Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna


 Bank marketingining mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

1. Bank marketingining mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
Bank  rahbariyatining  bosh  maqsadi  ko‘proq  mijozlar  jalb  qilish  orqali 
o‘zining xizmat  turlarini kengaytirish, bozorni  egallash  hamda  olayotgan  foydani 
ko‘paytirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun bank marketingini  usullaridan 
foydalaniladi.  Oxirgi  yillarda  marketing  faoliyatining  maqsadi  va    mazmuni 
moliyaviy  bozordagi  kuchli  raqobat  ta’sirida  banklar  va  mijozlar  o‘rtasidagi 
munosabatlar o‘zgarayotgan sharoitda aniq tarzda o‘zgardi. 
Avvaliga,  banklar  marketingini  bank  xizmatlariga  bo‘lgan  talabni  o‘rganish, 
mijozlarni jalb qilish va rag‘batlantirish maksadida o‘rganishgan xolos. Banklarda 
marketing  konsepsiyasi  o‘tgan  asrning  80-yillaridagina  tashkil  topib,  u  tijorat 
banklarini  boshqarish  uchun    asosiy  mezon  sifatida  yuzaga  keldi.  Marketing 
strategiyasi, birinchi navbatda bankning o‘z maxsulotiga emas, balki mijozlarning 
aniq  ehtiyojlariga  qaratilishi  zarurligini  taqozo  qiladi.  SHuning  uchun  marketing 
bank xizmatlarini, mijozlarning manfaatlarini moliya bozorida to‘liq o‘rganish va 
ehtiyojlarining o‘zgarish tahlilini olib borishni nazarda tutadi.  
Bank  marketingi  rivojlanib  borishi  bilan  ko‘plab  iqtisodchilar  tomonidan 
ushbu  mavzuda  kitoblar  va  maqolalar  chop  etila  boshlandi.  Bank  marketingining 
mohiyati, uning  rivojlanish bosqichlari, asosiy  vazifalari va uning boshqa  nazariy 
tushunchalari ko‘plab kitoblarda keltirilib o‘tilgan. 
Jumladan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  banklarda  marketing 
tamoyillaridan  foydalanish  borasida  Rossiya  iqtisodchilari  tomonidan  bir  qator 
kitoblar nashr etilgan. Quyida bank marketingi to‘g‘risida fikr yuritgan mualliflar 
va ularning asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tamiz. 
Ma’lumki,  marketing  so‘zi  inglizcha  “market”  so‘zidan  olingan  va  o‘zbek 
tilida  bozor  ma’nosini  anglatadi.  Demak,  bank  marketingi  –  bu  banklarning  o‘z 
xizmatlari  va  mahsulotlarini  realizatsiya  qilish,  xizmatlar  va  mahsulotlar 
bozoridagi  strategiya  va  siyosatini  amalga  oshirish  borasidagi  faoliyatidir.  Tijorat 
banklarida  marketing  faoliyatini  alohida  tashkil  qilinadigan  bo‘limlar 
shug‘ullanadi.  
E.A.Utkin  tomonidan  yozilgan  “Bankovskiy  marketing”  kitobida  keltirilgan 
ma’lumotlar,  ya’ni  bank  marketingiga  berilgan  ta’riflar,  uning  tamoyil  va 
maqsadlarini  boshqa  mualliflar  tomonidan  yozilgan  kitoblarda  ham  ko‘rish 
mumkin.  Ushbu  kitobda  bank  marketingining  nazariy  asoslari  yaxshi  yoritilib 
berilgan.  Bozor iktisodiyotiga o‘tish davrida banklarda marketingdan foydalanish, 


unga  ta’sir  etuvchi  tashqi  va  ichki  omillar,  ularning  tahlillari  va  shu  tahlillarga 
ko‘ra  bankning  bir  qator  qarorlar  qabul  qilish,  bank  faoliyatini  rejalashtirish 
jarayoni, strategik va marketing rejalalari haqida ham tushunchalar berilgan. 
I.T.Balabanovning  “Banki  i  bankovskoe  delo”  nomli  kitobida  bank 
marketingiga  qisqacha  to‘xtab  o‘tilgan  bo‘lib,  unda  bank  marketingining  nazariy 
tushunchalariga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari marketing tadqiqotlari o‘z 
ichiga oluvchi faoliyatlar haqida ham tushunchalar berilgan.  
V.E.CHerkasov  va  L.A.Plotitsinalar  muallifligi  ostida  nashr  etilgan 
“Bankovskie  operatsii:  marketing,  analiz,  raschetы”  kitobida  bank  xizmatlari 
bozori va  uning tahlili  to‘g‘risida tushunchalar berilgan.  Xizmatlar bozorida aniq 
banklarga  tegishli  ulushlarni  aniqlash  va  ularni  tahlil  etish  yo‘nalishlari 
ko‘rsatilgan.  
O.I.Lavrushin  muallifligi  ostida  nashr  etilgan  “Upravlenie  deyatelnostyu 
kommercheskogo  banka”  kitobida  bank  marketingi  to‘g‘risida  fikrlar  yuritilgan. 
Lekin  uning  asosiy  yunalishi  faqatgina  bankning  ichki  omillari  bo‘lib  qolgan. 
YA’ni bank xizmatlari, bank tashkiliy tuzilmasi yoki xodimlar strategiyasi kabilar. 
Bank marketingi esa juda ko‘p faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. 
SHu  tarzda  mijozlarning  ehtiyojlari  ma’lum  bir  mahsulotga  bo‘lgan  talabni 
qondirishga  va  sotib  olishga  bo‘lgan  xohishiga  qarab  o‘lchanadi.  SHunday  qilib, 
bank  marketingini  yuqori  daromadli  bank  xizmatlari  bozorini  izlash  va 
foydalanish,    mijozlarning  aniq  ehtiyojlarini  hisobga  olib  amalga  oshirish  uchun 
mo‘ljallangan faoliyat deb, ta’kidlashimiz mumkin. 
Bank  marketingining  ajralmas  qismi  bu  uning  maqsadi  bilan  ifodalanadi. 
Bank marketingining maqsadi uyidagi jadvalda keltirilgan: 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish