Rodoxrozit – Mn(CO3) – yunoncha «rodon» – atirgul. Tarkibida – MnO – 61,7 %, CO2 – 38,3 %. Izomorf aralashma sifatida Fe, Mg, Zn, Co ishtirok etadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi. Odatda mayda donador, zich massa holda bo‘ladi. Rangi pushti (malina rangiga o‘xshash) bo‘lib, donador mayin tuproqsimon massalarga o‘xshaydi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi – 3,5–4,5; solishtirma og‘irligi – 3,6; ancha mo‘rt mineral. Marganetsning kam uchraydigan gidrotermal temir yoki metasomatik konlarida rodoxrozit, sulfid va marganets oksidlari bilan bir assotsiatsiyada braunit, gausmanit, baritlar bilan birga bo‘ladi. Rodoxrozit yirik massalar holida dengiz cho‘kindi konlarida ko‘proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |