingidan  sozlash  tortqisi  ajratiladi;  muftaning  boshqarish
richagi, fiksatorlar valining richagi orqaga, traktorning ko‘ndalang o‘qi tomon-
ga  13°  og‘adigan  holatda  o‘rnatiladi.  Istalgan  uzatma  qo‘shiladi,  shunda  fik-
sator  valining  chuqurchasiga  kirib,  uni  ma’lum  holatda  tutadi.  Muftaning
boshqarish  richagi  orqaga  blokirovka  mexanizmining  tortqisi  tiralgunga  qadar
buraladi,  ayni  vaqtda  tishlashish  muftasining  sozlash  tortqisi  oldi  tomonga
tirakkacha  bosiladi.  Richaglar  bunday  holatlarga  qo‘yilgandan  keyin  tortqinng
uzunligi  tortqidagi  teshikning  o‘qi  tishlashish  muftasini  boshqarish  richagidagi
o‘qqacha 2—3 mm yetmaydigan qilib sozlanadi. Richag sozlash tortqisiga bir-
lashtiriladi  va  kontrgayka  bilan  mahkamlanadi.  Traktor  ishlayotganda  tezlik-
larning qo‘shilishi tekshiriladi.
T4A  traktorining  blokirovka  mexanizmini  sozlash  uchun  blokirovka  valini
shunday burash kerakki, fiksator valining chuqurchasiga kirsin; tishlashish muf-
tasining pedalini bosib, mufta to‘la ajratiladi va tortqining vilkasini burab kir-
gizib  yoki  chiqarib,  richag  va  vilkaning  teshiklari  mos  keltiriladi;  barmoq
o‘rnatiladi va shplintlanadi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish