@ImtihonJavoblari2021Uz
kanali mahsuloti
30
22-BILET
1. Markaziy Osiyo davlatlarining aholisi va iqtisodiyoti.
Markaziy Osiyo siyosiy-geografi k subregioni Yevrosiyo materigining
ichkarisida joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil davlatlar sifatida
rivojlanayotgan 5 ta sobiq ittifoqdosh respublika - Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Sanab o‘tilgan davlatlar
iqtisodiy-geografi k o‘rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham
Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo‘q, ya’ni beshtasining barchasi
ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi
dunyodagijami 44 ta bunday geografi k joylashuvga ega davlatlardan maydoni
bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o‘rta qismida joylashgan
O‘zbekiston Respublikasi geografi k o‘rnining o‘ziga xosligi esa, nafaqat o‘zi,
balki biror bir qo‘shni mamlakati ham dengizga tutash
emasligidir. Bunday geografi k xususiyat jahon mamlakatlari ichida,
respublikamizdan tashqari, faqatgina G‘arbiy Yevropadagi “mitti”
davlatlaridan biri – Lixtenshteyn knyazligiga xos, hududi kattaroq
davlatlardan esa hech qaysi birida geografi k joylashuvining bunday
jihati mavjud emas. Qozog‘iston bilan Turkmaniston Respublikalari
Kaspiy dengiziga tutash bo‘lib, bu holat ikkala davlatning iqtisodiy-
geografi k o‘rni, transport-geografi k imkoniyatlari va tabiiy-resurs
salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan farqli o‘laroq, transport-
geografi k sharoiti ancha murakkab bo‘lgan Tyanshan va Pomir baland
tog‘lari hududida joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston
Respublikalarining iqtisodiy- geografi k o‘rni, subregiondagi boshqa
davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha noqulay hisoblanadi.
2. «Galaktika» va «Geoxronologiya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Galaktika (yunoncha galaktikos-sutrang) – yulduzlar gravitatsiya kuchlari bilan
o‘zaro bog‘langan ulkan yulduzlar tizimi. Galaktikalar o‘lchami, yulduzlar soni,
shakli bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Shunga ko‘ra ularning ellipssimon,
spiralsimon va noto‘g‘ri turlari ajratiladi.
Geoxronologiya (geo... va xronologiya) (geologik yilnoma) — Yer poʻstidagi togʻ
jinslarining hosil boʻlish ketma-ketligi va yoshi haqidagi taʼlimot. Nisbiy va mutlaq
G.ga boʻlinadi. Nisbiy G. togʻ jinslarining Stensen qonuni deb atalmish ketma-ket
qatlamlanish prinsipiga asoslangan. Bu prinsipga koʻra ustida yotgan qatlam
(choʻkindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) pastidagidan yosh
boʻladi.
3. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Qirg‘izistonga chegaradosh bo‘lgan
respublikamizning viloyatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining maydoni eng
kichik? Bu viloyat markazining geografik koordinatalarini aniqlang.
23-BILET
1. Antropogen landshaftlar va ularning tasniflanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |