Oddiy buxgalteriya provodkasi - bunda, bir hisobvaraq debetlanib boshqa hisobvaraqning kreditlanishiga aytiladi.
Oddiy hujjatlar – bu hujjatlarda faqat bitta operasiya aks ettiriladi. Bu hujjatlarga: to’lov talabnomasi, to’lov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kirim orderi, pul cheki va h.k. lar kiradi.
Oddiy ssuda hisobvarag’i - bunda ssuda bir maromda mijozning hisobvarag’iga o’tkaziladi va shu hisobvaraqda foizlarni hisoblanidi va to’lanadi.
Oddiy svodkalash - deyilganda, olingan ma’lumotlarni guruhlarga bo’lmasdan, to’plam bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, berilgan jami kreditlarning (qisqa va uzoq muddatli) miqdorini xisoblab chiqishning o’zi kifoya. Shuning o’zi oddiy ma’lumotlarni yig’ish bo’lib hisoblanadi.
Oilaviy plastik kartochka – bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida foydalanuvchiga berilgan kartochkadir.
Ochiq bozordagi operasiyalar – bu pul bozoriga ta’sir ko’rsatish maqsadida qimmatli qog’ozlarni Markaziy bank tomonidan sotib olish va sotishdir.
Ochiq turdagi aksiya - egasi hissadorlik jamiyati hissadorlarining roziligisiz qo’ldan qo’lga o’tishi mumkin bo’lgan aksiyalarga aytiladi.
Ochiq faktoring operasiyalari - faktoring kompaniyasining bitimdagi ishtiroki haqida qarzdorni xabardor qilgan holda to’lanmagan qarz talabnomalarini boshqaga o’tkazish.
Onkol ssudasi - birinchi talabga ko’ra qoplanadigan qisqa muddatli qarz.
Operativ hisob - ma’lum xo’jalik jarayoni va oPerasiyalarini ular yuz bergan joyning o’zida kechiktirmay nazorat qilib boradi. Xo’jalik operasiyalarini amalga oshirishda bu hisob yordamida rejalashtiriladigan ko’rsatkichlar bilan ham son, ham sifat jihatidan solishtiriladi.
Operativ lizing – bu shunday ijara munosabatlariki, bunda lizing obektlari (mulk) amortizasiya muddatidan kamroq muddatga ijaraga olinadi. Arendator (ijarachi) mulkni o’z ixtiyoriga ma’lum muddatga yoki bir ishlab chiqarish davriga oladi; odatda shartnoma 5 yilga tuziladi. Bu muddat tugaganidan so’ng ijarachi to’lovni to’lashni to’xtatishga va mulkni ijaraga bergan egasiga topshirishga haqli, yoki shartnomani yangitdan tiklash, yoxud shartnomani tuzish vaqtidagi kelishilgan bahoda lizing obektini sotib olishi mumkin.
Opsion – bu nemischa «option» so’zidan olingan bo’lib, bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent esa, mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |