11
mumkin. Mulkchilikning hissadorlik shaklini rivojlanishiga zarurat shundan iborat
bo’ldiki, iqtisodiyotda yirik investitsiya resurslarini talab qiladigan loyihalar
mavjud bo’lib, bunday loyihalarni yakka investorlar tomonidan moliyalashtirish
uchun etarli moliyaviy resurslar mavjud bo’lmadi yoki
yakka investorlar mazkur
loyihalarni moliyalashtirish bilan yuqori darajadagi risk qilishga ishtiyoqlari
bo’lmadi. Bunday sharoitda yagona maqsad doirasida birlashuv jarayoni uchun
hissadorlik kapitali qulay hisoblanar edi. Mashhur iqtisodchilardan biri G.Ford
ta’biri bilan aytganda, «Agar hissadorlashtirish yo’li bilan tashkil qilinmaganda
butun Evropani qamrab oluvchi temir yo’l tizimi bo’yicha qurilishni tashkil
qilishning imkoniyati bo’lmagan bo’lar edi».
Moliyaviy bozorlarning keskin avj olishi mulkchilikning
hissadorlik shakli
rivojlanish bilan ham bevosita bog’liqdir. Mulkchilikning hissadorlik shakli
ma’lum yirik yoki o’rta biznesda kichik investorlardan tortib to katta
investorlargacha
ularning
kapitallarini
konstentrastiyalashuv
jarayonini
ta’minlaydi. Natijada, ma’lum darajada katta, kichik hajmdagi moliyaviy
resurslarga ega bo’lgan investorlarning pul mablag’lari
yagona biznes doirasida
korporastiyalar shaklida birlashadi, ular bevosita yagona maqsad doirasida faoliyat
yuritadi.
Korporastiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy
ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari
birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi.
Korporastiyalar moliyasi 3 asosiy vazifalarni hal qiladi:
-
Korporastiya qanday investitsiyalarni amalga oshirishi kerak?
Bu savol korporastiyalar aktivlarni joylashtirish siyosatini o’ziga qamrab
oladi. Odatda har qanday xo’jalik sub’ektlari ma’lum biznes turlari bo’yicha
mablag’larini asosiy va aylanma aktivlarga investitsiya qiladi.
Investitsiyalash tamoyillari asosida kompaniya shunday aktivlarga qo’yilma
qilishi kerakki, bu investitsiyalar kompaniya uchun etarli daromadni ta’minlashi
kerak.
-
Investitsiyalar uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslarni qanday
shakllantirish mumkin?
Kompaniya investitsiyalar uchun zaruriy moliyaviy resurslarni hissadorlik
kapitalini shakllantirish
yoki obligastiya, kredit kabi qarz instrumentlari
vositasidan foydalangan holda qarz kapitallarini shakllantirish kabi alternativ
qarorlar asosida kapitallar strukturasi siyosatini olib borishi lozim.
Moliyalashtirish
tamoyili:
investitsiyalarni
moliyalashtirish
uchun
kapitallarning optimal strukturasi investitsiyalar qiymatini maksimallashtirishi
lozim.
-
Kompaniya joriy investitsiyalarning qanday miqdori akstionerlarga
qaytarilishi lozim? - degan savolga javob berishi lozim.
Dividend tamoyili: Agar investitsiyalarning foydaliligi minimal talab
qilinadigan moliyaviy qaytim uchun etarli bo’lmasa,
kompaniya har qanday
jamlangan pul mablag’larini egalariga qaytarishi kerak.
Korporastiya nima?
Korporastiyalar 3 asosiy farqli jihatlarga ega:
12
1. Korporastiyalar o’zlarining egalaridan yuridik jihatidan mustaqildir va
soliqlarni to’laydi.
2. Korporastiyalar mas’uliyati cheklangan, qaysiki, akstionerlar kompaniya
qarzlari uchun javobgar bo’la olmaydi.
3. Har doim ham korporastiya egalari menejer bo’la olmaydi, bu egalik
qilishning boshqarish bilan cheklanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: