3. Bank xizmatlarining miqdoriy va sifat tavsifi.
Mustaqilligimizning birinchi yillaridayoq bank tizimini erkinlashtirishga katta
e’tibor berildi. Rivojlangan mamlakatlar kabi bizning davlatimizda ham bank
bajaradigan xizmatlar takomillashib bormoqda. Tijorat banklarining xizmatlari ular
uchun ma’lum miqdorda daromad olib keladi. Keyingi yillarda bank
xizmatlarining turlari va miqdori o‘sib, bu soha bank faoliyatining sezilarli
yo‘nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga aylanib bormoqda.
O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, bank
daromadida asosiy o‘rinni har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o‘sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda
tijorat banklarining ishonch (trast) operatsiyalari hajmi oshib bormoqda. Bankning
bu xizmatlari bank bilan mijoz o‘rtasida ishonchlilik munosabatlarining o‘rnatilishi
bilan bog‘liqdir. Tijorat banklarining trast bo‘limlari mijozlar topshirig‘i bo‘yicha
uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog‘liq va boshqa xizmatlarini bajaradi.
Ishonchlilik bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan operatsiyalarga mulkni ishonch asosida
boshqarish kiradi. Bunday mulk egasi mulkni o‘zi ishongan shaxsga beradi. Bu
shaxs o‘z navbatida mulkni mulk egasining manfaati asosida ishlatiladi.
Tijorat banklarining xizmatlari tobora kengayib, sifati yaxshilanib bormoqda,
yangi istiqbolli mijozlarni jalb qilish uchunraqobatlashmokdalar. Banklar
tomonidan keng ko‘lamli xizmatlarning ko‘rsatilishi, bankning mijoz uchun
ishlashi bugungi kunning talabidir. SHunday ekan mijozlar manfaati ko‘zlangan
hamda bank uchun daromad keltiradigan dasturlar, tadbirlar uyushtirish, har bir
moliyaviy xizmatning tub mohiyatini, foydali va zararli tomonlarini mijozlarga
tushuntirib berish bilan shug‘ullanuvchi bank bo‘limlari faoliyatini joriy etish
kabilar maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Moliyaviy xizmatlarni keng doirada olib
borish banklap uchun daromad manbaini kengaytiradi va ularni zamonaviy bank
darajasiga olib chiqadi.
Tijorat banklarini xizmatlari miqdoriy tavsifi xizmatlar soni, ularning ko‘lami
va doirasi bilan belgilansa, bank xizmatlarining sifat tavsifi xizmatlar sifati,
tezkorligi va aniq-adresli amalga oshirilishi, bu xizmatlardan mijozlarning
qanoatlanish darajasi bilan ifodalanadi. Tijorat banklari xizmatlari miqdoriy va
sifat tavsifi hamda uning samaradorligi ular tomonidan baholash sohasidagi olib
borilayotgan siyosat bilan uzviy bog‘liqdir. Turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan
bog‘liq harakatlarini shu jumladan, ushbu xizmatlar uchun asoslangan baholarni
aniqlash yordamida tijorat banklari uchun bozorning o‘zgaruvchankonyunkturasiga
moslashish imkoni tug‘iladi. Bank xizmatlari baholarini boshqarish zamonaviy
sharoitda tijorat banklarining kundalik faoliyatida birinchi darajali ahamiyat kasb
etmoqda. SHu bilan birga bank xizmatlarini baholashning mavjud mexanizmini
tadqiq etishni, bank xizmatlari bahosining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni
aniqlash muhimligi kelib chiqadi.
Bank xizmatlari bahosini shakllanishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchi navbatda u O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlanishi va bank
kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy bank tizimi jahon bank amaliyoti
an’analariga mos ravishda shakllantirilgan. U mamlakat iqtisodiyoti faoliyatida
muhim o‘rin egallaydi. CHunki uning vositasida pul kapitalining tarmoqlararo
taqsimoti amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil bank tizimi
XX asrning 80-yillari oxiri 90-yillar boshida shakllantirildi. Ushbu jarayonning
ajralib turuvchi ahamiyatli tomoni shundaki, u banklar paydo bo‘lishi bilan birga
turli xil asosga egaligidir. Banklarning bir qismi ixtisoslashgan davlat banklari
asosida, yana bir qismi yangitdan shakllandi. O‘zbekistonda banklar kapitalining
shakllanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Jumladan, bank kapitali shakllanishiga
ustuvor ahamiyat berilayotgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida O‘zbekiston
Respublikasida bank kapitalining boshlang‘ich jamg‘arilish jarayonida byudjet
mablag‘lari, markazlashtirilgan ssudalar, davlat kafolatlari, hukumat dasturlari
orqali moliyalashtirsh kabi arzon resurslar manba bo‘lib xizmat qilgan. Lekin bu
manbalardan faqat cheklangan doiradagi banklar foydalanish huquqiga ega
bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasida bank kapitalining markazlashuvi ziddiyatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. SHu sababli tijorat banklari faoliyatining davlat
tomonidan nazorat qilish kuchaytirilishi talab qilinadi. SHuni ta’kidlab o‘tish
kerakki, bugungi kundagi tijorat banklarining bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan
bog‘liq davlatning investitsion siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etishlari
asosiy masalalardan biri bo‘lib qoladi. SHuni yana bir ta’kidlab o‘tmoqchimizki,
banklararo raqobat sharoitida eng asosiy e’tiborga moliya masalalardan biri bank
xizmatlari bahosini to‘g‘ri tanlashdan iboratdir. Bu borada manfaatlar
mushtarakligi muhim hisoblanadi. Ko‘rsatiladigan bank xizmatidan tomonlar teng
manfaatdor bo‘lmog‘i lozim. Ushbu xizmatdan nafaqat bank, balki xizmatni qabul
qiluvchi tomon ham manfaatdor bo‘lmog‘i lozim. SHunday ekan, bank xizmatlari
bahosini, unna ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Amalga oshirilgan bitimlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy bahosi
banklarning tijorat siri hisoblanib keng ommaga oshkor qilinmaydi. Bank asosiy
xizmatlari baholari tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi. Bugungi kunda
asosiy bank xizmatlari bahosi optimal darajada deb bo‘lmaydi.
Bunga sabab:
-
bank aniq bir maqsadli strategiyani ushlab turadi;
-
bank o‘z xarajatlari haqida etarlicha ma’lumotga ega emas va bozorda
shakllangan narxlarga qarab narxlarni belgilaydilar;
-
bank alohida mijozlar bilan qiziqishi;
-
tijorat bankidagi menejmentning past darajasi;
-
taklif qilinayotgan kredit foizlari haqiqatdagi foiz stavkalariga mos
kelmasligi;
-
turli ichki va tashqi sabablar tufayli taklif qilingan kreditning
qaytarmaslik riskini yuqori darajasining mavjudligi, berilgan kreditlar ta’minoti
hajmi va turining har xilligining mavjudligi.
Odatda kreditlashtirish jarayonida baholarning shakllanishi, kreditlar
so‘mlarda berilganda, Markaziy Bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga,
xorijiy valyuta berilganida - LIBOR stavkasini hisobga oladilar. SHubhasiz
kreditlarni berilishi ta’minotning ma’lum bir turining bo‘lishini taqozo etadi.
Ko‘chmas mulk, naqd xorijiy valyuta, qimmatli qog‘ozlar, bank va sug‘urta
kompaniyalarning kafolati kabilar eng ommalashgan ta’minotlardandir.
Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining holatiga va joriy tarkibiga
bog‘liq holda ularning boshqaruvchilari asosiy yoki bir nechta muqobil baho
strategiyalarini tanlaydilar. Bu ularga aniq maqsadlariga erishishlariga yordam
beradi. Bunda tijorat banklarining turli omillarga, bank xizmatlari bozori
kon’yukturasiga va tijorat bankining moliyaviy holatiga qarab turli maqsadlari
bo‘lishi mumkin.
Bank faoliyatini daromadlilik nuqtai nazaridan tahlil qilish kredit va foiz
siyosatini shakllantirish, kam daromadli operatsiyalarni aniqlab, tijorat
banklarining sezilarli daromadlar olish imkonini beruvchi takliflarni ishlab chiqish
asoslarini yaratadi. Ushbu masalalarni echishda faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy
tahlilini o‘tkazmasdan, shu jumladan, bank moliyaviy resurslari harakatini
boshqarish mexanizmi, kapitaldan foydalanishning samarali va ratsional sistemasi
sifatidagi moliyaviy menejmenti kabilar chuqur ahamiyat kasb etadi. Bunday
boshqaruvning yakuniy maqsadi eng yuqori daromad olishdir.
Tijorat banklari faoliyatida sifat tavsifi menejment va unga ta’sir kiluvchi
omillar tahliliga bog‘liq.
Banklarning umumiy daromadi (Fu) quyidagilardan tarkib topgan:
1.
Ssudalar bo‘yicha foiz daromadlarini oshirish hisobiga olinadigan
operatsion faoliyat daromadi (F1=D1-X1);
2.
Valyuta va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan olingan
daromad (F2=D2-X2);
3.
Nobank faoliyati daromadi (F3=D3-X3) – bu daromad va funksional
faoliyatni ta’minlovchi xarajatlar, shuningdek, tannarxga tegishli bo‘lgan
xarajatlar, soliq va to‘lovlar orasidagi farq.
Bu uslub daromad olish manbasini barqarorligiga daromad qiymatini
shakllanishining bog‘liqligini aniqlashga imkon beradi. Odatda, operatsion
faoliyatdan olinadigan daromad (F1) umumiy daromadning (Fu)= barqarorroq
qismi hisoblanadi va uni hisobga nobank faoliyati xarajatlarini daromadlardan olib
tashlanishi hisobiga ko‘rilgan zarar qoplanadi. Biroq biznes sohasidagi bankrotlik
darajasini yuqoriligi, korxonalarning to‘lov qobiliyatining pastligi kredit riski
darajasini oshiradi va banklar risk darajasi yanada yuqori bo‘lgan barqaror
bo‘lmagan daromad manbasini qidirishlariga to‘g‘ri keladi.
Amaliyotda bahoni shakllantirish usullari orasida keng tarqalganidan biri,
raqobatni inobatga olgan holda aniqlanadigan usulidir. Bahoning xarajatlar asosida
aniqlanish usuli asosan yirik tijorat banklari tomonidan qo‘llaniladi, lekin, bu
usuldan tijorat bankining operatsiya turlari bo‘yicha chiqimlari va xarajatlari aniq
bo‘lgandagina foydalanish mumkin. Hozirgi paytda, ko‘p tijorat banklari
ko‘rsatayotgan xizmatlari bahosini ushbu jarayonga alohida e’tibor bermagan
holda oddiy yo‘llar bilan aniqlashmoqda.
SHunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida bank xizmatlari spektori xilma-
xil, ko‘lami kengdir. Banklararo raqobat kurashi sharoitida bank xizmatlarini
tanlash avvalambor mijoz uchun uning sifati, to‘liqligi va tezkorligi hamda
bahosiga bog‘liq bo‘lsa, bank uchun asosiy e’tibor xizmat turlarining
jozibadorligiga erishish, har bir xizmat turining samaradorligi va pirovard natijada
oladigan daromadini oshirish maqsadida mijozlarni jalb etishdan iboratdir. Har bir
xizmat turining samaradorligi o‘z navbatida bozor konyukturasi, ushbu xizmat
turiniga bo‘lgan talab hamda uning sifatiga to‘liq bog‘liq ekanligi davr talabi bo‘lib
qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |