Nuqtali payvandlash
Nuqtali payvandlashda payvandlanadigan detallar, elektrodni ushlab turgichlarga mahkamlangan ikki elektrod orasiga joylashtiriladi (7.1-rasm). Ayrim nuqtalarda birlashadigan tayyorlamalar payvandlanishni nuqtali deb ataladi. Payvandlanadigan metall yassi qatlamlardan (listlardan) birini payvandlash mashinasining pastki qoʻzgʻalmas elektrodi ustiga, ikkinchisini uning ustiga qoʻyib, ustiga elektrodni tushirib qisilgach, tok zanjiri ulanadi (7.2.b-rasm). Katta tok kontakt nuqtasidan oʻtganda yuza qisib, oʻzaro suyuqlanadi. Unga yondashgan mintaqalar yuqori plastik holatga oʻtganda bosim beriladi. Bu yerda suyuqlangan oʻzak metall bosim ostida kristallanadi, soʻngra tok zanjiri uzilib, ma’lum vaqt bosim ostida saqlanadi. Keyin ustki elektrod koʻtarilib keyingi payvandlanish joyi elektrod ostiga surilib, jarayon takrorlanadi. Elektrodlar soniga qarab bir vaqtda bir va bir necha nuqtalar payvandlanishi mumkin. Payvandlash nuqtaning markazida harorat payvandlanuvchi metallning erish haroratidan birmuncha yuqoriroq (1500 0S), markazdan uzoqlashayotganda harorat pasayadi (issiqlik maydonining izotermalari – 1200, 900, 600, 3000 0S).
Siqqich mexanizmlar yordamida elektrodlar payvandlanadigan detallarga zich siqiladi. Siqilgandan soʻng elektrodlarga kuchlanish kiritiladi va ular orqali oʻtadigan tok payvandlanadigan joyni kerakli haroratgacha qizdiradi, yetarli darajada siqilganida bu yerda ajratib boʻlmaydigan birlik hosil boʻladi.
Payvandlash markazida harorat payvandlanadigan metal erish haroratidan ancha yuqori, uning diametri elektrodlar diametriga yaqinroq.
7.3 –rasm. Nuqtali payvandlash bajarilish davri:
1- elektrodlar bilan detallarni siqish (R); 2-elektrodlarni siqilgan holatda ushlab turish va tok impulsining oxirida bosimning koʻtarilishi; 3 –bosimni olish; 4-tokni ulash; 5 – tokni uzish
|
Bir nuqtani payvandlash uchun kerakli vaqt payvandlanadigan detallar qalinligi, materiallarning fizik xossalari, payvandlash moslamaning quvvati, detallarni siqish darajasiga bogʻliq va sekundning mingdan bir ulushidan (yupqa rangli metallar yassi qatlamlarni payvandlashda bir necha sekundlar chegarasida boʻladi (qalin poʻlat detallar).
Nuqtali payvandlash mashinalari tok keltirish usuli bilan farqlanadi. Bir nuqtali ikki tarafli (me’yor) payvandlash eng keng tarqalgan (7.4, b-rasm). Ustki va pastki elektrodlar ish yuzasiga ega, u payvandlash joyini qizitish uchun kerakli jamlangan tok zichligini ta’minlaydi. Zarur boʻlganda elekrodlar tufayldi ezilishlarni kamaytirish uchun payvandlangan buyumning bir tarafini “izsiz”payvandlash usullarning birortasini qollaydi (7.4, a,v-rasm). Bunga elektrodlarning birortasing ishchi yuzasini kattartirish bilan erishishiladi. Agar bir nuqtali payvandlash bilan bajarish imkoni boʻlmasa bilvosita tok kiritish nuqtali payvandlash qullaniladi. Bunday holatda, bir tomondan tok, elektrodni me’yorli kontakt yuzasidan, boshqa elektroddan esa katta yuzali elektrod bilan tok oʻzatiladi (7.4,b-rasm). Qalin buyumlarni payvandlashda bir tomonlama koʻp nuqtali payvandlash (7.4,d-rasm), yoki birorta elektodlar va detalning oraligʻiga yassi plastinalarni kiritish qollaniladi. Qizitishni jamlashni ta’minlash uchun ikkinchi elektrodni me’yorli ishchi yuzasini qizdirish bilan tashkil topadi.
Agar bir nuqtali payvandlashda payvandlash imkoni boʻlmasa nuqtali payvandlashning bilvosita tok kiritish usuli qoʻllaniladi. Joylarla mintaqali qoldiq ezilishlarni kamaytirish uchun 7.4,f-rasmda keltirilgan usul qoʻllaniladi. Qoʻshaloq transformatordan ikki tomonlama tok kiritishli bir vaqtda ikki nuqtani payvandlashda (7.4,e-rasm) katta qalikdagi buyumni payvandlash imkonini yaratadi.
7.4 – rasm. Nuqtali payvandlashning asosiy usullar sxemasi
Pedalli, elektrli yoki pnevmatikli siqish mexanizmga ega, hamda koʻchmas va koʻchma har tomonlama, koʻchmas koʻp nuqtali payvandlash mashinalarning tuzilishlari va relefli payvandlash bosimlilari bor.
Operatsiyalarning ketma-ketligi (detallarni elektrodlar bilan qisilishi, siqilgan metallar orqali tok oʻtkazish, tokni uzish, ustki elektrodni koʻtarish) qattiq saqlanishi kerak, unday boʻlmasa, detallarni payvandlash joyida erib etilmasligi yoki kuyib ketishi mumkin.
Ikkilamchi chulgʻamdagi payvandlash tok va kuchlanishni rostlash – birlamchi chulgʻamning oʻramlarini oʻzgartirishni, oʻzgartirgich yordami bilan bajariladi. Mashina avtomatik ravishda ishlaydigan payvandlash vaqtini rostlagich bilan ta’minlangan.
Qoʻpol buyumlarni nuqtali payvandlashda, hamda noqulay joylarda payvandlashda payvandlash omburlari va payvandlash pistoletlari qoʻllanadi.
Koʻp nuqtali payvandlash mashinalari ketma-ket bir necha nuqtalarni buyumni bir qoʻyishda payvandlaydi va nuqtali payvandlash jarayonining yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Koʻp nuqtali mashinalar ikki turda boʻladi: 1) payvandlanuvchi yassi qatlamlarga bir vaqtda faqat ikkita elektrod tushiriladi; 2) yassi qatlamlarga hamma elektrodlar baravar tushiriladi, tok esa ketma-ket har qaysi elektrodlar juftidan payvandlab oʻtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |