Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Forsunkalarni  tekshirish  va  sozlash



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Forsunkalarni  tekshirish  va  sozlash. Forsunka  ishlaganda  uning  detallari,
nina va to‘zitgichi yeyiladi, ularning sirtida qurum hosil bo‘ladi, prujinalarning
elastikligi  kamayadi,  dvigatel  to‘xtab-to‘xtab,  tutab  ishlaydigan  bo‘ladi,  dvi-
gatelning quvvati pasayadi, yonilg‘i sarfi esa oshadi.
Forsunkalarnig  ishlashi  quyidagicha  tekshiriladi: forsunkalar  tashqi
tomondan  tozalanadi,  oqizish  trubkalari  va  yuqori  bosim  trubkalari  ajratila-
di,  forsunka  joyidan  olinadi.  To‘zitgichning  gaykasi  burab  bo‘shatiladi.
To‘zitgich  chiqariladi,  qurum  toza  latta  bilan  ketkaziladi  va  benzinda  yuvi-
ladi.  Ninaning  to‘zitgichda  erkin  harakatlanayotganiga  ishonch  hosil  qilina-
di,  ninani  to‘zitgichga  o‘rnatishdan  oldin  toza  dizel  yonilg‘isiga  botiriladi  va
forsunkaga  ulanadi.  Forsunka  soplolari  yuqoriga  qaratib  qo‘yiladi  va  yuqori
bosim  trubkalariga  birlashtiriladi.  Yonilg‘i  to‘la  miqdorda  beriladi.
Maksimetrni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Forsunkalarni maksimetr
bilan tekshirish uchun quyidagi ishlar qilinadi: oqizish trubkasining birlashtirish
gaykalari  burab  bo‘shatiladi,  oqizish  trubkasi  shtutserining  va  forsunkaning
teshigi  yog‘och  tiqin  bilan  berkitiladi,  tekshirilayotgan  forsunka  yuqori  bosim


63
trubkasining  qisish  gaykalari  shtutserdan  va  nasos  kallagining  shtutseridan
burab  bo‘shatiladi,  forsunka  olinadi,  maksimetr  nasos  kallagining  shtutseriga
o‘rnatilib, mahkamlanadi. Maksimetrdan sharikli qalpoqcha burab bo‘shatiladi
va maksimetrga tekshiriladigan forsunka yuqori bosim trubkasi yordamida bir-
lashtiriladi.
Forsunkalarni tekshirish uchun maksimetr dastlab 130—140 kg/sm
2
bosim-
da yonilg‘i purkaydigan qilinadi. Boshqa forsunkalar yuqori bosim trubkalarini
1,5—2,0 aylanaga bo‘shatib, ishlamaydigan qilinadi. Dizelning tirsakli vali yur-
gizib yuborish dvigateli bilan aylantiriladi  va sozlash qalpog‘i  sekin-asta burab
bo‘shatilib,  forsunka  va  maksimetrdan  yonilg‘i  baravar    purkaladigan  qilinadi.
Ular  yonilg‘ini  bir  xil  mayda  to‘zitishi  lozim.  Qalpoq  va  korpusdagi  bo‘lin-
malarga  qarab  forsunkadan  yonilg‘i  purkalish  bosimi  aniqlanadi,  agar  bosim
yo‘l qo‘yilgancha bo‘lmasa, forsunka sozlanadi.   
Forsunkalarni  sozlash  uchun  maksimetr  me’yoriy  bosimga  o‘rnatiladi.
Forsunkaning qalpog‘i va sozlash vintining kontur gaykasi  burab bo‘shatiladi.
Forsunkani klyuch bilan ushlab turgan holda sozlash vinti burab kirgizilib, for-
sunka  va  maksimetr    yonilg‘ini  bir  vaqtda    va  bir  xil  purkaydigan  qilinadi.
Sozlash tugagandan keyin sozlash vinti kontrgayka bilan mahkamlanadi va for-
sunkaning qalpog‘i joyiga burab mahkamlanadi.
Dvigatellar  nasosi  quyidagi  tartibda  chiqarib  olinadi: nasos,  forsunkalar,
trubalar va ajraladigan joylar changdan tozalanadi; nasosning boshqarish richa-
gi  ajratiladi;  past  bosim  trubkalari  ajratiladi  va  ularning  uchlari  qog‘oz  bilan
o‘raladi;  saqlagich  vtulkali  boltlar  joyiga  o‘rnatiladi;  yuqori  bosim  trubkalari
olinadi; qaytarma gaykalarga  saqlagich probkalar burab mahkamlanadi; nasos
seksiyalari va ularning shtutserlariga saqlagich qalpoqlar buraladi; boltlar burab
chiqariladi  va  nasos  joyidan  olinadi.  Shlitsli  flanesni  nasosni  harakatlantiradi-
gan  shesternyadan  ajratmaslik  kerak,  aks  holda    yonilg‘i  purkashni  ilgarilash
burchagi buziladi. Taqsimlash shesternyalari kojuxining oldingi qopqog‘i teshik
karton qopqoq bilan berkitiladi.
Yonilg‘i nasosi regulyator bilan birga quyidagi tartibda o‘rnatiladi: saqlagich
qopqoq olinadi, nasosning mushtumchali vali o‘zining vtulkasidagi keng shlits
flanesdagi  keng  chuqurchaga  mos  kelguncha  buraladi.  Nasos  boltlar  bilan
mahkamlanadi. 
Yonilg‘i  apparaturasi  (yonilg‘i  nasosi,  regulyatorlar,  yonilg‘i  haydash
trubkalari, filtr lar, armaturalar va hokazolar) detallarining yeyilishi traktor dvi-
gatellarining ish ko‘rsatkichlarini pasaytiradi. Ta’minlash tizimidagi uzellarning
qoniqarsiz  pretsizion  juft  (aniq  tayyorlangan  juft)  detallar:  gilza-plunjer,  bir
tomonlama  ishlaydigan  klapan-uya,  nina-to‘zitgichdagi  korpusning  holatiga
bog‘liq.  Masalan,  gilza-plunjer  jufti  yo‘l  qo‘yilmaydigan  darajada  yeyilganda


64
?
dvigatelni yurgizish qiyinlashadi, yetarli quvvat hosil qilmaydi, past aylanalarda
o‘chib qoladi. Bir tomonlama ishlaydigan klapan va forsunka buzilganda ham
dvigatel  quvvati  pasayadi.  Shuning  uchun  yonilg‘i  appara turasini  ta’mirlash
pretsizion  juftlarning  ish  qobiliyatini  tiklash  bilan  bog‘liq.  Pretsizion  detallar
juda oz yeyiladi, bu mikronlarda o‘lchanadi. Shuning uchun detallarning qan-
chalik yeyilgani mikrometr bilan emas, balki asosan, gidravlik sinash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Traktorlarni  ishlatganda  regulyatorning  me’yorli  aylanish  soniga  moslab
o‘rnatilgan boshlang‘ich sozi o‘zgaradi. Tirsakli valning aylanish soni kamayishi
bilan  dvigatelning  quvvati  va  traktorning  harakat  tezligi,  binobarin,  uning  ish
unumi    ham  pasayadi.  Tirsakli    valning  aylanish  soni  oshganda  yeyilish
ko‘payadi va dvigatelning tejamliligi pasayadi.
Tirsakli  valning  aylanish  sonini  quvvat  olish  vali  orqali  o‘lchash  yoki
keyingi  yetakchi  g‘ildiraklar  yoki  yulduzchalarning  aylanish  sonini  hisoblab
aniqlash  mumkin.
Yetakchi  g‘ildiraklar  yoki  yulduzchalarning  aylanish  soni  bo‘yicha  tirsakli
valning  aylanish  soni  quyidagi  tartibda  aniqlanadi: dvigatel  me’yoriy  harorat-
gacha  isitiladi;  g‘ildirak  kegaylarining  biri  bo‘r  bilan  chizib  yoki  unga  latta
bog‘lab belgilanadi; birinchi uzatma qo‘shiladi, traktor tekis maydonda yukla-
masiz to‘g‘ri chiziqli harakatlanishi lozim; g‘ildirakning aylanish sonini traktor
barqaror  harakatlana  boshlagandan  keyin  ikki  kishi  o‘lchaydi,  bularning  biri
sekundomerni  kuzatadi  va  hisoblay  boshlashga  signal  beradi,  boshqasi  esa
kegayi  belgilangan  yetakchi  g‘ildirakning  aylanish  sonini  1/4  aylana  aniqlikda
hisoblaydi,  g‘ildirakning  aylanishi  2—3  minut  davomida  hisoblanadi,  bunda  1
minutdagi o‘rtacha aylanish soni aniqlanadi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish