va bankning xizmatlari va mahsulotlariga bo‘lgan talabni baholaydi. Marketing
tadqiqotlari bozorni tadqiq qilishdan boshlanadi va dastlab bozor segmentatsiyasi
amalga oshiriladi. Bu orqali aniq bir xizmatga yoki boshqa xususiyatlari jihatidan,
bank xizmatlariga bo‘lgan talab o‘rganiladi.
Bank xizmatlari bozorini quyidagi mezonlar asosida segmentatsiya qilish
mumkin:
aniq bir bank xizmati bo‘yicha (depozit, kredit, trast, lizing va boshqalar);
mijoz toifalari bo‘yicha (jismoniy yoki yuridik shaxslar);
mijozlarni oboroti bo‘yicha;
hududiy jihatdan;
Bank marketingi yo‘nalishlari:
yangi turdagi bank xizmatlarini joriy qilish;
bank xizmatlari bozori holati va
sotuv hajmi;
bankning tijorat faoliyati;
banklarning javobgarligi;
bankning raqobatdagi ustunlik jihatlari;
Reklama.
O‘zgarib boruvchi bozor sharoitida faoliyat yurituvchi har bir korxona, firma
yoki bank faoliyatida xizmatlarni sotish muxim boskich bulib xisoblanadi. Bozor
sharoitida tijorat banklarining asosiy faoliyati bir maksadga jamlangan bulib,
mijozlarni jalb kilish, xizmat soxalarini kengaytirish, bozorni egallash, natijada -
olinadigan foydani kupaytirishga yunaltriladi. Ushbu maksadga erishishda banklar
marketing tamoyillaridan foydalanishi muxim axamiyat kasb etadi. Boshlangich
davrda banklar marketinggi talabni urganishdan kelib chikib, mijozlarni
ragbatlantirish va jalb etish vositasi sifatida karadilar, keyinchalik esa tijorat
banklarini boshkarishning asosi sifatidagi marketing konsepsiyasi ishlab chikildi.
qeyingi yillarda moliyaviy bozorda rakobatning kuchayganligi, mijozlar va banklar
urtasidagi munosabatlarning yaxshilanganligi natijasida marketing faoliyatining
mazmuni va maksadi tubdan uzgardi. Bozor iktisodi, boshka muxim xujalik
soxalari bilan bir katorda, iste’molchiga yunaltirilgan bank tizimini tashkil etishni
kuzda tutadi. Aytish joyizki, Uzbekistonda bank infrastrukturasi mavjud va bank
xizmatlari bozorida rakobatchilik muxiti yuzaga kelgan, shu bilan bir katorda
mijozlarning banklarga bulgan extiyojlari xam oshib bormokda.
Banklar xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviakompaniyadan keyin ikkinchi bo‘lib
marketing sohasiga murojaat qilishdi va avvaliga marketingning ayrim
elementlaridan, so‘ngra marketing konsepsiyasidan va strategik rejalashtirish
tamoyillaridan foydalana boshladilar.
Ushbu jarayon quyidagi omillar asosida amalga oshirildi:
- banklarning xorijiy bozorlarga kirib borishi va ularni mahalliy banklar bilan
raqobatlashishi;
- barcha davlatlarda ko‘plab yangi moliya muassasalarning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi, ularning banklar bilan raqobatdor bo‘lishi;
- banklar ko‘rsatayotgan xizmat doirasining kengayishi va pul mablag‘larini
o‘zlashtirish sohasida bankka aloqador bo‘lmagan usullarning rivojlanishi
(masalan, obligatsiyalar chiqarish);
- zamonaviy texnikalar bazasida axborot texnologiyalari va aloqa
vositalarining rivojlanishi natijasida moliya-kredit institutlari faoliyatining milliy
xamda mintaqaviy tarzda
rivojlanishi;
- banklar va barcha moliya institutlari o‘rtasida mablag‘larni jalb qilish hamda
kredit xizmatlarini taklif qilishda raqobatning rivojlanishi.
Bank xizmat ko‘rsatish bozorida narxlar raqobatining cheklanishi davlat
tomonidan tartibga solinish bilan bog‘liqligi hamda foizlarning chegaralanganligi,
bank mahsulotlarining sifati bo‘yicha muammolarni boshqarishni va xizmatlarni
bozorda o‘tkazishni oldinga surmoqda.
Bank boshqaruvi asosan o‘z oldiga aniq maqsadni va bozorlarni, masalan
bozor to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, raqobatchilar, bank
mahsulotlari va xizmatlari, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va shunga o‘xshash
ma’lumotlarni o‘rganishni vazifa qilib qo‘yadi. Marketingga doir yuzaga kelgan
masalalarni chuqurroq ishlab chiqish, bank faoliyati darajasiga, umumiy
rivojlanish strategiyasiga va marketing bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning
malakasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Umuman marketing, bank faoliyatiga
juda muhim vazifalarni hal qilishda kerak bo‘ladi, ya’ni nizom kapitali o‘sishini
rejalashtirishda, faoliyat ko‘rsatish joylarini kengaytirishda (filiallar va bo‘limlar
ochish).
Do'stlaringiz bilan baham: