Oilaning iqtisodiy funktsiyasi nimadan iborat?
Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodiy, budjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejamli ro’zgor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishiga bog’liq. SHuningdek, oilada o’sayotgan farzand xam mana shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan xolda o’g’il-qizga iqtisodiy masalalarni xal etishni o’rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro’zgorda yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda farzandlar bilim saviyasining pasayishiga xam olib kelmoqda. Bunday noxush xolatlarning oldini olish maqsadida moddiy kiyinchiliklar tufayli xosil bo’ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam ko’rsatish lozim.
Oila o’zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasidayok uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorini tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida etishtirish uchun (uni bokish, kiyintirish, o’qitish, moddiy ta’minlash va sh.k ) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag’ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo’lsak, o’rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so’mni tashkil qiladi.
Tasavvur qilishga osonroq bo’lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga etkazish uchun oila davlatga kamida bitta “Neksiya” avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni xar tomonlama kamol topgan ma’naviy-ahloqiy etuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni shakllantirishning ma’naviy-ahloqiy qimmatini esa xech qanday iqtisodiy mezon bilan ulchab bo’lmaydi.
Bu oilani iqtisodiy funktsiyasini atiga birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko’rsatish xolos. Oilda xo’jalik yumushlarini yuritish, ro’zgorning yulga kuyilishi, oilada moddiy ne’matlar ishlab chikarish, fermer xujaligi, shaxsiy ishlab chikarish qabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funktsiyasi va ahamiyatini tobora ortiraveradi.
Oilaning reprodiktiv funktsiyasi nimadan iborat?
Oilaning muhim bo’lgan funktsiyalardan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga ketirish) funktsiyasidir. Bu funktsiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom etirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan xolda, ularning salomatligining saqlab turishidan xam iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand ko’rishga, ularni o’stirishga va tarbiyalashga bo’lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarini qondirmasdan turib, kishi odatda o’zini bahtiyor his qila olmaydi. SHuningdek, er-xotnda farzand tug’ilishi bilan bog’liq xolda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda-onalik, erkakda- otalik xissi paydo bo’ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlovchi asosiy omil xamdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funktsiyasi va uning bajarilishi deyilganda axoli soning qayta tiklashi uchun xar bir oilada nechtadan farzand bo’lishi lozimligi nazarda tutiladi.
Stastistik ma’lumotlarga ko’ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo’ladigan bo’lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo’q bo’lib ketishi mumkin ekan.Xar bir oilada ikkitadan farzandning bo’lishi ham aholi sonini saqlab tutishni ta’minlay olmaydi. Demograflarning ta’kidlashlaricha, oila o’zining reproduktiv funktsiyasini bajarish uchun xar bir oilaga urtacha 2,6 ta farzand to’g’ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funktsiyalarni bajarib qolmasdan, balki jamiyat xam oilalarga funktsiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat xam oilalarga funktsiyalarni muvaffaqiyatli uddalashlari uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berish lozim. Bu o’rinda xukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va xuquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu qabilardan iborat
Oilaning tarbiyaviy funktsiyasi deyilganda nima nazarda tutiladi ?
Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Ota-ona- san’atkor, bola- san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va halqimiz azaldan e’zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz (bola tarbiyasda ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’, mahallaning xam ta’siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oila tarbiyaviy funktsiyasining susayishi va targ’ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, norqamaniya, turli diniy oqimlar ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo’liga kirish) paydo bo’lishi tashvishlanarli xollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash xozirgi zamon oilasining muhim funktsiyasi darajasiga kiradi. CHunki shaxsning ijtimoilashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g’oyaviy dunyoqarash, ahloqiy me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalkimizda “qush uyasida ko’rganini qiladi”, deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan iijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni o’zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Oilaning kommunikativ funktsiyasi nimadan iborat?
Oilaning kommunikativ funktsiyasi oila a’zolarning o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, “ustanovka”lar, hissiy madaniyat, odamning ahloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi –oiladagi o’zaro, ichki muloqot xarakteri, xonadondagi yoshi kattalarning o’zaro munosabatlarida psixologik “ustanovka”larni namoyon qilishlari oiladagi ahloqiy-psixologik iqlimga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining xozirgi bosqichida fan-texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining urbanizatsiyalashuvining (radio, televidinie, video, kompyutr va boshqalar). Ortib borish, oilalarining tobora nuklerlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funktsiyasining ahamiyati, oila a’zolarining bir-birlari bilan “odamlarcha” suhbatlashib olishining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu urinda o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyati: ko’p avlodlilik, ko’p farzandlilik kabilar bunday oilalar a’zolari o’rtasida o’zaro muloqotni to’laroq amalga oshishiga asos bo’ladi, ularning o’zaro muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Biroq so’nggi yillarda ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar o’rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e’tiborining pasayishi, oila a’zolari o’rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa, qishloq oilalarida), xolatlari xam mavjud. Xatto oiladagi o’zaro munosabatlarining yomonlashuvi natijasida oila a’zolarni ayrimlarida stress(asabiy taranglik),suitsid (o’z joniga qasd qilish) kabi noxush xolatlarning kelib chiqishi xam kuzatilmoqda. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun, eng avvalo, oila a’zolari o’rtasida oshkora, yaqin o’zaro tushunarli, ishonchli muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bulsa bu borada yoshlarga tegishli bilimlarni berish aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish, treninglar tashkil etish, “Ishonch telefonlari”, “Qalb markazlari” kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.
Oilaning rekreativ funktsiyasi nimadan iborat?
Nikoh- oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lib kelgan xususiyatlardan biri uni o’z a’zolarining munosabat talablaridan biri uni o’z a’zolarining ahloqiy- psixologik ximoyalanishni ta’minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy yordam ko’rsatish qabilardan iborat bo’lib kelgan.
Bu xolat o’z navbatida oilaning asosiy funktsiyalaridan birini, uning rekreativ funktsiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funktsiyasi – o’zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarning dam olishini tashkil etish demakdir.Bu funktsiya keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmokda. Oila a’zolari salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarning dam olishini tashkil etish, oila a’zolarning bevosita mexnat, ukish va boshqa ijtimoiy faoliyatlardan xoli xolda, ya’ni bush vaqtlarni birgalikda utkazishlarini qanday tashkil kilishlari, unda bularning o’zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillardan hisoblanadi.Bush vaqt jamiyatining nixoyatda muhim ijtimoiy kadriyatlaridan birdir. Bu kadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bush vaqtni muntazam ravishda qanday utkazishga karab xar bir odamning etuklik darajasiga, ma’naviy dunyosiga baxo berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuklarimizdan biri shuki-dam olish va soglomlashtirish ishlariga davlat mikyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin kupchilik turli sabablar bilan (ularning o’zlari ko’proq moddiy sababni ko’rsatishda) madaniy dam olishga e’tibor bermay kuyganligini xam aytib o’tish lozim. Xozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizim va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormokda. SHuni xam ta’kidlab o’tish joizki xozirgi vaqtda oilaning rekreativ funktsiyasini kup xollarda davlat va ijtimoiy tashkilotlar o’z zimmasiga olmokda. Jamiyat a’zolarining xafsizligini ta’minlash, kariyalarga bepul tibbiy yordam ko’rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bulsa-da, kariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o’z sogliklarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriyalarning ochilishi qabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning o’z a’zolarining ahloqiy-psixologik ximoyanganligini ta’minlashdagi roli toboro ortib bormokda. CHunki inson faqat o’z oilasidagina va faqat o’z yaqinlari kurshovidagina o’zini tom ma’noda xotirjam,erkin xis kila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning urnini xech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.
Oilaning felitsitologik funktsiyasi nima?
Xozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funktsiyalardan biri uning felitsitologik funktsiyasidir(italyancha “felitsite”-baxt degani). SHaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida kup jihatdan xal kiluvchi omil bo’lib bormokda. Baxt nima o’zi? Xozirgi zamon oilasi o’z a’zolarining baxtini ta’minlash qanday rol uynaydi? Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila kuriga undaydi. Inson o’ziga ato etilgan baxtning turtdan uch kismini oiladan, choraktaga etar-etmas kismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini tulik tushunish-ularning o’zlarini baxtli xis kilishlarini ta’minlaydi. SHuningdek, o’zidagi mavjud tibbiy-ijodiy imkoniyatlar (iktidor)ni ruyobga chikarish, jamiyat va oila doirasida sarflash xam insongao’zini baxtli xis etish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi xam ortib bormokda. Lekin ba’zan nopok yullar bilan pul topish orqali baxtli bulishga intilish yoki o’zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy xolatlar xam uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarning (ayniksa: er-xotinning)shaxsiy baxtga o’z maylicha intilishi oilalarda noxush xolatlar (xiyonat kabi)ni xam keltirib chikarishi mumkin. SHuning uchun xar bir shaxs o’zida ko’proq vijdonlik, poklik, xalollik kabi ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berilish lozim.
Oilaning regulyativ funktsiyasi nimaga xizmat qiladi?
Oilaning regulyativ funktsiyasi oila a’zolari urtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obruni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat kilish va ularni moddiy xamda ma’naviy tomonidan kullab-kuvatlash nazarda tutiladi. Utgan zamonlarda oilaning boshqarish funktsiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab xam kuyilgan. Unga kura, oilada kim xonadon boshligi bulishiga, uning obrusi va ustunligi kayd etilgan va oilaning shua’zosi (asosan ota) butun umri davomida o’z farzandlari va oila a’zolari xatti-xarakati, xulki uchun javobgar bo’lgan. Unda ota-onasiga buysunmaganlarni jazolash xollari xam nazarda tutilgan.
Xozirgi zamon egalitar oilalarda esa oilaning boshqaruv funktsiyasi asosan ahloqiy me’yorlar, oila a’zolarning shaxsiy obrusi va birinchi navbatda, ota-onalarning bolalarga nisbatan bo’lgan munosabatlardagi obrusi qabilar yordamida amalga oshiriladi. SHungakura, ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik kilish oila a’zolarning qizikish va imkoniyatlarini hisobga olgan xolda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda(er-xotinning aloxida-aloxida) etakchilikka intilish natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning xar tomonlama e’tibordan chetda kolishi, natijasida jinoyatchilik kuchasiga kirib ketishi qabilar kuzatiliadi. Ba’zi oilalarda ayol ustunligining mavjudligi o’g’il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning kupayib borishiga olib kelishi mumkin.
SHu bilan birga oilaning boshqaruv funktsmyasioila a’zolarining xulki, masuliyati, majburiyati qabilarni xam boshqarishni, nazorat kilishni o’z ichiga oladi. Odam oila kurgandan sung, albatta, uning ijtimoiy mavkei o’zgaradi. Endi u “uylanmagan yigit”,”turmushga chikmagan qiz” emas, balki “oilali” odamdir. SHunga kura u o’zining xatti-xarakatlari, xulkini xam oilali odamga xos tarzda kaytadan kurib chikadi. Oila kurish tufayli uning ma’suliyati ortadi. Erning va xotining xulki xam endi o’ziga xos tarzda boshqariladi.
Oilaning relakatsiya funktsiyasi nima?
Xozirgi zamon oilasining eng asosiy funktsiyalaridan yana biri relaksatsiya funktsiyalaridir. Bu degani oila a’zolarning jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy jismoniy kuvvatini, mexnat kobiliyatini yana gayta tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining xozirgi bosqichida, ishlab chikarish munosabatlarining jadallashuvi, xalk xujaligining turli jabxalarida yangi texnologiyalarining joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruxiyatiga oldingilarga karaganda ko’proq jismoniy, ruhiy zurikishlar bermokda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chikarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatni safarbar kilib, butun vujudi bilan ishlashni va o’zining kasb-xunar maxoratini muntazam oshirib borishni takazo qiladi. Ishlab chikarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda tolikib, o’zining mexnat kobiliyatini yukotishga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida kutarinkilik, kuchli zurikish bilan ishlagan xodim ishdan sung o’z uuda, oila a’zolari kurshovida boshqa tashvishlarni unutib, unga ko’rsatilgan mexr-okibatdan baxramand bo’lgan xolda, ular bilan bo’ladigan o’zaro mulokat, ular tomonidan bo’ladigan emotsional kullab-kuvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy kuvat olib, ertangikun mexnat faoliyatiga o’zini kayta tiklab olishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik-totuvlik, bir-birini tushunish, o’zaro xurmat, mexr-okibat, ijobiy psixologik iklim xukm surmogi lozim. Aks xolda inson bu oilada emotsional jihatdan, ruhiy jihatdan o’zining kayta tiklab ola olmaydi. Bu esa okibatda odamning mexnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jaroxatlarga yul kuyishiga, turli kasalliklarga duchor bulishiga olib kelishi mumkin. YUkoridagi funktsiyalarning muvaffakiyatli bajarilishi xar qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. SHuni xam nazarda tutish kerakki, oila-jamiyatning bir bulagi, uning asosiy yacheykasidir.
SHuning uchun oilaning o’z funktsiyalarini muvaffakiyatli bajarishi nafaqat uning ichki xolatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy soglomligiga xam ta’sir etadi. SHunday ekan, jamiyatni soglomlashtirish uchun, eng avvalo, oilaviy munosabatlarni yulga kuyish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarni xam xal kilishiga xissa kushishini ta’minlash lozim.
2-mavzu. Oilaviy hayot psixologiyasi: nazariy qarashlar
(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar)
1. Oila psixologiyasi fan sifatida.
2. Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida tutgan o`rni.
3. Oilaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni.
4. Tarixiy faktlar va oilaga zamonaviy yondashuv.
5. Zamonaviy oila- ijtimoiy institut sifatida.
6. Oila psixologiyasining tadqiqot metodlari.
7. Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy- metodologik asoslari.
8. Oilaning ijtimoiy funksiyalari.
9. Oilaning turlari va toifalari.
Oila psixologiyasi fan sifatida.
Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog’i sifatida XX asrning oxirlariga kelib shakllangan. XXI asrga kelib esa uning inson hayotidagi ahamiyati va jamiyat ma’naviyatini barqarorlashtirishdagi roli yanada sezila boshladi. Zero, dunyoning qator mamlakatlari, jumladan, rivojlangan davlatlarda ham oila va nikoh munosabatlaridagi bo’hron, psixoterapevtlar yordamiga muhtojlik kabi holatlar ushbu maskanning muammolarini o’rganish va shu yo’nalishda maqsadli tadqiqotlar, ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirish lozimligini uqtirmoqda.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi va ushbu masalaga qarashlar tarixidan shu narsa ayon bo’ldiki, inson, uning kim bilan va qanday yashashi muammosiga qiziqish qanchalik uzoq o’tmishga borib taqalsa, oila psixologiyasining fan tarmog’i sifatida shakllanishi shunchalik navqiron va yosh bo’lib, uning shakllanishi yangi davrga to’g’ri keladi.
Oila psixologiyasi fan sifatida oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh-urug’chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo’lishini o’rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy tarmog’i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning – mehribonlik, g’amxo’rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo’ysunish, etakchilik kabi o’ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsiomtiva va o’zaro ta’sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh urug’lar o’rtasidagi hissiy-emotsional bog’liqlikni, oilaviy ro’zg’or yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog’liq bo’lgan psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o’rganadi. Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o’zaro qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila – ro’zg’or yuritishlari, bahamjihatlikda hayot kechirishlarini o’rganuvchi fan tarmog’idir. Har bir oila konkret davr, vaqt, zamon va makonda mavjud bo’lganligi sababli, u avlodlararo bog’liqlik, ma’naviy meros, milliy an’analar, urf-odatlar va rasm-rusmlarni saqlovchi noyob inosniy uyushmadir. SHu institut bo’lgani sababli, har bir millat, elat va xalqlarning noyob udumlari asrlar osha saqlanib kelmoqda. Umuman, nikoh deb atalmish qadriyatning mavjudligi va unga avlodlarning e’tiqod qilishi ham oilaning muhim vazifasidir.
Oilaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni.
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o’sib borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga etkazilib turilishidan manfaatdor bo’lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o’rganib, ilk asarlaridan birida agar shunday muloqot bo’lmaganida, taraqqiyotning o’zi ham mutloq bo’lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo’lagi bo’lmish oilaning roli kattadir.
Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug’ilish orqali aholining ma’lum miqdorda muttasil o’sib borishi, odamlar o’rtasida migratsiya, ya’ni u erdan bu erga ko’chib turish yoki o’lim okibatida kamayib boradigan miqdorini to’ldirish vazifasini bajaradi. CHunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham, odamlar ham manfaatdordir.
Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o’lmas merosi, avloddan avlodga o’tib boradigan an’analari bo’ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy o’sish, ma’naviy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik, kulolchilik, ilmiy meroslar, agrar sohada va h-zo).
Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o’rtasida o’ziga xos “bufer” – ko’prik rolini o’ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan-avlodga etkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat o’choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o’zgarishlar tez-tez ro’y bergani sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo’lolmaydi. SHuning uchun davlat oilaning mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o’zi, balki ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O’zbekistonda yosh oilalarga ko’rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug’ilishi va katta bo’lishi uchun suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o’z burchini bajarmagan taqdirda moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanktsiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan bo’lsa, odamlar o’rtasida ro’y beradigan ko’plab munosabatlar orasida faqat oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan, sevgi-muhabbat, do’st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi.
Demak, oilaning jamiyat oldidagi vazifalari deganda, uning avvalo oila a’zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va jamiyatning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan, ota ishlab chikarish korxonasida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan, bu bilan u nafaqat o’zining eb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan ehtiyojini qondiradi, balki oila a’zolarini, birinchi navbatda farzandlari, uy bekasi bo’lsa, turmush o’rtog’ining ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki bu korxonadagi rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko’rsatkichlarning yuqori bo’lishiga, shu orqali o’z Vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo’shadi.
Tarixiy faktlar va oilaga zamonaviy yondashuv.
Tarixan oila va nikoh masalalarining qanday bo’lganligi, ushbu qadriyatlarga olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bo’lganligi o’ta muhim va amaliy ahamiyatli hisoblangan.
Guruhiy nikohdan juftlik nikohigacha
|
Oilaviy munosabatlar tizimining rivojlanishi nikohga kiruvchilar sonining kamayishi va nikoq
|
uchun sherik tanlash tartiblarining qat’iy belgilanishi yo’nalishida ro’y bergan. Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug’-qabila bo’lib, u bir ayol urug’idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o’zida birlashtirgan. SHu tariqa urug’ – mohiyatan matriarxal oila bo’lib, onaning zotidan tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug’ shaklining saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi “matreshka” o’yinchog’i bo’lib, u bizga ona avlodlarining o’zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi.
Gruppaviy yoki guruhiy oila – bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o’z qavmidan bo’lgan erkakka yoki tamoman boshqa – begona urug’ning vakili bo’lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bo’lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug’iga bog’langan, otalikni belgilash holatlari inobatga olinmagan. S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ham ko’pgina xalqlarda saqlanib kelgan.
Juftlik oila – alohida, bir-biriga unchalik yaqin bo’lmagan yoki mutloq begona ikki kishi o’rtasidagi nikohni nazarda tutgan bo’lib, ular o’rtasidagi munosabatlar har doim ham mustahkam bo’lmagan va tomonlarning xohish-irodasiga ko’ra u istalgan vaqtda barbod bo’lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bo’lgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan.
Patriarxal oila – bir erkak kishining bir yoki bir nechta ayol o’rtasidagi nikohiga asoslangan bo’lib, bunda erkakning huquqlari xotinnikidan ko’proq bo’lgan, nikohning bu shakli ayni xususiy mulkchilik rivojlangan davrlarda keng tarqalgan. Bunday oilada, tabiiy, erkak huquqlari ustivor bo’lib, uning har qanday oila masalalarini echish va qarorlar qabul qilishdagi mavqei yuqori hisoblangan. SHu sababli avlodlarning kelib chiqishi, urug’ning tarqalishi kabi masalalar erkakning avlodlari shajarasidan boshlangan, mulkka egalik va unga vorislik ham erkaklar tabaqasi orqali yuritilgan.
Monogam oila – bir erkak va bir ayol juftligi o’rtasidagi nikoh munosabatlarini nazarda tutadi. Ularning er-xotinlik munosabatlari ham umrbod hisoblangan (qadimgi grek so’zlaridan olingan: “monos” – bir, yagona, tanho; “gamos” – nikoh ma’nosini bildiradi). Oilaning bunday shakli taxminan uch ming yillar avval paydo bo’lgan. O’z mohiyatiga ko’ra bu – patriarxal oilaning bir ko’rinishi hisoblanib, yaqin yillardan buyon oilaning bu shakli ayollar va ayollarning teng huquqliligi, bolalar tarbiyasidagi muayyan erkinlik, ona va bolaning oila hayotidagi nufuzi ortishi shaklida rivojlanib kelmoqda.
Lekin biz oila va nikoh tushunchalarining allomalar va taniqli olimlar izlanishlarida qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz.
Ana shunday nikoh tarixiga qiziqqan olimlardan biri qadimgi grek faylasufi Platon bo’lgan. Uning fikricha, barcha zamon va makonlarda patriarxal oila ijtimoiy munosabatlarning, jamiyat hayotining asosi bo’ladi, davlat esa ana shu kabi oilalarning birlashuvidan paydo bo’lgan.1 Lekin Platonning o’zi o’z qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay olmadi. “Ideal davlat”2 deb nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash uchun ayollar, bolalar birlashmalari va sarmoyalarning umumiyligiga erishish lozim, degan fikrni ilgari surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi olimi Geradot o’zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar birlashmalari bir qator qabilalar uchun o’ziga xos xususiyat ekanligini ta’kidlagan edi3. Bu kabi ma’lumotlar antik davrga xos bo’lgan qator manbalarda o’z ifodasini topgan.
Aristotel Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini rivojlantirib, ustozining patriarxal, ya’ni, erkak kishi etakchi bo’lgan oila modelini yoqlab fikr bildirgan. Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”, “turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi.4 Platon va Aristotellarning shu kabi nuqtai nazarlari anchagina davrgacha hukmron bo’ldi va oila jamiyatning bo’lagi sifatida, o’ziga xos bo’linmas patriarxal institut sifatida idrok etildi. Frantsuz ma’rifatparvari Jan-Jak Russo o’z davrida “Oila – eng qadimiy va asli tabiiy bo’lgan jamiyat bo’lagidir. Oila – kerak bo’lsa, jamiyat siyosiy qiyofasini belgilovchi obraz, bunda etakchi, rahbar – go’yoki ota misoli, xalq esa – farzandlar kabidir”5 deb yozgan edi. Bu aslida insoniyat tarixida uzoq vaqtgacha ustivor bo’lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern” – ota, otalik, etakchilik ma’nosini bildiradi).
SHunday qilib, antik davrning faylasuflari ham, ulardan keyingi o’rta asr, hattoki, yangi davrga kelib ham ko’plab tadqiqotchilar va allomalar oila institutiga alohida ahamiyat berib, o’z asarlarida ijtimoiy munosabatlarning tabiati va namoyon bo’lishini aynan oilaviy munosabatlarning xarakteridan qidirish lozimligi fikrini yoqlab keldilar. SHu kabi fikrni nemis faylasuflari Kant va Gegelning mutloq g’oyaga aloqador asarlarida ham ko’rish mumkin. Ular avvalo “oila” va “nikoh” tushunchalari o’rtasida bevosita aloqa mavjudligini ta’kidlaydilar. SHu bois bo’lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko’pincha sinonimlarday o’zrao bog’liqlikda ishlatiladi. SHunday bo’lsada, oilashunoslar bu ikki tushunchaning o’rtasida nafaqat farq borligini, balki ular aslida tarixan turli davrlarda paydo bo’lganligini ham isbot qila oldilar.
Masalan, rus olimi A.G. Xarchevning kitoblarida bu ikki tushunchani farqlovchi jihatlar aniq belgilangan. Xususan, uning talqinida “nikoh – erkak va ayol o’rtasidagi tarixan o’zgaruvchan o’zaro munosabatlarni bildirib, shu orqali jamiyat ularning jinsiy hayotlarini tartibga soladi, o’zaro er-xotinlik munosabatlarini hamda farzandlari bilan shakllanadigan munosabatlarni, bu boradagi huquq va majburiyatlarni belgilaydi, yo’naltiradi”6. Oila esa nikohga nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u nafaqat er va xotinlarning o’zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug’lar, ikkalalari uchun yaqin bo’lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi.
Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv shveytsariyalik olim I.Baxoven (1815-1887) ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan tashqari, amerikalik tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga nisbatan evolyutsion qarashlar bayon etilgan bo’lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu asarlarda oila institutining bevosita jamiyat tarqqiyoti bilan bog’liqligi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog’liq ekanligi g’oyasi o’z isbotini topgan. Bu o’zgarishlar tarix mobaynida turli jins vakillari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liq tarzda kechishi ham ta’kidlangan.
SHunday qilib, iilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan o’rganish an’analari tarixi XIX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Ayni shu davrdan boshlab jahonning turli burchaklaridagi taniqli sotsiologlar va antropologlar (L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy, P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini o’zlarining aniq tadqiqot mavzulari sifatida o’rgana boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |