boshlanishi kerak va shundan so‘nggina uni o‘tkazish uchun takliflar va dasturlar
ishlab chiqiladi.
5.
Ijtimoiy konsepsiyada maqsadli falsafa, mafkura, bank strategiyasi va
siyosati umuminsoniy fazilatlarga qaratiladi. Ayrim hollarda bu konsepsiyani
“insonga qaratilgan” yoki “aql-idrokni iste’mol konsepsiyasi” deb ham atashadi.
Bu konsepsiya asosan banklar uchun kelajakda umumjamiyat manfaatlariga xizmat
qilishga yordam beradi.
Keyingi bosqich bu belgilangan xizmatlarning marketing rejasini
tayyorlashdan iborat. Rejaga barcha kerak bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi, ya’ni
xizmatning tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari, bozorning ahvoli, raqobatchilari,
marketing sohasida bankning maqsadlari va xizmatlarning sotilishi hamda
vositalari yordamida ushbu strategik vazifalar bajariladi.
Marketing bank sohasida kredit resurslar bozorini o‘rganishga, mijozlarning
moliyaviy ahvolini tahlil qilishga va prognozlashtirishga, shu bilan bir qatorda
banklarga omonatlarni jalb qilishga qaratilgan. Marketing yangi mijozlarni jalb
qilish uchun yordam beruvchi shart-sharoitlar yaratishga, bank xizmat turlarini
kengaytirishga, e’tibor qozongan mijozlarning mablag‘larini banklarga qo‘yishga
mo‘ljallangan.
Banklarda ko‘proq integrallashgan marketing qo‘llanilmoqda, buning asosiy
maqsadi faqatgina mijozlarni jalb qilish emas, balki doimiy ravishda xizmat
ko‘rsatish sifatini yaxshilashdir. Bu marketingning komleks rivojlanishini taqozo
qiladi. Bankning maqsadi birinchidan, mijozlarni pul mablag‘larni joylashtiruvchi
omonatchilar sifatida jalb qilish, ikkinchidan, bankning kredit mablag‘larini yuqori
foyda bilan keltiradigan va o‘z muddatlarida kaytarishga qodir korxonalarga
berish.
Oxir-oqibat bank marketingi bitta maqsadga: daromadlardan maqsadga
muvofiq va xo‘jaliklarda vaqtincha bo‘shab qolayotgan pul mablag‘laridan
foydalanish uchun qaratilgan.
Marketing jarayoni mijozlarni o‘rganishdan va ularning ehtiyojlarini
aniqlashdan boshlanadi, xizmatlardan foydalanilgan va ulardan anik ehtiyojlari
qondirilgandan so‘ng tugaydi. YAngi turdagi bank xizmatlarini joriy qilish
jarayoni ushbu xizmatlarni taklif qilish usulidan, bank xizmatchilari va ularning
joylarini tayyorlashdan boshlanadi. Masalan, mijoz bankka kirib kelishida o‘zining
harakatini asosan chapdan o‘ngga qarab yurishdan boshlaydi. Demak, yangi xizmat
turlarini taklif qilishda ularni chap tomonga joylashtirilsa, unda mijoz ularga
ko‘proq e’tiborini jalb qiladi va bu xizmatlardan foydalanish ehtimoli oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: