Karimboyeva shohida +


 Turkiy tillarga xos ko‘makchilar



Download 300,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/36
Sana13.04.2022
Hajmi300,34 Kb.
#548189
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
yordamchi soz turkumlarini orgatish usullari

1. Turkiy tillarga xos ko‘makchilar: birla, birlan, uchun, kabi, singari, uzra, 
ichra, sari, tomon, sayin, bo‘yi, to‘g‘risida, qatorida, aro, yo‘zidin, taba, tangi, teg, 
bikin, angin, otru, qata, quyi, ilgida, o‘zga, qo‘limizda, og‘zida keyincha, orqali, 
yarasha, qarata, baravariga, baravarida, yo‘lida, yuzasidan, deb, oldida va b. 


59
2. Arab tiliga xos ko‘makchilar: qadar, xususida, tufayli, nisbatan, binoan, 
huzurida, niyatiga, sababli, boisdan, sifatida, sifatiga, suratda, asnoda, doir, asosan, 
muvofiq, dovur, maqsadida, holda, mobaynida, asosida, atrofida va b. 
3. Fors-tojik tiliga xos ko‘makchilar: soyasida, so‘ (so‘y), ko‘yi, singari, 
ravishda. 
4. Xitoy tiliga mansub ko‘makchi: yanglig‘ 
Mustaqil so‘zlar ko‘makchiga o‘tganida ular alohida morfologik shakl 
ko‘makchi uchun turg‘un holatga aylanadi. 
Bog‘lovchilarni qiyosiy o‘rganish tillar o‘rtasidagi aloqalarni, o‘zaro ta’sir, 
bir-biriga munosabati masalalarini ham o‘rganishga yordamlashadi. 
Teng bog‘lovchilarning ma’no va vazifa tomoni, imlo xususiyatlari darslik 
va qo‘llanmalarda atroflicha bayon etilgan bo‘lsa ham, o‘zbek tilshunoslari teng 
bog‘lovchilarni belgilash borasida har xil nuqtayi nazarlarini bayon qilmoqdalar. 
O‘zbek tilshunosligida teng bog‘lovchilar miqdor jihatdan ko‘p bo‘lmasa ham, 
teng bog‘lovchi deb qaralayotgan birliklarning ayrimlari borasida (jumladan, 
na...na, ham, -u, -yu, holbuki) yakdillik mavjud emas. Bog‘lovchining turi va bu 
turga qaysi so‘z mansubligi masalasida turlicha qarashlar bo‘lganligi bois bir 
tadqiqotda bog‘lovchi deb berilgan birlik boshqasida yuklama qatoriga kiritiladi.
O‘quvchilarga so‘z turkumlari o‘rgatilar ekan, ularda o‘zbek tilining 
morfologiyasi haqida yaxlit tasavvur shakllantiriladi. So‘z turkumlarini tasnif 
qilishda asosiy belgi va xususiyatlar, shuningdek, so‘zlarning mustaqil hamda 
yordamchi so‘zlar turkumlariga ajratilish sabablari bilan amaliy tanishtirish ishi 
tashkil qilinadi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumining nutq o‘stirishdagi 
imkoniyatlari bilan tanishadilar. So‘z turkumlari o‘rganilishi jarayonida 
so‘zlarning to‘g‘ri o‘qilishi, yozilishiga oid orfoepik hamda orfografik ko‘nikma 
va malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. So‘z turkumlarini o‘rganish 
davomida ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish esa 
o‘quvchilarning so‘zlarni alohida turkumlarga ajrata olish ko‘nikma va 
malakalarini tezroq egallashlariga xizmat qiladi. O‘quvchilar odatda har bir 


60
turkumga xos morfologik belgilarni adashtiradilar, birini ikkinchisi bilan 
chalkashtiradilar yoki morfologik birliklar nomi o‘rnida sintaktik birliklar nomini 
almashtirib qo‘llaydilar. Ta’lim jarayonida morfologiya bilan sintaksis o‘rtasidagi 
chambarchas aloqani o‘quvchilarga nazariy jihatdan tushuntirishning o‘zi kamlik 
qiladi. Buning amaldagi ifodasi ustida muntazam ravishda metodik ishlar tizimi 
olib borilishi, ta’limning yangi usullariga murojaat qilinishi kerak. Shu ma’noda 
mazkur malakaviy ishimiz so‘nggi yillarda yordamchi so‘z turkumlarini 
o‘rgatishda foydalanilib, yuqori samara berayotgan metod va vositalar tahliliga 
bag‘ishlanganligi bilan ahamiyat kasb etadi. Albatta, dars uchun tanlanadigan usul 
va vositalar o‘quvchini qiziqtiradigan, uni amaliy faoliyatga, amaliy ishga 
chorlaydigan bo‘lishi, mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga, ichki imkoniyatni 
ro‘yobga chiqarishga yordam berishi zarur. Bu holat umumiy o‘rta ta’lim 
maktablari uchun chop qilinayotgan ona tili darsliklarida e’tiborga olingan. 5-sinf 
uchun “Ona tili” darsligi N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, 
Z.Jo‘raboyevalar muallifligida yaratildi. 6-sinf uchun “Ona tili” darsligi 
N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirovlar, 7-, 8-sinf darsliklari 
M.Qodirov, 
H.Ne’matov, 
N.Mahmudov, 
A.G‘ulomov, 
R.Sayfullayeva, 
M.Abduraimovalar 
tomonidan 
yaratilgan. 
Ushbu 
darsliklar 
zamonaviy 
texnologiyalar asosida, noan’anaviy usullar va vositalar qo‘llashni talab qiladigan 
o‘quv topshiriqlari va mashqlar jamlanganligi bilan qimmatlidir. Shunday bo‘lsa 
ham aytib o‘tish o‘rinliki, o‘qituvchi darslikdan ijodiy foydalanishi, ba’zi 
misollarni boshqa manbalardan keltirishi, mashqlarni sinf sharoitini hisobga olib 
almashtirishi, qo‘shimcha manbalardan foydalanishi, mashqlarning bajarilishida 
shartlarga o‘zgarishlar kiritishi, ularni didaktik o‘yinlar tarzida o‘tkazishga 
intilishi o‘quvchi oldida obro‘-e’tiborini baland ko‘tarishini unutmaslik kerak. 
Demak, yana o‘qituvchi mahorati va uning zamonaviy texnologiyalardan 
xabardorligi, uni qo‘llay olishi, yangilikka intilishi, yangilik yaratishi eng muhim 
masala sifatida kun tartibida qolaveradi. 


61

Download 300,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish