Karerani rivojlantirishning gender jihatlari
1. Gender tushunchasi.
1.Gender psixologik nuqtai nazardan shunday tushunchaki, uning yordamida odamlar erkak va ayol tushunchalarining mohiyatini yoritadi. Malumki, jins tushunchasining ozi biologik kategoriya bolgani uchun ham ijtimoiy psixologiya erkak va ayollar xislatlaridagi tafovutlarning biologik jihatdan bogliqligini asoslashda bu terminni ishlatadi.
2. Gender notenglik va diskriminatsiya
2. Gender tenglikni taminlashda notenglikni anglash, notenglikni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish, gender tenglik ideologiyasini yaratish, gendertenglik ideallarini shakllantirish kabi murakkab bosqichlarni bosib otishga togrikeladi. Ular ichida eng murakkabi gender notenglikni anglashdir. Ongning, ananaviy qarashlarning ziddiyatli ozgarish xususiyati gender notenglikni tez anglashga imkon bermaydi. Anglanmagan voqelikni esa hayotga keng joriy etishqiyindir. Shuning uchun eng avvalo ayol va erkakni inson sifatida etirof etuvchi gumanistik qarashlarni shakllantirish darkor. Jamiyat gumanistik qadriyatlarni taraqqiyot sharti qilib tanlamas ekan egalitar goyalar qogozlarda qolib ketaveradi.
3. Gender chegara va uni ozgartirish
3. Gender munosabatlari va rollar taqsimoti tizimida bugungi Ozbekiston yigitlari va qizlarining orni tahlil qilinadigan bolsa, shuni alohida takidlash lozimki, gender rollari toligicha madaniy muhitga bogliqligi va bu rol ular malumotliligi darajasiga mos ravishda ozgarayotganligini kuzatish mumkin. Lekin ijtimoiy fikr sorovlarida ozbek ayollarining gender munosabatlarida tolaligicha erkaklar bilan tengliklari etirof etilsa-da, asli kopchilik ongida ayol baribir osha ozining ananaviy rollari doirasida tasavvur qilinadi. Bu holatning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjud. Bu narsa gender chegara deb ataladi. Gender chegaraning mavjud bo'lishi ba'zida ish samardorligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Lekin bugungi kunga kelib gender chegara nisbatan ancha zaiflashdi, bu esa sohadagi ijobiy o'zgarishlardan dalolat beradi.
4. Ayollar karerasi muvaffaqiyati
4.Ayol kishi uchun karera qilish oson kechmasligi barchamizga malum. Kopchilik ayollarning fikricha, karera qilish uchun ular hamkasb erkaklarga qaraganda uch karra koproq ishlashiga togri keladi. Shuning uchun ayollar karerada muvaffaqiyatga erishishlari uchun astoydil mehnat qilishlari, ish jadvaliga qat'iy rioya qilishlari, ish vaqtida faqat ish haqida o'ylashi, dress kodga rioya qilishi va ishini sevishi kerak.
5. Erkaklar karerasining oziga xosligi.
5. Erkaklar karerasining o'ziga xosligini bu erkaklarning ayollarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy hayotda nisbatan faolligi bilan izohlash mumkin. Erkaklar jamiyatdagi ko'plab faoliyat sohalarida ayollarga nisbatan ustunliklarga ega ekanligi ularning ish faoliyatida tezroq ko'tarilishini ta'minlaydi.
6. Karera boshqaruvida gender yondashuv
6. Karyerani boshqarishda gender tenglikni ta'minlash muhim sanaladi. Boshqaruv samaradirligini oshirish uchun erkak va ayol xodimlarga teng huquqlar berilishi gender tenglikni yuzaga chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi.
7. Sergeratsiya nima?
7. Segregatsiya (lot. segregacio — ajratish) — biron irq yoki etnik guruhni chegaralangan hududga majburlab yoki ixtiyoriy yoʻl bilan koʻchirish yohud alohida maktablar, transport vositalari, xizmat koʻrsatish korxonalari tashkil etish yoki boʻlmasa, boshqa diskriminatsiya choralari orqali ajratib qoʻyish. segregatsiya — diskriminatsiyaning alohida koʻrinishidir. Tarixda qonunlashtirilgan segregatsiya hollari boʻlgan. Chunonchi, segregatsiya AQSH janubida 19-asr 2-yarmining boshida negrlar ozod qilingandan soʻng 20-asrda ham uzoq vaqt saqlanib turdi. Segretsiyani umuman olganda uzoqlashish deyish mumkin.
8. Konvergensiya nima?
8. Konvergensiya (lot. convergo -yaqinlashaman, oʻxshayman) (biologi ya da) — turli ajdodlardan kelib chiqqan organizmlarda bir xil tashqi muhit taʼsirida oʻxshash belgilarning paydo boʻlishi. Konvergensiya natijasida vujudga keladigan belgilarning oʻxshashligi analogiya deyiladi. Konvergensiya terminini Charliz Darvin fanga kiritgan. Konvergensiya fikr va g'oyalarning bir biriga uyg'unlashib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |