Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna


- hujjatlardan nusxalar olish



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

 
- hujjatlardan nusxalar olish;
 
-  zarur  hollarda,  belgilangan  tartibda  (kelgusida  saqlanishi  gumon  bo‘lgan) 
hujjatlarning asl nusxalarini olib qo‘yish;
 
-  alohida  bank  operatsiyalari  va  hujjatlari  tekshirilayotganda  rasmiy 
so‘rovnoma  orqali  bank  mijozlaridan  zarur  ma’lumotlar,  tasdiqnomalar  va 
hujjatlarni talab qilib olish huquq va vakolatlariga ega bo‘lishi kerak.
 
Bundan  tashqari,  tekshirish  jarayonida  aniqlangan  xato  va  kamchiliklar 
bo‘yicha filiallarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi to‘g‘risida Bank kengashiga 
takliflar kiritib borishi lozim. 
Ichki  nazorat  tizimining  o‘z  vakolatlari  doirasida  muvaffaqiyatli  faoliyat 
yuritishini  ichki  nazorat  xizmati  xodimlarining  oliy  ma’lumotga,  professional 
malaka  va  ko‘nikmaga  ega  ekanligi,  ichki  nazorat  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarning 
samarali bajarilishi uchun etarlicha shtat birligi bilan ta’minlangani, uning faoliyati 
ichki  nazorat  xizmati  to‘g‘risidagi  nizomga  asoslangani  va  bevosita  bank 
kengashiga  bo‘ysundirilgani,  banklarda  nazorat  madaniyati  va  muhiti 
shakllantirilgani,  ya’ni  oddiy  xodimlardan  tortib  to  rahbarlargacha  ichki  nazorat 
tizimining maqsadini tushunishi bilan izohlash mumkin.   
Ichki nazorat tizimi xodimlari: 
-  tekshirilayotgan  filial  yoki  boshqarma  rahbarlari  va  vakolatli  xodimlardan 
tekshirishlarni  o‘tkazish  uchun  zarur  hujjatlarni  talab  qilib  olish,  jumladan,  filial 
yoki  boshqarma  boshlig‘ining  buyruq  va  farmoyishlari,  buxgalteriya,  hisob  va 
hisobot,  pul-to‘lov  hamda  kompyuter  ta’minotiga  daxldor  hujjatlarni  so‘rab  olish 
va ular bilan bevosita tanishish; 
-  bank  xodimlari  amalga  oshiradigan  xatti-harakatlar  va  operatsiyalar 
qonunchilikka,  Markaziy  bank  talablari  va  bank  ichki  hujjatlariga  mos  kelishini 
aniqlash, qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosini, oldi-sotdi bitimlari va boshqa 
protseduralar  (ya’ni,  operatsiyalarni  amalga  oshirishda  yuzaga  kelishi  mumkin 
bo‘lgan xato va chalkashliklarni aniqlash va tuzatishga yo‘naltirilgan usullar)ning 
bank  siyosatiga  mos  ravishda  o‘tkazilayotgani,  bank  faoliyatining  risklari  va 
moliyaviy ahvoli tahlili natijalarini aniqlash; 
- ichki nazoratga yuklangan vazifalarni bajarish uchun o‘rni kelganda boshqa 
bo‘linmalar xodimlarini jalb etish; 
- tekshirilayotgan filial yoki boshqarma boshlig‘i yoki vakili bilan birgalikda 
hujjatlar,  naqd  pul  va  boshqa  qimmatliklar,  ma’lumotlarni  kompyuterda  qayta 
ishlash va saqlash xonalariga kirish;  


-  bank  ijrochi  rahbarlari  ruxsati  bilan  o‘zlari  mustaqil  yoki  tekshirilayotgan 
filial  yoki  boshqarma  xodimi  yordamida  hujjatlardan,  fayllardan  nusxa  ko‘chirib 
olish kabi huquqlarga egadirlar. 
Ayni  paytda  ularning  zimmasiga  nihoyatda  mas’uliyatli  vazifalar  ham 
yuklatilgan. Bular: 
-  bank  faoliyatidagi  risklar  va  operatsion  risklarni, bankning  joriy  moliyaviy 
ahvolini doimiy monitoring qilib boradilar; 
-  bank  filiallari  va  boshqarmalari  faoliyati  qonunchilik,  me’yoriy  yo‘l-
yo‘riqlar  va  ichki  hujjatlarga  mos  kelishini  muntazam  ravishda  tekshiruvdan 
o‘tkazib boradilar; 
-  bank  xodimlarining  qarorlar  qabul  qilishda  o‘rnatilgan  protseduralar, 
vazifalari va vakolatlari doirasida harakat qilishini doimiy nazorat qilib boradilar;  
-  mustaqil  yoki  boshqa  idoralar  va  bank  rahbarlari  bilan  birgalikda  bank 
xodimlarining  qonunchilik,  me’yoriy  va  ichki  hujjatlarga  rioya  qilinmagani  fakti 
bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazadilar; 
-  aniqlangan  kamchiliklarni  tuzatish  bo‘yicha  yo‘l-yo‘riq  va  tavsiyalar 
beradilar hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadilar; 
-  o‘tkazilgan  har  bir  tekshirishni  to‘liq  hujjatlashtiradilar  va  tekshirish 
natijalari  bo‘yicha  o‘rganilgan  barcha  masalalar  -  aniqlangan  kamchiliklar  va 
chalkashliklar, ularni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, kamchiliklarga yo‘l 
qo‘ygan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qo‘llash masalalari aks 
etgan xulosalarni rasmiylashtiradilar; 
-  bank  rahbarlari  va  tegishli  filial  yoki  boshqarma  boshliqlariga  aniqlangan 
kamchiliklarni  tuzatish  choralarini  ko‘rish  uchun,  shuningdek,  bank  ayrim 
xodimlarining faoliyatini tahlil qilib borish maqsadida tekshirish natijalari bo‘yicha 
xulosa taqdim etadilar; 
-  paydo  bo‘lgan  barcha  risklar  haqida,  bank  xodimlarining  qonunchilik, 
me’yoriy hujjatlar va ichki farmoyishlarga zid xatti-harakati xususida, shuningdek, 
tekshirilayotgan  bank  filiali  yoki  boshqarmasi  rahbarlarining  yo‘l  qo‘yilgan 
kamchiliklarni tuzatish maqsadida belgilagan tadbirlari va ularning natijalari bilan 
bank rahbariyatini zudlik bilan xabardor etib boradilar. 
Mamlakatimiz  etakchi  tijorat  banklarining  ichki  nazorat  xizmati  faoliyati 
tahlili ko‘rsatishicha, ichki nazorat xizmati shunchaki tuzilganini emas, balki bank 
faoliyatidagi  risklarga  muqobil  bo‘lgan  samarali  ichki  nazorat  tizimi 
shakllantirilishiga e’tibor berilayotganidan guvohlik beradi. Natijada ichki nazorat 
tizimi  bankning  kundalik  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish  bo‘yicha 
boshqaruv  mexanizmiga  aylangan.  Eng  muhimi,  banklarda  rahbarlarning  e’tibori 
barcha  bo‘g‘indagi  xodimlar    professional  axloqiy-huquqiy  me’yorlarga  rioya 
etishi lozim bo‘lgan nazorat muhiti yaratilishiga qaratilgan. 
 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish