Kasb – hunar kollejlari o`quvchilarida ekologik tarbiyani shakllantirishning innovatsion uslublari


      II-BOB. Kasb-xunar kolleji o„quvchilariga ekologik tarbiya berishda



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana25.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#410527
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
kasb-hunar kollejlari oquvchilarining ekologik tarbiyasida innovatsion texnologiyalarni qollashning pedagogik samaradorligi (1)

32

 

 



 

II-BOB. Kasb-xunar kolleji o„quvchilariga ekologik tarbiya berishda  

innovatsion texnologiyalardan foydalanishning mazmun, shakl va uslublari 

2.1.Kasb-hunar kolleji o„quvchilarida ekologik ta‟lim tarbiya jarayonida 

innovatsion texnologiyalarni qo„llash. 

 

Innovatsion  texnologiyalarning  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  tadbiqi  ularning 

mazmun-mohiyatini boyitish, takomillashtirish va bilimlarni o‗zlashtirishni jadallashtirish, 

hamkorlik  faoliyatlarini  umumlashtirish,  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  kompleks 

loyihalashtirish  muammolarini  yechishga  qaratilgan.  Ta‘lim-tarbiya  jarayonini 

innovatsiyalashtirishga  intilgan  o‗qituvchi  doimo  izlanishlar  olib  borib,  yangi 

muvaffaqiyatlarga erishish sari intiladi. Demak, innovatsion yondashish orqali o‗qituvchi 

va o‗quvchilar o‗z-o‗zini tahlil, taftish qilib boradilar. Shuningdek, ―nimaga erishdim?‖ va 

―nimaga erisha olmadim?‖ degan savolga javob izlaydilar. Undan tashqari, o‗qituvchi va 

o‗quvchilarning  faol  yoki  turg`un  harakat  motivlari  yuzaga  chiqadi.  Subyekt  -  subyekt 

munasabati    asosida  o‗zaro  hamkorlik  o‗rnatiladi,  har  ikkala  tomon  bajargan  ishi, 

erishilgan  natijalardan  qoniqish  hosil  qiladi.    Qoniqish  esa  har  ikkala  tomonni  o‗z 

faoliyatlarida kuch, bilim, malaka va ko‗nikmalariga ishonch ruhini tarbiyalaydi.  

          Ilg`or  ijodkor  pedagoglar  an‘anaviy  ta‘lim  texnologiyasidagi    nomunofiqliklarga 

javob topish, o‗quvchining aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlashlari natijasida 

o‗ziga xos ta‘lim usuli vositalarini yaratyabdilarki, buning oqibatida yangicha  pedagogik 

mahorat tarzi vujudga keldi. Demak   yangicha fikirlash, tizimdagi  ta‘limda testlarning  

qo‗llanishi,  diagnos va diagnostik tahlilning olib kirilishi,  reyting tizimiga baxolash, bob, 

bo‗lim, mazmunini yaxlit xolda o‗zgartirishni modellashtirish va hokazolardan iboratdir. 

Pedagogik texnologiyaning  hozirgi kunda turli -tuman ta‘riflari mavjudligi natijasida bu 

masalaning  yechimini  quydagicha  o‗ziga  xos    usulda  har  kunlik  to‗g`risida  xam  taklif  

bildirilgan. Bugungi kunda innovatsion  pedagogik texnologiyalarni ekolgik ta‘lim-tarbiya 

jarayoniga  joriy etish  ma‘lum qonuniyatlarga,  prinsiplarga asoslanadi. 

Prinsip  –  lotincha  ―principiun‖  so‗zidan  olingan  bo‗lib  asos,    dastlabki  xolat 

boshqaruvchi  g`oya,    umumlashgan    talab  kabi  ma‘nolarni  anglatadi.    Pedagogik 



33

 

 



 

texnologiyalar prinsiplari  natijalariga erishish uchun rioya qilinadigan  umumiy me‘yorlar  

va talablardir.  Ularni aniqlashda  quyidagi xulosalar e‘tiborga  olinadi. 

-

 



Mavjud jamiyat talablariga  mos keladigan  ta‘lim – tarbiya maqsadi. 

-

 



Didaktik jarayonning ob‘ektiv qonuniyatlari. 

-

 



Ta‘lim-tarbiya jarayoni amalga oshiradigan shart – sharoitlar. 

 

Kasb-hunar  kollejlari  o‗quvchilarining  ma‘naviy-axloqiy  tarbiyasini  tashkil 



qilishda innovatsion yondashishni takomillashtirish yo‗llari. O‗quvchi-talabalar bilan 

darsdan  tashqari  mashg‗ulotlar  va  muloqotlar  o‗tkazish  ularning  jismoniy-ruhiy 

rivojlanishi  va  ta‘lim-tarbiyasi  uchun  muhim,  ko‗p  hollarda  esa,  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  ega  bo‗ladi.  Ekologik    tarbiyaviy  ishlar  darsdan  tashqari  faoliyat  bo‗lib, 

tarbiyalamoq  o‗quvchi-talaba  yoshlarning  faoliyatini  tashkil  qilmoq  demakdir. 

Haqiqatdan  ham,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish    ekologik 

tarbiyaviy ishlarda katta samara beradi. 

Texnologiya  –  shaxsni  o‗qitish,  tarbiyalash  va  rag‗batlantirish  qonunlarini 

o‗ziga jo qiladigan va yakuniy natijasini oqlaydigan pedagogik faoliyatdir.  Maqsadi 

esa  o‗qitishni  takomillashtirishga  undaydi.  Texnologiya  zamirida  jarayonlar 

kechishini  amalga  oshirish  usullari  va  vositalari  haqida  bilimlar  yig`indisi, 

shuningdek,  ob‘ektda  sodir  bo‗ladigan  sifat  o‗zgarishlari  anglanadi.  Texnologiya 

so‗zi  fanga  1872  yillardan  boshlab  kirib  kela  boshladi.  30-yillarda  ―Pedagogik 

texnika― tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‗ldi va u o‗quv mashg`ulotlarini 

aniq  va  samarali  tashkil  etishga  yo‗naltirilgan  usul  va  vositalar  yig`indisi  sifatida 

qaraldi.  Shuningdek,  bu  davrda  pedagogik  texnologiya  deb  o‗quv  va  laboratoriya 

jihozlari  bilan  muomala  qilishni  uddalash,  ko‗rgazmali  qurollardan  foydalanish 

tushunildi. 40-50 yillarda o‗quv jarayoniga o‗qitishning texnik vositalarini joriy etish 

davri  boshlandi.  Ayniqsa  kino,  radio,  nazorat  vositalari,  ulardan  foydalanish 

metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. 

Texnologiyalar  uch  xil  bo‗lb,  ular  axborotli,  uskunaviy  va  ijtimoiy  nuqtai 

nazarlarni  qamrab  oluvchi  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarni  ishlab  chiqarishni  o‗z 

ichiga oladi. 



34

 

 



 

Axborotli  –  nuqtai  nazar  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarni  ishlab  chiqarishning 

tamoyillari  va  usullarini  bayon  qilinishini  amalga  oshiradi.Uskunaviy  nuqtai  nazar 

ishlab  chiqarish  jarayonida  amalga  oshiriladigan  mehnat  qurollari  yaratish 

texnologiyasini  amalga  oshiradi.Ijtimoiy  nuqtai  nazar  xodimlar  va  ularni  tashkil 

qilishni amalga oshiradi. 

Pedagogik  texnologiya  -  pedagogik  (ijtimoiy)  va  texnologik  (ishlab 

chiqarishdagi  muxandislik)  yondashuvlar integratsiyasidir.  Pedagogik  texnologiyaga 

YUNESKO  tomonidan quyidagicha  ta‘rif  berilgan:  ―Pedagogik  texnologiya  -  ta‘lim 

berish  va  o‗zlashtirish  usullarini  yaratish,  qo‗llash,  ularni  yagona  tizimga  keltirish 

yo‗li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyalaridan muvofiq 

foydalanib,  bilimlar  o‗zlashtirilishining  eng  maqbul  jarayonidir‖.    Pedagogik 

texnologiyaning  bosh  muammosi  -  talaba  (o‗quvchi)  shaxsini  rivojlantirish  yo‗li 

bilan  o‗qitishga  qo‗yilgan  maqsadga  erishishdan  iborat  bo‗lib,  uning  doirasida 

yangi  o‗quv  materialini  o‗zlashtirishning  boshlang`ich,  algoritmik,  ijodiy,  evristik 

xarakterdagi darajalari mavjud.[46.]  

Innovatsion  ta‘lim  –  bu  bo‗lajak  mutaxassislarni  joylarda  ishlashga 

tayyorlovchi jarayon bo‗lib, u avval olgan bilimlar asosida ta‘limni takomillashtirish 

va  samarali  yangicha  yondashuv qilishdan  iborat. Unda  ta‘lim  –  tarbiyada  yangicha 

sifat ko‗rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‗lga kiritish amalga oshiriladi va 

ijodkorlikka  yo‗naltiriladi  hamda  ta‘lim  texnologiyalarini  yangicha  sifat  bosqichiga 

ko‗tarish,  shuningdek,  ta‘lim  –  tarbiyada  zamonaviy  yondashuvlarni  tashkil  qilib 

borishni  ta‘minlaydi.  Innovatsion  ta‘limda  zamon  bilan  hamnafas  ta‘lim 

texnologiyalarini yaratish bilan shug`ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi. 

     Innovatsion  ta‘lim  o‗ziga  xos  ijobiy  xususiyatlarga  ega.  Ular  quyidagilardan 

iborat: 


- kadrlar tayyorlash tizimiga ilm – fanning uzviy ravishda kirib borishini ta‘minlaydi. 

Bunda ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‗zlashtirish yuzasidan maqsadli 

innovatsion  loyihalarni  shakllantirish  va  amalga  oshirish  yo‗li  bilan  ilm  –  fanning 

ta‘lim amaliyoti bilan integratsiyani ta‘minlash chora – tadbirlari ishlab chiqiladi; 




35

 

 



 

- ilg`or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini joriy etish uchun 

o‗rta  umumta‘lim,  o‗rta  maxsus,  kasb  –  hunar  ta‘limi  va  oliy  o‗quv  yurtlarida 

eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy – tadqiqot natijalarini o‗quv – 

tarbiya  jarayoniga  o‗z  vaqtida  joriy  etish  mexanizmlarini  ro‗yobga  chiqarishga 

erishiladi; 

-  ta‘lim  jarayonining  istiqbolini  oldindan  ko‗ra  bilish,  ya‘ni  ta‘lim  beruvchining 

avvalgi  va  hozirgi  tajribasi  asosida  o‗qitish  emas,  balki  ta‘lim  oluvchini  uzoq 

kelajakni  mo‗ljallashga  (istiqbolli  reja  tuzishga)  o‗rgatishdan  iborat  bo‗lib,  unda 

ta‘lim  oluvchi  ijtimoiy  hayot  va  kasbiy  faoliyatda  tashxislash,  bashoratlash, 

modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur

 -  ta‘lim  oluvchining  hamkorlikda  ta‘lim  olish  va  optimal  qarorlarni  qabul  qilish 

(lokal  va  xususiydan  tortib  dunyoni,  madaniyat,  sivilizatsiya  rivojlanishini  hisobga 

olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta‘minlash. 

     Ekolgik  tarbiyaviy  ishlar  loyihasi  bu  o‗quvchi-talabalarning  ijodiy,  ma‘lum 

darajada  mustaqil  faoliyati  bo‗lib,  bunda  o‗quvchi-talabalarning  o‗zlari  bevosita 

ishtirok  etishadi,  ya‘ni  loyihani  ijro  etish  uchun  zaruriy  material-ma‘lumotlar 

to‗plashadi,  tadqiqot-tadbirlar  o‗tkazish  bo‗yicha  farazlarni  ilgari  surishadi, 

