O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT VILOYaTI O’RTA MAXSUS
KASB-HUNAR TA’LIM BOShQARMASI
YaNGIYO’L TEXNOLOGIYa-IQTISODIYoT
KASB-HUNAR KOLLEJI
Bank-moliya faoliyatiga doir
555 ta atamalar izohli lug’ati
Yangiyul tumani
So’z boshi
Bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lug’ati: (O’rta maxsus kasb-xunar kollejlari talabalari uchun mustaqil ishlashga doir ilmiy, uslubiy va lug’aviy manbalar tuplami) To’plovchilar: Ibragimov A, Mirzaraxmedov M, Norkulov O – Yangiyul, 2011. - 90 b.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda. Jamiyatda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari joriy qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi infratuzilma shakllantirilmoqda va birinchi navbatda bank tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, banklar iqtisodiyot lokomotivlariga aylanib bormoqda. Mamlakatimizda bank tizimini yanada takomillashib, xalqaro bank andozalariga moslasha borib, jahon bank tizimiga integratsiyalashib bormoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qator banklar jahonning eng nufuzli moliyaviy tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi maqsadida o’nlab oliy o’quv brtlari va ko’plab kasb-hunar kollejlari «Bank ishi», «Moliya va kredit» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi g’arb mamlakatlari bilan bog’liqligi sababli, bank faoliyatida qo’llanilayotgan aksariyat atamalar va so’zlar evropa millatlari tillariga mansub. ularning ayrimlari xalq orasida keng tarqalgan va ko’pchilikka tanish. masalan, aksiya, balans, byudjet, valyuta, inflyatsiya, ipoteka, kredit va lizing kabilardir. Ammo atamalarning ko’pchiligi endi bank faoliyati bilan tanishayotgan talabalar va boshqa qiziquvchilarga notanish. Ularning ma’nosini esa asosan rus tilida nashr etilgan adabiyotlardan topish mumkin.
Ular lug’atga bank faoliyatiga keng qo’llaniladigan 555 ta atama va tushunchalar kiritilgan va ularning mazmun-mohiyati o’zbek tilida imkon qadar yoritib berilgan.
Lug’at Kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo’ljallangan, undan bank faoliyati bilan qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Ushbu lug’at bu sohadagi, ayrim nuqson va kamchiliklardan xoli bo’lmasligi mumkin. Bildirilgan fikr va mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Taqrizchilar: Yangiyo’l Texnologiya-iqtisodiyot kxk direktori O.B O’rinboev
«Iktisod va xisob» kafedrasi mudiri Mirzaraxmedov M
Do'stlaringiz bilan baham: |