Adabiyotlar ro’yxati:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida/ O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda.
O’.Hoshimov. I.Yoqubov. Ingliz tili o’qitish metodikasi.- Toshkent-2003.
www.ziyonet.uz
Karshiyeva T. The purpose of teaching foreign languages in non-linguistic educational institutions. In this article it was clarified the purpose of teaching foreign languages in non-linguistic educational institutions.
Каршиева Т. Цель преподования иностранных языков в неязыковых учебных заведениях. В этой статье разьяснена цель преподования иностранных языков в неязыковых учебных заведениях
Yogurt asl turkiy leksema bo‘lib, jem, meva konservasi, shokolod, kakao va boshqa qo‘shimcha (to‘ldirgich)lar aralashtirilgan, qaymoqli kremga o‘xshash sut-qatiq mahsuloti (oddiy ivitilgan qatiq, kefir va boshqalar) ma’nosida ishlatiladi. Bu ham utyuk leksemasi kabi o‘z shaklini o‘zga til xususiyatlariga mos ravishda o‘zgartirib leksikamizga qaytgan leksema bo’lib o‘zlashma sifatida baholanadi.
Ba’zi o‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning bir guruhi o‘zbek tili leksikasida asl lug‘aviy ma’nosini butunlay yo‘qotib, etimologik ma’no va tushunchasi bilan aloqador bo‘lmagan boshqa semantik birlikka aylangan. Bunday xarakterdagi so‘zlar asl fonetik va morfologik qiyofalarini o‘zgartirmagan. Shunday bo‘lsada, ular ingliz va o‘zbek tilida semantik yaqinlikka ega bo‘lmaydi. So‘zning o‘z tildagi ma’nosi bilan o‘zlashgan tildagi ma’nolari orasida bog‘liqlik unutiladi.
Masalan:
YUMOR [ingl. humour — xulq, fe’l-atvor, kayfiyat < lot. humor — namlik, xo‘llik].
1 Kamchiliklar, ayrim voqea va hodisalarni kulgili qilib, hazilomuz tas-virlay bilish, ularni beg‘araz hajv qilish. Butun harakatlari yumorga boy bo‘lgan Nabi Rahimov yaratgan xar bir obraz favqulodda hayotiyligi.. bilan qalblarni maftun etadi. X. To‘xtaboyev, Sahnamiz yulduzi.
2 Shu yo‘sinda yozilgan adabiy asar. Satira va yumor. Muqimiy yumorlari.
KOKTEYL [ingl. cocktail - xo‘rozning dumi].
1 Spirtli ichimliklarning (konyak, rom va b.) ba’zan qand, meva va turli ziravorlar qo‘shib tayyorlanadigan, sovi-tilgan aralashmasi. -Qani yuring, bir qultum kokteyl ichamiz, — dedi u.. dasturxon yasatilgan uzun foyyega boshlar ekan. I. Rahim, Tinimsiz shahar.
2 Meva sharbati, sut va sh. k. larga shakar, rezavor va b. qo‘shib tayyorlanadigan alkogolsiz ichimlik.
KOLLEJ [ingl., fr. college — o‘rtoq, birodar; o‘quv yurti].
1 Buyuk Britaniya, AQSH va b. ba’zi mamlakatlarda: o‘rtadan oliygacha bo‘lgan turli xil o‘quv yurtlari.
2 Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va b. ba’zi mamlakatlarda: o‘rta va to‘liqsiz o‘rta o‘quv yurti.
3 Uzbekistonda: o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurti.
Kasb-hunar kolleji Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quvchilarga o‘rta max-sus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, bi-lim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlanti-rish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratuvchi o‘quv muassasasi.
Aytish joizki, tilimizga ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarning o‘zlashishida ularning semantik tuzilishidagi o‘zgarishlari ham turlicha bo‘lishi kuzatiladi. Ayrim so‘zlar tilda o‘z ma’nosini saqlab qolgan o‘zlashmalar sifatida o‘rinlashsa, ayrimlari ma’no kengayishi, ma’no torayishi yoki yangi ma’no kasb etishi mumkin.
Madaniyatlararo aloqa-bu turli madaniyatlar va ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi aloqani yoki madaniyat muloqotga qanday ta'sir qilishini o'rganadigan intizom. Bu turli xil diniy, ijtimoiy, etnik va ta'limdan kelib chiqqan shaxslardan tashkil topgan tashkilot yoki ijtimoiy sharoitda tabiiy ravishda paydo bo'ladigan aloqa jarayonlari va muammolarining keng doirasini tavsiflaydi. Shu ma'noda, u turli mamlakatlar va madaniyatlardan kelgan odamlar qanday harakat qilishlarini, muloqot qilishlarini va atrofdagi dunyoni qanday qabul qilishlarini tushunishga intiladi.[1] madaniyatlararo aloqa madaniy farqlarga ega bo'lganlarni tan olish va hurmat qilishga qaratilgan. Maqsad ikki yoki undan ortiq alohida madaniyatlar o'rtasida o'zaro moslashishga olib keladi bikulturalizm/multikulturalizm to'liq assimilyatsiya qilish o'rniga. Bu madaniy sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi va turli madaniyatlarda empatik tushunishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |