avtomatlashtirilganligi keng muxbirlik aloqalariga ega bo‘lgan tarmoqlarning
mavjudligi, hamda aniq vaqt tartibida bank hisobvaraqlarini boshqarish imkonini
mavjudligi hisoblanadi.
Tijorat xizmatlarining namunaviy portfeli vakillik munosabatlar, risklarni
boshqarish, mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat ko‘rsatish sohalarida
vakil banklar hisobidagi mablag‘lar qoldig‘i tufayli universal banklarni bank
xizmatlari bozorida yuqori mavqeni egallashlariga va daromadini oshirishga imkon
berishi aniqlandi. Banklarning vakillik munosabatlar sohasidagi xizmatlarning
taxminiy majmui quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
xorijiy hamkorlar bilan hisob–kitoblarni vakillik hisobvaraqlar va TMBlar
filiallari orqali amalga oshirish;
-
mijoz hisob-raqamlarida mablag‘larni investitsiyalash jarayonida pul
bozorining qiska muddatli instrumentlari yordamida xizmat ko‘rsatish;
-
mijozlar hujjatli majburiyatlari yoki bitimlar bo‘yicha kontragentlar
to‘lovlari qabul qilishda risklarni tahlil qilish.
Mijoz risklarini boshqarish bo‘yicha bank xizmatlarini bank faoliyatining
alohida turi sifatida ajratuvchi xorijiy banklar tajribasi ilmiy-amaliy qiziqish
uyg‘otadi. Bunda risk tushunchasi deganda mijozning bitimni amalga oshirishiga
turli omillar ta’siri, uning moliyaviy, iqtisodiy holati tufayli kontragent o‘zining
to‘lovlar, kreditlar va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi
tushuniladi. Ushbu holatda bank xizmati ishtirokchilarining o‘z majburiyatlarini
bajara olish salohiyatini tahlil qilish va ma’lum bir to‘lov evaziga mijoz riskining
bir qismini o‘z zimmasiga olish imkonini baholashdan iborat bo‘ladi.
Risklarni baholash – foyda olish va bitimni oxiriga etkazish uchun korporativ
mijozlarga ma’qul shart-sharoitlarni yaratish kabi taklif qilinayotgan bank
xizmatlarining turliligidir
2
. Banklarning korporativ mijozlarga risklarni boshqarish
sohasida ko‘rsatuvchi xizmatlari kontragentlar tomonidan moliyaviy, valyuta,
to‘lov va shartnoma majburiyatlarini bajarmasliklarini oldini olish imkoniyatlarini
tahlil qilish nuqtai nazaridan bo‘lishi mumkin. Ular bizning nazarimizda
quyidagilardan iborat:
-
mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili, alohida mamlakatlar,
mintaqalar, tijorat banklari, moliya institutlari uchun kredit, valyuta va siyosiy
risklar limitini belgilash va boshqarish;
-
turli mamlakatlar banklari va moliyaviy institutlari bilan hamkorlik qilish
bo‘yicha mijozlarga konsalting xizmatini ko‘rsatish;
-
bank tomonidan mijozlarning tashqi iqtisodiy bitimlariga oid valyuta,
kredit, to‘lov, siyosiy va boshqa risklarni trattalarini akseptlash yoki avol,
akkreditivlarni tasdiqlash va kafolatlar berish yo‘li bilan sug‘urtalash.
Do'stlaringiz bilan baham: