Karshiyeva Tursunoy Shodiyorovna, SamDChti tayanch (PhD) doktoranti Kalit so’zlar



Download 80,66 Kb.
bet4/11
Sana28.05.2022
Hajmi80,66 Kb.
#612609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DESERGA ADDITION

Provayder [ingl. provider – ta’minlovchi, yetkazib beruvchi] leksemasi bugungi kun axborot texnologiyalari fani sohasi va publitsistik uslubda faol qo‘llanyapti. Uning lug‘atdagi ma’nosi o‘z mijozlariga internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha turli xizmatlar ko‘rsatuvchi firma, vositachi tashkilot sifatida qayd etilgan.
Shou [ingl. show – ko‘rsatish, tomosha; ko‘rsatmoq, namoyish qilmoq] leksemasi ommaviy tomoshabinlar va tinglovchilarga mo‘ljallangan dabdabali, televizion yoki konsert estrada tomoshasi ma’nosiga ega. Tarkibida shou elementi mavjud: shou tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishbilarmonlik faoliyati, shou tashkil etish yo‘li bilan daromad topish ma’nosidagi shou-biznes [ingl. show-business], suhbat, ashula asosida tashkil etiladigan ko‘ngilochar ko‘rsatuv ma’nosidagi tok-shou [ingl. talk-shou] leksemalari juft holatda shakllanib o‘zlashgan, o‘zlashish tarixi uzoq bo‘lmagan leksemalardir.
Rekordsmen, sportsmen, biznesmen, yaxtsmen, barmen leksemalari inglizcha qo‘shma yasama so‘z bo‘lib, shaxs oti yasash qolipi hosilalaridir. Rekordsmen [ingl. recordsmen – rekordchi, rekordga erishgan kishi] hozirda ishlatilishi passivlashgan leksema bo‘lib, uning sinonimi bo‘lgan rekordchi leksemasining qo‘llanilishi unga nisbatan faollashgan. Tilimizda kalka usulida hosil qilingan rekordsmen – rekordchi, sportsmen – sportchi, biznesmen – bizneschi, barmen – bar egasi, yaxtsmen – yaxtada yelkanli sport bilan shug‘ullanuvchi kabi juftliklar mavjud.
Sport o‘yinlarida to‘p (shayba)ning maydonni chegaralovchi chiziq (devor)dan tashqariga chiqishi yoki hakamning bokschi nokautda ekanini e’lon qilishi ma’nosini ifodalovchi aut [ingl. out – tashqarida, narida] leksemasi mavjud. Leksikamizdagi inglizcha o‘zlashmalar orasida aut elementli leksemalar o‘ziga xos. Etimologik jihatdan ikkinchi qismida bu element qatnashgan leksemalarni kuzatamiz. Masalan, sport o‘yinlari qoidalariga ko‘ra, jamoa, uning ustozi yoki ayrim o‘yinchining iltimosi bilan ruxsat etiladigan qisqa muddatli tanaffus ma’nosidagi taym-aut [ingl. time out – muayyan vaqtdan tashqari(da)]; sportning boks turida ishlatiladigan nokaut [ingl. knock-out < knock – urmoq; zarba + out – chetda, tashqarida; chetlatish]; birinchi qismida bu element qatnashgan: musobaqada oxirgi o‘rinlardan birini egallab turgan sportchi yoki jamoa tushunchasini ifodalovchi autsayder [ingl. outsider – chet, begona; tashqarida qolgan]; sport o‘yinlari qoidalariga ko‘ra, jamoa, uning ustozi yoki ayrim o‘yinchining iltimosi bilan ruxsat etiladigan qisqa muddatli tanaffus ma’nosidagi taym-aut [ingl. time out – muayyan vaqtdan tashqari(da)] kabilar shular jumlasidandir. Leksikamizdagi aut elementli inglizcha o‘zlashmalar, asosan, sport sohasiga tegishli bo‘lib, korxonani yopib qo‘yish va ishchilarni yoppasiga ishdan bo‘shatish, ishchilarni o‘z talablaridan voz kechishga majbur qilish va shu yo‘l bilan ish tashlashning oldini olish yoki bostirish usullaridan biri ma’nosidagi siyosiy tushuncha ifodalovchi lokaut [ingl. lock-out – eshikni yopmoq] kabi leksemalar ham uchrab turadi.
О’ZBEK TILIGA INGLIZ TILIDAN O’ZLASHGAN VA O’ZLASHAYOTGAN
NEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATI
Rashidov Sanjar, JDPI
Yangi so’z –bu biron -bir soha (fan, texnika, san’at va h.k.)ga tegishli muayyan tushuncha yoki maxsus narsani aniq ifoda etadigan so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Neologizmlarga qo‘yiladigan talab -ular bitta ma’noli bo‘lishlari kerak. Tilning lug‘aviy majmuasida ular alohida bir salmoqli qatlamni tashkil qiladilar. Bunday so‘zlar jamiyat tomonidan yasalishi, tartibga solinishi va o‘zgar tirilishi mumkin bo‘lgan yagona qatlamdir. Shuning uchun deyarli hamma tillarda neologizmlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Sohaviy neologizmlarni tayyorlash yoki ularni me’yorlashtirish uchun tilshunoslar va o‘sha sohadagi mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruhlar, qo‘mitalar tashkil qilinadi.
Barcha fanlar va texnikaga doir terminologik ishlarning maqsadi o‘sha sohalar mutaxassislarininggina emas, balki umuman terminlar vositasida ish ko‘radigan har bir shaxsning bir -biri bilan axbor ot almashish jarayonini amalga oshirishdan iboratdir. Bu jarayon esa lug‘atlar vositasida yanada jadal tus oladi. Shunisi borki, lug‘atda o‘z “tasdig‘i”ni olgan har bir termin bevosita yozma nutqqa - darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy - tadqiqot ishlar, matbuot sahifalariga, qolaversa badiiy adabiyotga ham ko‘chadi. Shunday ekan, har qanday termin u yoki bu tushunchani aniq, to‘g‘ri ifodalashni taqozo etadiki, ular o‘zbek tilining qonun - qoidalariga binoan yaratilishi lozim bo‘ladi. Demak, neologizm ijtimoiy siyosiy, madaniy hayotga doir turli qatlamlarga mansub bo`lgan tushunchalarni ifodalovchi, muayyan guruh kishilari orasida bir ma`nolarda ishlatiladigan lisoniy birliklardir. Neologizm tushunchasi va tarjimasini bilish uchun uning morfologik tuzilishini, umumiste`mol so`zlardan farq qiluvchi leksek xususiyatlari, atama so`zlarning asosiy turlari va ularni qo`llash usullarini bilish darkor. Bu esa, o`z navbatida atama tomonidan ifodalanayotgan tushunchani to`liq tushunishga, lug`at tarkibidagi yangi so’z m a`nosini topishda ishni osonlashtiradi.Yangi so’z aniq va qisqa bo`lishi kerak. Yangi so’zning aniqlik tushunchasida uning ma`noviy komponentlarining umumiy ma`nolari tushuniladi. Neologizmlarning paydo bo`lishi boshqa tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof -muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma -xil lug‘aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Terminologlar, umuman, leksikologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘ladiki, inson turmush, kundalik faoliyati, bilan bevosita bog‘liq bunday til birliklari va qadimiyligidan tashqari o‘zining barqarorligi, turli lisoniy o‘zgarishlarga moyil emasligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qarindosh- urug‘chilik nomlari, tabiat hodisalarini ifodalovchi leksemalar shular jumlasidandir. Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan.Bizga ma`lumki, turli tillarda so`zlashuvchi xalqlar vakillari bir birlari bilan munosabatda bo`lganlarida azaldan tarjimon yordamiga ehtiyoj sezganlar. Savdo sotiq ishlari, diplomatik munosabatlar va madaniy ma`rifiy aloqalar paytida hamma vaqt tarjimaga zarurat tug`ilgan. Mamlakatlar o`rtasida o`rnatila bosh lagan aloqa munosabatlar turli tuman xujjatlarning o`zga xalqlar tillariga tarjima qilishni taqozo etgan. Tarjima qardosh xalqlar tillari hamda xorijiy tillarni o`rganishning muhim shartlaridan biri sifatida o`quv jarayoning barcha bosqichlari bilan chambarchas bo`g`liq bo`lib, u o`quvchi va talabalarning o`rganilayotgan tillarni emas, ona tili hodisalarni ham ongli ravishda o`zlashtirishlariga ko`maklashadi. Butun hayot jabhalarini qamrab olgan taraqqiyot va ilmiy-texnik revolutsiya va u bilan bog`liq bo`lgan xalqaro xamkorlik va kutilayotgan demografik portlash va boshqa mavjud bo`lgan muhim sivilizatsiyalar davlatlararo aloqani va xar xil tilda gaplashuvchi elat va millatlar jamiyatning rivojlanishiga olib keladi.
Xalqlarning turli tabiiy, iqtisodiy –ijtimoiy –siyosiy sharoitida yashashlari natijasida ularning ongi, dunyoqarashi va alohida turli maxsus tushunchalar va normalar, prinsiplar qaror topadiki, bularning hammasi ham tilda aks etadi. Lekin, texnik taraqqiyot rivojlanishida boshqa bir davlatda paydo bo`lgan tushunchalarni anglatuvchi neologizmlar boshqa bir tilda muqobil variantga ega emasligi ham mumkin. Chunki, har bir tirik til tanaffuzsiz o`zgarish va jadal taraqqiyotda bo`ladi. Uning olg`a siljuvchi komponentlaridan biri lug`at hisoblanadi. Ilmiy- texnik matnlardagi neologizmlar tarjimasi kitoblar,
ensiklopediya, gazeta, jurnal va boshqalar to’liq matn mag’zi va sohalariga javob berish kerak. U bilim olishga to’liq javob berish kerak. Matn mazmun mohiyati urg’ulari tarjimada asosiy ro’l o’ynaydi ya’ni uni matn mag’zini ochib berishga qaratiladi. Ilmiy -texnik neologizmlarni quyidagilar tashkil etadi:
1. Ko`plab ma`lum bir sohani ifodalovchi umumiste`moldagi so`zlarning ishlatilishidir. Bunday holatda atama bu so`zning ma`lum ma`nolaridan biri hiso
blanadi. Masalan, change so`zi o`zgartirmoq, ayriboshlamoq, chaqa, mayda pul ma`nolarida atama bo`lib ishlatiladi.
He had to change his money
U pulini maydalashga majbur bo`ldi
Он должен был изменить свой деньги
2.Umumtexnik neologizmlar ma`lum bir fan texnika sohasiga oid neologizmlar, masalan: Account –Hisob -kitob –Расчет,
Accountance balance –Buxgalteriya balansi –Бухгалтерский баланс,
Advice –bildirish, xabarnoma –извещение,уведомление.
Advice so`zi -bildirish, xabarnoma ma`nolarini anglatishdan tashqari maslahat
ma`nosini ham anglatadi.
3.Bir sohani ifodalovchi maxsus neologizmlar. Masalan, bank of circulation –emissia banki –эмиссионный банк, bank of deposit
–depozit bank –депозитный банк, bank of discount hisob banki учетный банк.
Bunday holatlarda bu neologizmlar bir sohaga ya`ni bank sohasiga oid maxsus so`zlardir.
4.Zamonaviy texnik neologizmlarda bir necha sohalarda turli ma`nolarani anglatuvchi neologizmlarga duch kelishimiz mumkin. Masalan, current density
–tok zichligi, oqim zichligini ifodalasa, current price –joriy baho
–текущая цена kabi turli sohaga oid tushunchalarni ifodalaydi. Ko`p ma`noli neologizmlar albatta tarjimada o`ziga xos qiyinchiliklar tug`diradi. Bunday holatlarda tarjimada kontekst alohida o`rin tutadi, chunki bu tarjimon qaysi sohaga oid matn tarjima qilayotganligiga bog`liq. Neologizmlarning o`ziga xos xususiyatlari bu aniq bir tushuncha, jarayon yoki xodisani ifodalab, bir ma`nolikka intilishdir.
Xulosa qilib aytganda ilmiy va ilmiy texnikaviy so’z tarjimasi maxsus zaxirasi bo’lgani bilan asl so’z moh iyatini chiqarib olish uchun atalishdan tashqari tarjimon lug’atdan to’liq foydalanishi kerak. Tarjimada aynan ilmiy
belgilangan so’zlardan tashqari so’zlar so’zma so’z tarjima qilinmasligi ham mumkin. Ammo matn mag’zi tarjima qilinayotganda tilni mazmunini ifodalab berish kerak. Chunki, lug`atlarda bir so`zning turli ma`nolari ko`rsatiladi, tarjimon esa qaysi so`zni tanlashi bu uning tarjima uslubiga va mahoratiga shuningdek, kontekstga ham bog`liq bo`ladi.

Download 80,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish