1.3-§. O`NLI KASRLAR
Amaliy masalalarni yechishda nisbatlar bilan ish ko`rilganda bo`laklash
soni aniq bir son bo`lishi va uning o`nga teng bo`lishi qulaylik tug`dirishi ma’lum
bo`lgan. Bu talablar uzunlikni o`lchashda yagona metrik sistemaning vujudga
kelishiga sabab bo`ldi.
Bu Fransiyada burjuaziya revolyutsiyasi natijasida kelib chiqdi. Yangi
o`lchov meyorlari quyidagilarga javob berishi kerak edi:
o`lchov meyorlarining asosida uzunlik o`lchovi turishi kerak;
uzunlik, yuza, hajm, sig`im, va og`irlik o`lchovlari orasida o`zaro bog`liklar
mavjud bo`lishi zarur;
asosiy o`lchov uzunlik “barcha zamonlar va barcha mamlakatlar uchun”
o`zgarmas bo`lish kerak;
o`lchov sistemasi asosida shunday sonni olish zarurki, bu sanoq
sistemasining asosiga mos kelsin.
Fransiyada uzunlik birligi sifatida Yer shari meridiani choragining o`n
milliondan biri olingan bo`lib uni metr deb qabul qilingan (grekcha “metron”
so`zidan olingan bo`lib “o`lchov” ma’nosini anglatadi). Fransuz olimlari Meshen
va Delamberlar tomonidan meridianga asoslangan uzunlik o`lchovi etaloni
platinadan tayyorlangan. 10 soni metrni bo`laklashda qabul qilingan. Shuning
uchun butun dunyo mamlakatlarida uzunlik bilan bog`liq ravishda o`nlik sanoq
sistemasi va o`nlik kasrlar joriy etilgan.
O`nlik
kasrlarni
matematikada
ishlatish
zarurligini
yevropaliklar
birinchilardan bo`lib joriy etishmagan. Balki ular bu sistemaning yanada keng
tarqalishiga sababchi bo`lishgan.
22
O`nlik sanoq sistemasining paydo bo`lishi va rivojlanishi Osiyoning bir
qancha davlatlarida o`lchovlarga oid ishlar bilan bog`liq bo`lgan. Eramizdan
avvalgi II asrlardayoq uzunliklarni o`lchash ishlarida o`nlik sanoq sistemasi
ishlatilgan.
Taxminan eramizning III asrlaridan boshlab massa va hajmni o`lchashda
o`nlik sanoq sistemasi ishlatilgan. Shu davrlardan o`nli kasrlar ma’lum
o`lchamlarni hisoblashda o`ziga xos belgilashlar bilan ishlatilgan.
Xitoyda X asrda massani hisoblashning quyidagi meyorlari mavjud bo`lgan:
1 lan = 10 siyan = 10
2
fen = 10
3
li = 10
4
xao = 10
5
sii = 10
6
xo.
Dastlab o`nli kasrlar metrik ehtiyoj va xarakterdan kelib chiqqan bo`lsa, aniq
konkret kasrlar, ya’ni o`ndan bir, yuzdan bir va hakazolar o`nli kasrlarning keyingi
rivojlanishi davomida shakllangan. Kasrning butun qismi uning kasr qismidan
maxsus iyeroglif “dyan” (nuqta) bilan ajratib ifodalangan. Qadimgi va o`rta
asrlarda Xitoy matematikasida o`nli kasrlar alohida mustaqil shaklda emas, balki
qaysidir bir o`lchamni ifodalashda ishlatilgan.
O`nli kasrlarni birmuncha to`liq va tizimli holda Mirzo Ulug`bek davrida
O`rta Osiyoda Samarqand akedemiyasida faoliyat ko`rsatgan olim G`iyosiddin Al-
Koshiy ishlarida namoyon bo`lgan. Bu yangiliklardan mustasno tarzda XVI
asrning 80-yillariga kelib Yevropada gollandiyalik matematik Simon Stiven
tomonidan o`nli kasrlar qayta kashf etildi.
XVII asrdan boshlab o`nli kasrlar fanda va amliyotda intensiv ravishda
qo`llanila boshlandi. Angliyada sonning butun va kasr qismlari nuqta bilan
ajratilgan holda ifodalangan. Nuqta o`rniga vergulni qo`yishni 1617 yilda
matematik olim Neper joriy etgan.
Fan va texnika, ishlab chiqarish va savdo sohalarining rivojlanishi o`nli
kasrlar yordamida yengil hal qilinadigan juda katta hisoblashlarni amalga
oshirishni talab etadi. XIX asrda o`lchov va og`irlik kabi metrik tizimlarga uzviy
bog`liq ravishda o`nli kasrlar keng qo`llanildi. Shuni ta'kidlash joizki, qishloq
xo`jaligida va ishlab chiqarishda o`nli kasrlar va ularning xususiy holi bo`lgan
protsentlar oddiy kasrlarga nisbatan birmuncha ilgariroq ishlatila boshlangan.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |