@ImtihonJavoblari2021Uz
kanali mahsuloti
33
3. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Turkmanistonga chegaradosh bo‘lgan
respublikamizning hududlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining maydoni eng
kichik?
Bu viloyat markazining geografik koordinatalarini aniqlang.
25-BILET
1. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularning turlari. Buyurtmaxona –
ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash
uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning
hududida ayrim tabiiy resurslar- dan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir
ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoli- yatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilib,
buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmaxonalar
doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmaxonalar ko‘pincha ovchilik xo‘ja-
liklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘pay- tirish
maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayot- gan turlarning
o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtmaxona yana ov
qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik,
ornitologik va boshqa xil buyurt- maxonalar tashkil qilinmoqda.
2. «Demografik portlash» va «Anklav davlat» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining
ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografi k portlash deb
ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqi-
yoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yax-
shilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rta-
cha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib
ketganligidir. Dastlab demografi k portlash XIX asrning boshi – XX
asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y
bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin
Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining
yuqori sur’at- lar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.
Malta O‘rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‘lsa,
subregionning qolgan davlatlari geografi k o‘rni nuqtayi nazaridan yarim
orol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan dav-
latlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati yo‘q.
San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar hisoblanadi, chunki ular faqat
bitta davlat, ya’ni Italiya bilan chegaradosh bo‘lib, butunligicha uning
hududi bilan o‘ralgan. Janubiy Yevropa mamlakatlaridan Ispa- niya va
Andorra boshqaruv shakli jihatidan konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan
davlati Yevropada yagona mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari –
Do'stlaringiz bilan baham: |