biroq, ammo, yoki, shuning uchun, chunki, -ki bog‘lovchilarning vazifasini
tushuntirish; gaplarni o‘qish hamda goh-goh; dam-dam; ham-ham, ba’zan-ba’zan;
yo, -yo, yoki-yoki, bog‘lovchilarining ma’no va vazifasini sharhlab vergulning
ishlatilish sabablarini izohlashni talab qilish; gaplarni o‘qib inkor ma’nosini
ifodalovchi na, -na bog‘lovchini ham-ham juft bog‘lovchisi bilan almashtirish;
berilgan sodda gap juftlarini yordamchi so‘zlar vositasida bog‘lab, qo‘shma gaplar
tuzish, sodda va qo‘shma gaplar orasidagi ma’no nozikligini tushuntirish kabi
ijodiy-amaliy ishlardan foydalanishni tavsiya qilish mumkin.
46
Quyida ana shu topshiriqlardan ayrim namunalar keltiramiz.
1-topshiriq. Gaplarni o‘qing va, lekin, biroq, ammo, yoki, shuning uchun,
chunki, -ki bog‘lovchilarining vazifalarini aniqlang.
1)
Mehnat bilan topilgan pul qadri mashaqqat bilan qo‘lga kiritilgan barcha
narsalar singari aziz bo‘ladi.
2)
Hozirgina bir falokatning oldi olingan bo‘lsa ham, ammo kelajakdagi
mashg‘ulotlar uning uyqusini qochirmoqda edi.( P. Q) .....
2-topshiriq. Gaplarni o‘qing: goh-goh, dam-dam, ham-ham, ba’zan-ba’zan,
yo-yo, yoki-yoki bog‘lovchilarining ma’no va vazifasini izohlang; vergulning
ishlatilish o‘rinlariga e’tibor bering.
1) Goh osmonni tutib qo‘shiq yangrar, goh allaqayerdan yoqimli mayin bir
kuy eshitilardi. 2) Urush ham tugadi, otasi ham qaytib keldi, tirikchiliklari ham
yaxshilandi. 3) Dam salobatli, dam jozibador yangrovchi tanbur sadosi eshitildi.
4) Ba’zan sho‘r, ba’zan chuchuk suvlardan ichib yo‘l yurdik. 5) Qachon qaramang
yo kuladi, yo iljayib qo‘yadi.
3-topshiriq. Na-na inkor bog‘lovchisini ham, ham juft bog‘lovchisi bilan
almashtirib, gaplarni o‘zgartiring.
1) Na yurib charchadi, na sovuqdan shikoyat qildi. 2) Qalandarovga na go‘sht
tatidi, na qimiz! 3) Ezgulik uchun na makon, na zamon chegara emas. 4) Na u yon,
na bu yonga burila olmasin. 5) Na bulutlar tarqaldi, na yomg‘ir yog‘di.
Namuna: Yurib ham charchamadi, sovuqdan shikoyat ham qilmadi.
Ko‘makchilar yuzasidan o‘quvchilar bilan berilgan gaplarda ajratilgan
so‘zlardagi -ga, -da, -dek singari qo‘shimchalarni uchun, tomon, bilan kabi
ko‘makchilardan mosi bilan almashtirish, ma’nosini sharhlash; ajratilgan
ko‘makchilarning qaysi kelishiklardan keyin kelishini va qanday vazifa bajarishini
tushuntirish; berilgan matndagi ko‘makchilarning vazifasini sharhlash; berilgan
xalq maqollarida bilan so‘zini mumkin bo‘lgan o‘rinlarda va yoki qo‘shib
yoziladigan -u, -yu bog‘lovchisi bilan almashtirish; ko‘makchilarni qatnashtirib
47
gaplar va matnlar tuzish singari amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Biz amaliyot davrida yordamchi so‘zlar yuzasidan takrorlash darsini tashkil
qildik. Bunda quyidagi ish usullaridan foydalanildi:
1.
Dastlab o‘quvchilar bilan “Bu bizniki” o‘yini o‘tkazildi. Ularning
e’tiboriga quyidagi so‘zlar havola qilindi: va, bilan, go‘yoki, -mi, keyin, burun,
Do'stlaringiz bilan baham: |