Karimboyeva shohida +



Download 300,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana13.04.2022
Hajmi300,34 Kb.
#548189
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
yordamchi soz turkumlarini orgatish usullari

41
.
Hozirgi davrgacha bo‘lgan tilshunoslikda yana so‘zining qanday so‘z 
turkumiga kiritilishi haqida turlicha fikrlar bor. Ba’zi adabiyotlarda biriktiruv 
bog‘lovchilari qatorida talqin etilsa, ba’zilarida fe’l-ravishlar qatorida izohlanadi. 
Ayrim adabiyotlarda daraja-miqdor ravishiga kiruvchi, harakat va belgining 
ortiqligini ko‘rsatuvchi so‘z yoki kuchaytiruv ravishi tarkibida izohlanadi. Ba’zi 
adabiyotlarda yana so‘zi haqida gapirilmay, shu so‘zning sinonimi bo‘lgan tag‘in 
so‘zi haqida fikr aytiladi. Tag‘in so‘zining yuklama deb atalganligi uchun biz 
«yana»ni ham yuklama deb tushundik. Ko‘rinadiki, yana yuklamasi xususidagi 
fikrlar bir xil emas. Agar birgina adabiyotda yuklama deb ataganligini hisobga 
olmasak, yuklama bo‘lib kelish o‘rinlari haqida deyarli birorta manba yo‘q. 
Shuning uchun ishimizning asosiy maqsadini tashkil etmasa ham, yana so‘zining 
yuklama bo‘lib kelish o‘rinlari haqida ayrim fikrlarni aytishi lozim topdik.
V.I.Koduxovning fikricha, birorta so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligini 
aniqlash uchun shu so‘zning semantik, morfologik va sintaktik belgilarini 
birgalikda olib tekshirish kerak. Bu fikrga sistemalilik nuqtayi nazaridan 
yondashiladigan bo‘lsagina bir so‘zni bir butunlik sifatida olib, butunlikka xos 
bo‘lgan elementlarni – semantik, morfologik va sintaktik belgilarni shu butunlikni 
xarakterlovchi sistema sifatida izohlash mumkin bo‘ladi. Agar shu sistema
elementlarining birortasi xarakterlovchi belgilikdan mahrum bo‘lsa, u holda 
sistemada o‘ziga xos parchalanish yuzaga keladi va sistemaning sifati ham 
o‘zgaradi. O‘zidan kattaroq bo‘lgan sistemaga elementlik funksiyasi va sifati ham 
40
O‘zbek tili grammatikasi. –T, 1975. 575 b. 
41
Kononov A.N. Sov. Uzb. Lit. Yazika –M-L. 1960. str. 337 


40
yangilik kasb etadi. Chunki so‘zlar o‘zidan kattaroq bo‘lgan so‘z birikmasi va 
gapning elementi hisoblanadi va o‘zaro bir-biri oppozitsiyada o‘ziga xos 
funksiyani bajaradi. So‘zlarning oppozitsiyasi kontekstda reallashadi. Kontekstda 
so‘zlar qaysi so‘z turkumiga mansub ekanligi aniq bilinadi. Ayniqsa, leksik 
ma’nosi aniq bo‘lmagan so‘zlarni kontekstsiz izohlash mumkin emas. Chunki 
leksik ma’nosiga aniq chegara qo‘yilmagan so‘zlarni belgilashda grammatik ma’no 
va sintaktik bog‘lanish asosida mezon hisoblanadi. Shu jihatdan yana 
yuklamasining kontekst ichida kelish o‘rinlari kuzatilganda, juda ko‘p hollarda 
yuklama bo‘lib kelishi ko‘zga tashlanadi.
M.: Mahkam chiroqni o‘chirib, yana uyquga ketdi gapida yana so‘zi kesimga 
bog‘lanib, holatning takrorlanganligini ta’kidlab kelmoqda va kesim bilan bitta 
so‘roqqa javob bo‘lmoqda. Agar bu so‘zni mustaqil so‘z turkumi deb qaraydigan 
bo‘lsak, o‘zi mustaqil so‘roqqa javob bo‘lishi kerak edi. Kesimga bog‘lanib, ish-
harakat va holatning takroriyligini bildirganligi uchun ravish deb atasak, u holda 
ravishning so‘roqlaridan biriga javob bo‘lishi kerak edi. Lekin yana so‘ziga 
ravishning birorta ham so‘rog‘ini berib bo‘lmaydi. Agar daraja-miqdor 
ravishlaridan kuchaytiruv ravishi deb ataladigan bo‘linsa, u holda bu so‘z 
kuchaytirish funksiyasini bajarishi kerak edi. Bizningcha, bu so‘zga kuchaytiruv 
funksiyasi yo‘q. Bunday holni kuchaytiruv ravishlari bilan taqqoslanganda 
aniqlash mumkin. Kuchaytiruv ravishlari eng, juda, nihoyatda kabilarda haqiqatan 
kuchaytirish ma’nosi bor. M.: Karimaning ko‘ngli nihoyatda bo‘sh edi («Sharq 
yulduzi») gapida kuchaytirayapti. Ammo o‘zi alohida savolga javob bo‘lmasa ham
kuchaytirish ma’nosi bor. Shuning uchun yana so‘zini kuchaytiruv ravishi 
deyishimizga asos qolmaydi. Shuningdek, nihoyat, g‘oyat, tag‘in, naq, o‘ta, lang, 
qoq, hech, sira, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda kabi so‘zlarda ham mustaqillik 
aniq ko‘rinmaydi. Bu so‘zlar juda ko‘p o‘rinlarda yuklamalarga xos vazifani 
bajarmoqda.
Agar yuklamalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib izohlaydigan 
bo‘lsak, yuqorida ko‘rib o‘tilgan so‘zlar ma’lum bir so‘zga ma’no jilosini beradi. 
Lekin o‘zi yakka holda mustaqil ma’no anglatmaydi va mustaqil holda ma’lum bir 


41
so‘roqqa javob bo‘lmaydi. Shuning uchun «sifatlardagi orttirma darajani yasovchi 
turli kuchaytiruv ma’nosini beruvchi so‘zlar»ni va «tasdiq, hamda inkor yo‘li 
bilan hosil qilingan kuchaytiruv ravishlari»ni, bizningcha, yuklamalar qatorida 
talqin etish kerak bo‘ladi. Chunki bu so‘zlarda mustaqillik ma’nosi yo‘qolgan va 
yordamchiga aylangan. Yordamchi so‘zlar ichida yuklamalar ayrim so‘zlarga va 
gaplarga ma’no jilosini bera oladi. Shuning uchun yuqoridagi so‘zlarni yuklama 
deyishimiz, bizningcha, to‘g‘ri bo‘ladi. Yana so‘zida esa kuchaytiruv ma’nosidan 
ko‘ra, ta’kid ma’nosi ko‘proq anglashiladi. To‘plangan materiallar shuni 
ko‘rsatadiki, yana yuklamasi juda ko‘p o‘rinlarda ta’kid ma’nosini anglatib kelar 
ekan. Shunga ko‘ra yana so‘zini ta’kid yuklamasi deb atadik va ta’kid ma’nosini 
tahlil qilishda shu so‘zning qanday so‘zlar bilan kelgani hamda qo‘llanish 
o‘rinlarini asos qilib oldik.
Yana yuklamasi ham, faqat, emas yuklamalari singari so‘zga va gapga ma’no 
jilosi berish bilan birga, o‘zi qatnashgan gapning semantik strukturasiga ham ta’sir
etadi. Yana so‘zining ta’kid yuklamasi bo‘lib kelishi. Yana so‘zi gapda ravishlarga 
xos vazifasidan ko‘ra turli so‘zlarni ta’kidlab kelib, yuklama vazifasida kelishi 
yuqorida aytib o‘tilgan edi. Haqiqatan ham ravish bo‘lib kelish uchun ish-
harkatning belgisini, belgining belgisini anglatib kelishi kerak. Lekin yana so‘zi 
faqat ish-harakatni bildirgan so‘zlar bilan birga kelib qolmay, balki boshqa so‘z 
turkumlari bilan ham birga qo‘llana oladi va unda turli xil ma’no jilolari berib 
kelish xususiyati ham bor. M.: Yana Akbarov hayolida gavdalandi va yana uning 
«naryog‘idan» degani qulog‘iga eshitilib ketdi (P.Qodirov. Uch ildiz, 6-bet) 
gapida ta’kid ma’nosini ifodalab kelayapti va bu gapda belgining belgisini, ish-
harakatning belgisini yoki kuchaytirish ma’nolarini ifodalash xususiyati 
sezilmaydi. Yana so‘zi barcha gap bo‘laklari bilan birga kela oladi. Shuning uchun 
bu so‘zning turli o‘rinlarida kelishini alohida tahlil etish yangi-yangi qirralarni 
ochib beradi. Demak, yana va tag‘in so‘zlari yuklama hisoblanadi. Bu yuklamalar 
kuchaytiruv va ta’kid yuklamalariga kiritilishi kerak
42
.
42
Rahimov U.E. O‘zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi. Nomzodlik dissertatsiyasi. 1994. 


42

Download 300,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish