II. Tajriba qurilmasi tavsifi
TSB-901 tipidagi payvandlash transformatori quyidagi texnik parametrlariga ega:
tarmoq normal kuchlanishi, V 220
tarmoq chastotasi, Gs 50
salt ishlash toki (maksimum), A, 1
salt ishlash kuchlanishi (nominal
tarmoq kuchlanishida (maksimum), V 42
nominal payvandlash toki, A 90
tarmoqdan iste’mol qilinadigan
nominal tok, A 16
nominal yuklamada iste’mol
qilinadigan quvvat, kVa 3,5
massa, kg 30
oʻrtacha xizmat muddati, yil 5
Transformatorning avariya rejimidagi ishlash prinsipi ketma-ket ulangan LS kontura xossasiga asoslangan boʻlib, bu holda oʻzgaruvchan tok boʻyicha natijaviy qarshilik uni tashkil qiluvchi qismlarning qarshiligidan kichik boʻladi. Shuning hisobiga kontur elementlarida, xususan birlamchi chulgʻamda yuklama boʻlganda tarmoq kuchlanishidan katta boʻlgan kuchlanish paydo boʻladi. Bu holat salt ishlash kuchlanishi 42 voltdan oshmagan holda payvandlash yoyini paydo boʻlishi va barqaror yonishini ta’minlaydi.
Transformatorning prinsipial elektr sxemasi 6.2-rasmda koʻrsatilgan.
Payvandlash transformatori sterjen tipli shpilkasiz magnit oʻzak, birlamchi va ikkilamchi chulgʻamlardan iborat. Birlamchi chulgʻamda payvandlash tokini pogʻonali rostlash uchun klemmalar mavjud. Ikkilamchi chulgʻamda esa payvandlash ishlarini amalga oshirishda payvandlash tokini olish uchun klemmalar bor.
TI transformatorning birlamchi chulgʻami C1 kondensator bilan birgalikda ketma-ket kontur hosil qiladi. Bu konturning xususiy chastotasi ta’minlash manbasi chastotasiga yaqin. Payvandlash tokining zarur boʻlgan qiymatiga qarab C1 kondensator S2 kommutator yordamida birlamchi chulgʻamning kerakli klemmasiga ulanadi.
Payvandlashning boshlangʻich momentida (yoy yonishi) relening (K) kontaktlari ochiladi, yoy uzilganda esa (payvandlash tugashi) kontaktlar yopiladi.
Radio xalaqitlardan himoya uchun C2, C3, C4 kondensatorlari oʻrnatilgan. Transformatorni tarmoq ulanishini indikator koʻrsatadi.
Eksperimental grafiklarni olish uchun payvandlash qurilmasini kerakli rejimga kommutator qoʻyish zarur, ya’ni 0 holatda salt ishlash rejimida tok A1 ampermetr, kuchlanish V1 voltmetr va quvvat Wh vattmetr yordamida oʻlchanadi. Payvandlash transformator ikkilamchi zanjir uchun yuklama boʻlib aktiv qarshilik hisoblanadi. Bu qarshilik xrom simlaridan spiral koʻrinishida tayyorlanib, choʻyan elementlariga terilgan boʻladi.
PV I6 paketli oʻchirgich yordamida seksiyalarni shuntlash orqali qarshilik kattaligi keng diapazonda oʻzgartiriladi.
Ikkilamchi tok va kuchlanish qiymati A2 ampermetr va V2 voltmetr orqali aniqlaymiz.
III. Topshiriq
1. TSB-901 UZ payvandlash transformatorini konstruksiyasi bilan tanishish.
2. Tajriba qurilmasi sxemasini chizish
3. Tajriba stendida sxemani yigʻish
4. Tajribadan olingan ma’lumotlarni yozib olish:
salt ishlash rejimida U1, I1, R1.
ishchi rejimida PVI PV6 paketli uchirgich barcha pogonalarida
U1, U2, I1, I2, R1
Do'stlaringiz bilan baham: |