tadbirlarni  amalda  tashkil  etish  –  o‗tkazishda  faoliyat  ko‗rsatishadi,  tadbirlarning 

ijtimoiy  ahamiyatini  bilishadi.  Darsdan  tashqari  ekologik  savodhonlik    ishlari  esa 

quyidagilarga  imkon  beradi:  mashg‗ulot  va  muloqotda  hamkor  bo‗lishni,  bir-birini 

bilishni,  o‗zaro  yaxshi  munosabatlar  shakllanishini,  shaxs  qirralarini  anglashni, 

yaxshi  daqiqalarni  birgalikda  boshdan  kechirish,  insonlarning  yaqinlashuvi, 

hamkorlikdagi hissiy kechinmalar, do‗stlashish, ekologik bilimlarning kerakligini his 

etish,  ehtiyoj-talabni  his  etish  va  shu  kabi  qator  fazilatlarni  qaror  toptiradi.  Demak, 

bularning  barchasi  maktab,  oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim  muassasalarida  amalga 

oshiriladigan  ekolgik  tarbiya  mazmuni  bilan  uzviy  bog‗liq  bo‗lib,  ular  ma‘lum  ta‘lim-

tarbiyaviy maqsadga erishish uchun xizmat qiladi.                

    Ekologik xarakterga ega bo‗lgan kunlarni nishonlash jumladan; 

11-yanvar- Qo‗riqxona va milliy bog‘lar kuni. 

2-fevral-Butunjahon suv va botqoqlik joylari kuni 



36

 

 



 

19-fevral-Dengiz sutemizuvchilarini himoya qilish kunoi 

14-mart-To‗g‘onlarga qarshi Xalqaro harakatlar kuni 

21-mart-Navro‗z bayrami 

22-mart-Butunjahonsuv(suv resursini muhofaza qilish) kuni 

1-aprel-Xalqaro qushlar kuni 

7-aprel-Butunjahon salomatlik kuni 

15-aprel-Ekologik bilimlar kuni 

18-22-aprel-Bog‘lar marshi kunlari 

22-aprel-Xalqaro yer kuni 

24-aprel-Butunjahon lobarotoriyadagi hayvonlarni himoya qilish kuni 

1-10-may Qushlarni kuzatish bo‗yicha bahoriy o‗n kunlik 

3-may-Quyosh kuni 

12-may-Ekologik ta‘lim kuni 

15-may-Xalqaro iqlim kuni 

5-maydan  15-iyungacha  Kichik  daryolar  va  suv  havzalarini  himoya  qilish  bo‗yicha 

harakat kunlari 

22-may Xalqaro biologik xilma-xillik kuni 

5-iyun-Butunjahon atrof-muhit kuni 

17-iyun-Butunjahon cho‗llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni 

11-iyul-Xalqaro aholi kuni  

2-avgust-O‗zbekiston ekologik harakati tashkil topgan kun 

11-sentabr-Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasitashkil etikgan kun 

1-sentabr-Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni 

22-sentabr-Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kuni 

25-sentabr-Butunjahon dengiz kuni 

27-sentabr-Xalqaro turizm kuni 

4-oktabr-Butunjahon hayvonlarni himoya qilish  

6-oktabr-  xalqaro  yashash  muhitlarni  muhofaza  qilish  kuni  Oyning  ikkinchi 

chorshanbasi  - Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamiyati kuni 

11- Xalqaro tog‘lar kuni 



37

 

 



 

    Kasb-xunar  kollejlari  o‗quvchilari  uchun  quyidagi  ekologik  tadbirlarni  tashkil 

qilish maqsadga muofiqdir 

1.Ekologik xaftaliklar 

2.Ekologik oyliklar 

3.Ko‗rik-tanlovlar 

4.Kechalar 

5.Uchrashuvlar 

 Barcha  ta‘lim  va  tarbiya  bosqichlarida  atrof-muhit  muhofazasi  va  ekologiyaga 

bag‘ishlangan kunlarni oila, do‗stlar, guruhdoshlar va mahalla davrasida nishonlash 

ham ekologik ma‘naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim qadam bo‗lib hisoblanadi. 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish