Karshiyeva Tursunoy Shodiyorovna, SamDChti tayanch (PhD) doktoranti Kalit so’zlar



Download 80,66 Kb.
bet7/11
Sana28.05.2022
Hajmi80,66 Kb.
#612609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DESERGA ADDITION

Provayder [ingl. provider – ta’minlovchi, yetkazib beruvchi] leksemasi bugungi kun axborot texnologiyalari fani sohasi va publitsistik uslubda faol qo‘llanyapti. Uning lug‘atdagi ma’nosi o‘z mijozlariga internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha turli xizmatlar ko‘rsatuvchi firma, vositachi tashkilot sifatida qayd etilgan.
Shou [ingl. show – ko‘rsatish, tomosha; ko‘rsatmoq, namoyish qilmoq] leksemasi ommaviy tomoshabinlar va tinglovchilarga mo‘ljallangan dabdabali, televizion yoki konsert estrada tomoshasi ma’nosiga ega. Tarkibida shou elementi mavjud: shou tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq ishbilarmonlik faoliyati, shou tashkil etish yo‘li bilan daromad topish ma’nosidagi shou-biznes [ingl. show-business], suhbat, ashula asosida tashkil etiladigan ko‘ngilochar ko‘rsatuv ma’nosidagi tok-shou [ingl. talk-shou] leksemalari juft holatda shakllanib o‘zlashgan, o‘zlashish tarixi uzoq bo‘lmagan leksemalardir.
Rekordsmen, sportsmen, biznesmen, yaxtsmen, barmen leksemalari inglizcha qo‘shma yasama so‘z bo‘lib, shaxs oti yasash qolipi hosilalaridir. Rekordsmen [ingl. recordsmen – rekordchi, rekordga erishgan kishi] hozirda ishlatilishi passivlashgan leksema bo‘lib, uning sinonimi bo‘lgan rekordchi leksemasining qo‘llanilishi unga nisbatan faollashgan. Tilimizda kalka usulida hosil qilingan rekordsmen – rekordchi, sportsmen – sportchi, biznesmen – bizneschi, barmen – bar egasi, yaxtsmen – yaxtada yelkanli sport bilan shug‘ullanuvchi kabi juftliklar mavjud.
Sport o‘yinlarida to‘p (shayba)ning maydonni chegaralovchi chiziq (devor)dan tashqariga chiqishi yoki hakamning bokschi nokautda ekanini e’lon qilishi ma’nosini ifodalovchi aut [ingl. out – tashqarida, narida] leksemasi mavjud. Leksikamizdagi inglizcha o‘zlashmalar orasida aut elementli leksemalar o‘ziga xos. Etimologik jihatdan ikkinchi qismida bu element qatnashgan leksemalarni kuzatamiz. Masalan, sport o‘yinlari qoidalariga ko‘ra, jamoa, uning ustozi yoki ayrim o‘yinchining iltimosi bilan ruxsat etiladigan qisqa muddatli tanaffus ma’nosidagi taym-aut [ingl. time out – muayyan vaqtdan tashqari(da)]; sportning boks turida ishlatiladigan nokaut [ingl. knock-out < knock – urmoq; zarba + out – chetda, tashqarida; chetlatish]; birinchi qismida bu element qatnashgan: musobaqada oxirgi o‘rinlardan birini egallab turgan sportchi yoki jamoa tushunchasini ifodalovchi autsayder [ingl. outsider – chet, begona; tashqarida qolgan]; sport o‘yinlari qoidalariga ko‘ra, jamoa, uning ustozi yoki ayrim o‘yinchining iltimosi bilan ruxsat etiladigan qisqa muddatli tanaffus ma’nosidagi taym-aut [ingl. time out – muayyan vaqtdan tashqari(da)] kabilar shular jumlasidandir. Leksikamizdagi aut elementli inglizcha o‘zlashmalar, asosan, sport sohasiga tegishli bo‘lib, korxonani yopib qo‘yish va ishchilarni yoppasiga ishdan bo‘shatish, ishchilarni o‘z talablaridan voz kechishga majbur qilish va shu yo‘l bilan ish tashlashning oldini olish yoki bostirish usullaridan biri ma’nosidagi siyosiy tushuncha ifodalovchi lokaut [ingl. lock-out – eshikni yopmoq] kabi leksemalar ham uchrab turadi.
Shuningdek, so`z qo`shish orqali ko`plab iqtisodiy o`zlashma neologizmlar hozirgi kunda faol ishlatilmoqda:
Masalan: Agrobusiness – agrobiznes deganda qishloq xo`jaligidagi biznes tushuniladi. Keng ma’noda, bunga qishloq xo`'jaligi bilan shug`ullanuvchi biznes turlari kiradi.
Agrofirm – agrofirma - muayyan turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat asosida qayta ishlaydigan korxonadan iborat.
Giperinflation – giperinfyatsiya - haddan tashqari inflyatsiya, narx-navoning shiddat bilan o`sishi, pul qadrining g`oyat tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan ifodalanadi.
Macroeconomy – makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida moddiy va nomoddiyishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.

Download 80,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish