Kafedrasi



Download 1,43 Mb.
bet14/15
Sana07.09.2017
Hajmi1,43 Mb.
#19083
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Estetik tarbiya - o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini idrok etish, to’gri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uygotish va hayotiga go’zallik olib kirish kobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy kismi.

YAkuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o’quv materiallari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.

O’z-o’zini baholash - mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o’z shaxsiga baho berishga yo’naltirilgan faoliyat usuli.

O’z-o’zini tarbiyalash metodlari - o’quvchilarning o’zini o’zi idora qilishlari, turli o’quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavkelarini oshirish maqsadida ko’llaniluvchi usullar.

O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish - o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga karatilgan faoliyat usuli.

O’z-o’zini kayta tarbiyalash – shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo’kotish, ularni bartaraf etishga karatilgan ichki faoliyati jarayoni.

O’zlashtirish –ta’lim jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofik shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.

O’rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil kilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.

O’qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs.

Oqish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o’rganish jarayoni; o’quvchilar tomonidan o’quv faoliyati usullarini egallab olishga yo’naltirilgan faoliyat.

O’quv dasturi – muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaktning mavzularni o’rganilishi bo’yicha taksimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.

O’quv rejasi – ta’lim muassasida o’kitiladigan o’quv fanlarining tartibi, ularning o’quv yili bo’yicha taksimlanishi, har bir o’quv faniga ajratiladigan haftalik va yillik o’quv soatlari, shuningdek, o’quv yili tuzilishini belgilovchi me’yoriy hujjat.

O’quv fani – ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofik ularga muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manba.

O’quvchilar jamoasi – ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o’quvchilar birlashmasi, guruhi.

O’quvchilarning o’z-o’zini boshkarishi - o’quvchilarning jamoa faoliyatini uyushtirish va boshkarishdagi faol ishtiroklari.

O’quv qo’llanmasi – 1) ma’lum o’quv fanlari bo’yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o’qituvchi yoki o’quvchilar uchun mo’ljallangan manba; 2) muayyan fan bo’yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o’quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi ko’shimcha o’quv materiallari.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favkulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.

Hikoya – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va vokealarning yaxlit yoki kismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, kiska va izchil bayon kilinishi.

Hisobga olish – ta’limning muayyan davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.

Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.

Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tikodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.

Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni karor toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.

Huquqiy ta’lim - o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, konunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’grisidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.

Huquqiy faoliyat - huquqiy me’yorlar, konunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga kat’iy va ogishmay amal qilish, konunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.


TARQATMA MATERIALLAR












FOYDALI MASLAHATLAR:

  1. O`qituvchi o`quv jarayonida qo`llashi kerak bo`lgan holatlar:

  1. o`qituvchi va tinglovchi o`rtasidagi munosabatlarning o`zgarishi (hamkorlik pedagogi-psixologiksi);

  2. faqat “quloq solish” emas, balki “ishtirok etish yo`li orqali o`qitish;

  3. faqat natijaga emas, balki jarayonga ham qarash;

  4. o`qitishning zamonaviy yo`llari va usullarining keng “repertuariga” ega bo`lish;

  5. empatiya va refleksiyani qo`llash;

  6. tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini qo`llash;

  7. shaxsga yo`naltirilgan, gumanistik pedagogi-psixologikni o`zlashtirish va unga amal qilish;

  8. tinglovchilarni o`qishga undash va faollashtirishning zamonaviy usullarini qo`llash;

  9. aniq mashg`ulot o`tkazish jarayonida, jumladan yaratish va izlanish-ijodiy darajalarida o`qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullarini qo`llashning xilma-xilligi;

  10. o`qitish natijalarini baholashning zamonaviy tizimini qo`llashni namoyish qilish.

2. Pedagogning zamonaviy metodik salohiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  • u faqat boshqalarni o`qitish bilan cheklanmasdan, o`zining mustaqil ta’limi bilan ham shug`ullanadi;

  • uning ishi faqatgina o`quv dasturida ko`zda tutilgan ma’lumotni tinglovchilarga yetkazib berish bilan cheklanmaydi, balki turli usullarni qo`llab, tinglovchilarni o`quv jarayonida faol qatnashishga undaydi. Buning uchun u o`zining hatti-harakatining an’anaviy modelini o`zgartirishi, o`zi ko`proq interaktiv bo`lishi kerak;

  • o`qituvchi innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi lozim, chunki hamma yangi o`quv usullari va shakllari ular bilan bog`liqdir;

  • o`quv jarayonini tashkil etish ba’zi bir muomala ko`nikmalarini, kommunikabellikni, o`zgaruvchanlikni, mustaqil qarorlarni qabul qilishni, o`z faoliyatining natijalarini tanqidiy baholashni talab qiladi;

  • Internet, masofaviy ta’lim rivojlanishi va ulardan foydalanuvchilarning soni ko`payishi bois, ularni o`qita oladigan maxsus mutaxassis - pedagoglar kerak bo`ladi.




  1. Ma’lumotni qabul qilish, o`zlashtirish, qayta ishlashda tinglovchining intellektual imkonini hisobga olish:

    • verbal-lingvistik, so`z va til bilan bog`liq (yozma va og`zaki) qobiliyati;

    • mavzuiy-mantiqiy, deduktiv fikrlash, son va abstrakt belgilar bilan bog`liq;

    • shaxsning o`z ichki refleksini qamrab olgan xususiyati, ma’naviy mavjudotni, o`zining “men”ligi ichki holatini anglashi;

    • insonlararo munosabatlar, asosan muomala bilan bog`liq;

    • fazoviy idrok, ob’ektiv ko`rib, u haqda aqliy zohiriy tasavvur hosil qilish xususiyati;

    • fizik harakat va tanani boshqarish, jumladan harakatlarni nazorat qiluvchi miya mexanizmi bilan aloqador bo`lgan jismoniy-kinetik xususiyat;

    • o`z ichiga ohangdorlik namunalarini jamlagan, uning ritmini his

etishi bilan bog`liq musiqiy-ritmik xususiyat.

  1. Ta’limda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarni qiyoslash:




An’anaviy yondashuv

Zamonaviy yondashuv

1. Asosiy e’tibor o`qitish mazmuniga qaratilgan.

Asosiy e’tibor o`qitishning mazmuniga va jarayoniga qaratilgan

2. O`qituvchi – boshqaruvchi, tinglovchi – boshqariluvchi

Tinglovchi o`quv jarayonining faol ishtirokchisi

3. O`quv maqsadlari oldindan aniqlashtirilgan

O`quv maqsadlari muzoqarada aniqlanib, kutilayotgan natija orqali aks ettiriladi.

4. O`qituvchi bilimlarini monolog orqali yetkazadi

O`qituvchi o`quv jarayonining ishtirokchisi, dialog, poliloglarni qo`llaydi.

5. “Men bilamanki...” yondoshuviga urg`u beriladi

“Men qanday bilaman” yondoshuviga urg`u beriladi.

6. Tinglovchi axborotni passiv holatda qabul qiladi

Tinglovchilar bilimlarni faol qabul qiladi va o`zlashtiradi.

7. O`qituvchi to`g`ri javobni shakll holatda talab qiladi.

O`qituvchi savolga turli xil javoblarni rag`batlantiradi.

8. Mashg`ulotlarning “dasturlanganligi” va qat’iy tuzilmasiga amal qilinishi

Mashg`ulotlar tinglovchilarning imkoniyat va talablari doirasida tashkil etilishi

9. Xatolarga “yuqoridan pastga” qarashadi

Xatolarning ikki tomonlama taxlili va tajribaning oshishi.

10. O`qituvchi faoliyati asosan avtoritar.

Pedagog faoliyatining usuli rag`batlantiruvchi, demokratik.

11. Asosiy e’tibor nazariyaga qaratilgan

Asosiy qismi amaliyotga asoslangan nazariy e’tibor

12. O`qitishga o`quv fan-funktsional yondashuv

O`qitishga muammoviy-fanlararo yondashuv

13. Faoliyatning yetarli bo`lmagan produktiv barqaror stereotiplari

Qo`llanilayotgan pedagogik usulning turli-tumanligi


5. O`qitishning vazifalarini tekshirish va baholash maqsadida quyidagi qadamlarni qo`llang:

  1. har bir vazifalar guruhini “Dars yakunida tinglovchilar quyidagilarni bajara olishlari lozim ...” - deb boshlang;

  2. vazifalarni alohida raqamlang;

  3. beriladigan vazifalarni quyidagi fe’llardan boshlang: sanab o`ting, eslang, so`zlab bering, ko`rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo.;

  4. har bir vazifani tinglovchi so`zi bilan qo`ying (o`qituvchi atamasida emas);

  5. topshiriqlar xilma-xilligidan qat’iy nazar faqat BITTA natijani ko`zlasin;

  6. dars bosqichlarini shunday rejalashtiringki, toki u o`qituvchining o`tadigan dars bosqichlarini emas, balki “tinglovchining o`zini keyinchalik qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin”;

  7. muammolarni shunday qo`yingki, uning yechimini mezonlash va qanday qilib maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo`lsin;

  8. ular buni qila oladilarmi? – degan savol topshiriq berishdan oldin ishlatiladi (kerakli test topshiriqlarini tuzishda).

6. Mashg`ulotni o`tkazishda an’anaviy va texnologik yondashuvning qiyosiy tasnifi21.


An’anaviy (tushuntirish-ko`rsatish) yondashuv

Texnologik yondashuv

1. Pedagogning mashg`ulot o`tkazish rejasini ishlab chiqishga bo`lgan munosabati

qoidaga ko`ra, “majburman”, “zaruriy holat” tamoyillariga asoslangan rasmiyatchilik

“hohlayman” , “uddalayman” tamoyiliga asoslangan ijodiyot

2. Pedagogning mashg`ulot rejasini ishlab chiqishdagi faoliyati

qoidaga ko`ra, e’tibor o`tiladigan (qayta ishlanadigan) o`quv materialini tizimlash va tarkibiy qismlarga ajratishga qaratilgan

qoidaga ko`ra, e’tibor asosan navbatdagi mashg`ulotda o`zining faoliyatini va tinglovchi modelini tasavvurida yaratishga qaratilgan

3. Pedagogning mashg`ulot rejasini ishlab chiqishdagi ustivor psixologik faoliyati

o`quv materialini tahlil qilish va asosiy o`quv savollarini (tayanch tushunchalarini) aniqlash, mashg`ulot rejasini tuzish (ba’zan qo`llash uchun emas, ko`proq hisobot va nazoratchilar uchun)

navbatdagi mashg`ulotda o`z tafakkurini tasavvur etish (reflektsiya) va tinglovchi o`rnida fikrlash (empatiya), o`qish jarayonini rivojlantirish yo`nalishini oldindan ko`ra bilish va o`qishdan ko`zlangan ehtimoliy natijani oldindan tasavvur etish.

4. Dars rejasi nimani aks ettiradi?

tinglovchilarga beriladigan axborotni

pedagog va tinglovchilarning dars jarayonidagi ijodiy faoliyati stsenariysini

5. Mashg`ulot maqsadining ifodalanishi

  1. pedagog beradigan axborot mazmuni;

  2. maqsad aniq belgilanmagan, masalan: rivojlantirish, tushuntirish

  1. tinglovchilarning mashg`ulot oxiridagi faoliyati aniq belgilanadi;

  2. mashg`ulot maqsadi uning oxirida tinglovchi xatti-harakatini aniq belgilovchi fe’llarda ifoda-lanadi, masalan, sanaydi, tanlaydi, hisoblaydi, qo`llaydi.

6. Pedagog tomonidan o`rgatuvchi usullarning tanlanishi

qoidaga ko`ra, oldindan shakllanib qolgan odatlar bo`yicha harakat qiladi

yangi, o`rgatuvchi usullarning juda ko`p turlari, erkin - ijodiy fikrlash imkoniyati

7. Tinglovchini o`qitish

bu o`qituvchining vazifasi

Ikki tomonlama faol harakat natijasi

8. Tinglovchilarning o`quv maqsadlariga bo`lgan ijobiy munosabati

vujudga kelmasligi ham mumkin

asta-sekin shakllanadi, bu o`qituvchining asosiy maqsadli vazifasi bo`lib hisoblanadi.

9. Dars berishdagi mo`ljal

tinglovchilarning o`qituvchi bergan axborotlarini eslab qolishi

tinglovchilarda aniq va qat’iy o`quv harakatlarini bajarish masalasini rivojlantirish

10.O`qituvchi tomonidan tinglovchini yo`naltirib borish

dalillar, qoidalar, tamoyillar va qonunlarni eslab qolishning muhimligi va tajribani o`zlashtirish ta’kidlanadi

o`qishga o`rganish, ijodiy fikrlash, zarur axborotni topish va baholab qaror qabul qilish malakalarini shakllantirish talab etilaadi.

11. Mashg`ulotdagi faollik

o`qituvchi faol shaxs (faoliyat sub’ekti), tinglovchi esa odatdagi sust va boshqarish ob’ekti bo`lib hisoblanadi.

o`qituvchi ham, tinglovchi ham faol ishtirokchi bo`lib hisoblanadilar; faoliyat sub’ekt- sub’ekt tasnifiga ega bo`ladi, yaxlit pedagogik vaziyat boshqaruv ob’ekti bo`lib hisoblanadi.

12. Tinglovchilar faoliyatining turlari

odatdagidek, takrorlanuvchan- ijodiy emas

takrorlanuvchan, reproduktiv samara-dorlikka ega, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yo`naltirilgan

13. Tinglovchining aql-zakovatga oid ixcham tafakkurini shakllantirish

Ko`p holatlarda siqiq qotib qolgan (rigid)

tafakkurning ko`p variantliligi, bir fikrlash turidan ikkinchisiga o`tishning osonligi

14. Tinglovchilar bilan qaytuvchan aloqaning o`rnatilishi

onda-sonda, ba’zan yoki o`rnatilmaydi

Qaytuvchi aloqa tizimni boshqaruvchan sifatiga ega

15. Hissiy ko`tarinkilik, o`qituvchining kayfiyati

ba’zan sezgilar takrorlanadi, har doim ham o`z ishiga qiziqmaydi, buning oqibatida asabiylik, tinglovchilarga xushmuomalalikning yetishmasligi kelib chiqadi.

ko`tarinki ruh, tinglovchilarga xushmuomala bo`lish o`zi va tinglovchi o`rtasida iliq psixologik iqlim hosil qilishdan rag`bat olish

16. Texnologiyaning xarakteri

eskirgan, qo`l mehnat talab qiladigan samarasiz

yangi “pedagog-tinglovchi” faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan

17.O`qishning asosiy natijalari

faoliyat namunalarini o`zlashtirish va ma’lum dalillardan iborat bo`lgan o`quv materiallarini xotirada saqlash

axborotni izlab topish va faoliyat namunalarini mustaqil o`zlashtirishga tayyorgarlik, shuningdek, o`zlashtirilgan materiallar doirasidan chetga chiqish


7.Tinglovchilarga yordam bermoqchimisiz? Ularni quyidagilarga o`rgating:

a) o`z oldiga haqiqatga yaqin maqsadlar qo`yishga;

b) maqsadlarni o`z imkoniyatlari bilan o`zaro nisbatini
aniqlashga;

v) o`zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishga;


g) aniq hatti-harakatni belgilashga;

d) sodir bo`lgan vaziyatni to`g`ri baholashga;

j) shaxsiy dasturining bajarilishini, o`z hatti- harakatlari orqali maqsadiga yaqinlashayotganligini doimo tahlil qilib borishga.

8. O`z-o`zini motivlashtirish strategiyasi quyidagilardan iborat:


  1. Strategiya: uzoq muddatli kelajakka reja tuzing.

2) SHeriklik: o`qish bo`yicha tanlangan sherik olganiga yarasha biror narsa beradigan bo`lsin.

3) Tarkiblashtirish: mashg`ulotlarni doim bir xil vaqt: soat, kun, haftada o`tkazing.



  1. Taxminiy rejalash: o`qishdan ko`zlagan maqsad va vazifalaringizni umumiy tarzda aniqlang.

  2. Motiv: o`qish mazmunini qanday qilib bugungi - ertangi kasbiy amaliyotingiz, yoki shunchaki kundalik turmushingiz bilan uyg`unlashtira olishingizni aniqlang.

6) Asta-sekinlik: o`qitish mazmunini oson o`rtacha va qiyin o`zlashtiriladigan qismlarga ajrating va uni o`zlashtirishni dastlab o`rtacha qiyinlikdagi, so`ngra qiyin va nihoyat eng oson qismini o`zlashtiring.

7) Qo`shimcha: o`qiyotgan materialga o`zingizning izohlaringiz va tarkibiy sxemalar bilan qo`shimchalar kiriting. Ehtimol, kimdir jur’at qilib bu haqda bahslashar.



  1. Mukofot: topshiriqni bajarib bo`lgandan so`ng o`zingizga o`zingiz yoqimli so`zlar ayting.

  2. Kengaytirish: sizga qiziqarli bo`lgan ayrim mavzularga oid qo`shimcha adabiyotlar o`qing yoki uni o`rtoqlaringiz va o`qituvchi bilan muhokoma qiling.

10) Tejamkorlik: bilim puxta bo`lishi uchun o`quv materialining asosiy mazmunini takrorlang, o`tilgan materialni mashqlar yordamida mustahkamlang.

Tinglovchilarga quyidagilarni so`zlang:

  1. o`z-o`zini hurmat qilish qancha yuqori bo`lsa, o`qish natijalari ham shuncha yaxshi bo`ladi;

  2. o`qishdagi muvaffaqiyatlar o`quv jarayonini tezlashtiradi;

  3. o`qishdagi muvaffaqiyatsizliklar esa o`qishni tashlab ketish istagini paydo qilishi mumkin;

• ruhiy tetiklik va qiziqish sezgilari o`qishni osonlashtiradi.

Ijodkor pedagoglar motivlarni vujudga keltirishga mohir bo`ladilar. Tinglovchilar bunday o`qituvchilar to`g`risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Mashg`ulotlar doimo qiziqarli va turli shakllarda o`tadi, meni doim fikrlashga undaydi», «O`qituvchining o`z faniga qiziqishi meni nihoyatda hayron qoldirdi», «Mashg`ulotlar , ularda faqat quloq solib o`tirish emas, balki faol tarzda ishlash kerakligi uchun ham yoqadi».

Tinglovchilarning bunday baholari o`qituvchiga juda yoqadi-da - to`g`ri emasmi? Zotan u aynan shunday natijaga erishish uchun ishlaydi.

O`qituvchi intizomiga chizgilar.

1. Ba’zilar muvaffaqiyati va ba’zilar muvaffaqiyatsizligini ta’kidlamaslik.

2. Kuchlilarni kuchsizlarga taqqoslamaslik.

3. Jamoa oldida tinglovchini urishmaslik, ko`proq alohida suhbat qurish.

4. Kuchsiz tinglovchilarning kichik yutug`ini sezish, biroq keskin ta’kidlamaslik.

5. Har bir tinglovchidagi ijobiy uchqunni topib yokish va h.k.z. individual yondashish.



Pedagog quyidagilarga e’tibor berishi zarur:

  1. pedagogik jarayon ishtirokchilari o`rtasida to`g`ri uslubdagi munosabatlarga amal qilish;

  2. o`qishida qiyinchiliklar sodir bo`lgan tinglovchilarni maqtash;

  3. ijobiy qaytuvchan aloqani ushlab turish;

  4. o`quv materialini turli xil uslublar bilan tushuntirish to`g`risida o`ylash.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish