Kontaktli payvandlash turlari.
Uchma-uch payvandlashda detallar tegib turgan butunyuzasi boʻyicha payvandlanadi. Suyultirmay (qarshilik) va suyultirib bosim ostida payvandlashga ajraladi.
Suyultirmay (qarshilik) payvandlashda (7.2.a-rasm) payvandlanadigan detallar yuzani tok keltiruvchi I mahkamlanadi va F kuch bilan siqiladi. Ulardan tok oʻtayotganda tayyorlamalar uchma-uchda 3 erish darajagacha (0,8-0,9 Ter) haroratgacha qiziydi. Keyin keskin siqish kuchi olinadi. Suyultirmay payvandlash 5-10 kA tok zichligi va 10-15 kVA I sm2 ga tayyorlamalarning koʻndalang kesimiga nisbiy quvvatda oʻtadi. Bu payvandlash turi koʻndalang kesimi uncha katta boʻlmagan tayyorlamalarni (300 mm2 gacha) birlashtirish uchun qoʻllanadi.
b)
7.2-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinaning a-tuzilishi, va b-payvandlash berk zanjiri.1-tok manbasi; 2-oʻrnatish asosi; 3-tokuzatgichlar; 4-qoʻzgalmas plita; 5-naycha; 6,7-qisqich jihoz; 8-harakatlanuvchi pilita; 9-harakatga keltiruvchi yuritma; 10-yoʻnaltiruvchilar;
11-boshqarish apparatlari.
Suyultirib payvandlashda payvandlash yuzalari kir, moy, zangdan tozalanadi. Yuzalar deyarli moslanmay tayyorlamalar payvandlash mashinasi qisqichlariga qisilgach, zanjirga tok ulanib, yuzalar oʻzaro sekin yaqinlashtiriladi. Bu yerda kichik yuzalardan katta tok oʻtganda yuzalar tez qizib suyuqlanadi, ularga yondashgan yuzalar esa plastik holatga oʻtadi. Shu vaqtda ular bir-biriga bosim bilan siqiladi. Bu yerda yuzadagi oksid pardalar suyuq metall bilan birga tashqariga siqib chiqarilib, toza yuzalar atomlari oʻzaro bogʻlanib payvandlanadi. Bu usuldan kontakt yuzalari tozalanmasligi va katta yuzalarning (100000 mm2 gacha) uchma-uch payvandlanishi sababli koʻproq foydalaniladi.
Suyultirib payvandlashning afzalliklari: choki mustahkamroq, payvandlash qurilmaning quvvati kichikroq boʻlishi, har xil metallarni payvanlash imkoniyati mavjudligi. Kamchiligi: metallning ozroq qismini yoʻqotilishi.
Uchma-uch payvandlash mashinalar quyidagicha tavsiflanadi: payvandlash usuli (suyultirmay va suyultirib), vazifasi (universal va maxsus) va oʻrnatish usuli boʻyicha (qoʻzgʻalmas va koʻchma). Quvvat qisish moslamalari va uzatish mexanizmi bilan ham ajratiladi (prujinali, richagli, vintli, pnevmatikli, gidravlikli yoki elektrmexanikli yuritma bilan).
Uchma-uch payvandlash uchun har xil vazifali mashinalar 0,75 dan 750 kVA gacha chiqariladi: oʻzaklar, quvurlar, temirbeton armatura, relslar va h.k.ni birlashtirish uchun qoʻllanadi. 4, 5 va 6 kA me’yorli toklarga mashinalar chiqariladi, hamda MSO turli bir xil koʻrinishli qilingan mashinalar seriyasi chiqariladi (1,6,15,16); temir yoʻlda relslarni kontaktli payvandlash uchun maxsus mashinalar chiqariladi. Hamma mashinalarning yuritmasi – gidravlikli.
Do'stlaringiz bilan baham: |