S inf rahbarlariga 10 tavsiya



Download 198,23 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi198,23 Kb.
#362095
Bog'liq
SINF RAHBARIGA 10 TA TAVSIYA
DUVP Axrorov 4-topshiriq, Талабнома дори учун, 2 5474579200557976989, TasdiqlaymanLOBAR, Bo, Маҳсулот ҳақида қисқача, Bo\'z tuproqlar, Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar-hozir.org, Fosforli o’g’itlar, Курс иши шаблони лотинча (1), Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar @bookshelf pdf, Davlat poytaxtlari, 2 semestr.oraliq, Mаъруза7

S INF RAHBARLARIGA 10 TAVSIYA

O

Sinf rahbari uchun o‘quvchi shaxsini har tomonlama chuqur o‘rganish, ular bilan do‘stona munosabat muhitini yarata olish juda ham zarur. Buning uchun sinf rahbari o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, layoqati va ruhiyatini bilishi hamda bu ma’lumotlardan ta’lim jarayonini tashkil etishda to‘g‘ri foydalana olishi lozim.

Ayniqsa, boshlang‘ich sinf rahbarlari o‘quvchilarda o‘qituvchiga nisbatan iliq munosabat shakllantirsalar, o‘quvchi­ning maktab va boshqa o‘qituvchilarga ham munosabati ijobiy, sinfda ham muhit yaxshi bo‘ladi.

Sentabr oyidan boshlab olib borilgan psixologik-pedagogik kuzatuvlar asosida o‘quvchilar bilan I-II choraklarda rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar olib boriladi.



2–4-sinflarda esa o‘quvchilarga motivatsiya berib borilishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib sinf rahbar­lariga quyidagilar tavsiya qilinadi:

1. Sinf rahbari har bir o‘quvchining xarakterini bilishi, ota-onalar bilan yaqindan munosabat o‘rnatishi, hamkor­likda ishlashi kerak.


2. Oilasidagi muhitni bilish uchun o‘quvchining ota-onasi bilan o‘tkazgan suhbatlari, ota-onalar yig‘ilishlari, sinf soatlarida bildirgan fikr-mulohazalar orqali ma’lumot yig‘ishi lozim.




3. Sinfdagi har bir o‘quvchining shaxsiy “men”ini rivojlantirishi, bu bo‘yicha ularga individual yondashishi joiz.



4. Yoqtirgan(yoqtirmagan) fanlari, qiziqishlari va harakatlari, umuman
uning dunyoqarashi, orzu-istaklari bilan qiziqishi kerak.



5. O‘quvchilarning o‘z xohishi bilan maktab va maktabdan tashqari to‘ga­raklarni tanlashiga ko‘mak berishi, fan olimpiadalarida ishtirok etishda motivatsiya berishi lozim.

6. Fan o‘qituvchilarining har biri bilan o‘z sinfi o‘quvchilari haqida doimo muloqotda bo‘lib turishi, ularga ham o‘quvchilarining xarakterlarini tushun­tirishi, fikr almashib turishi zarur.




7. Sinf o‘quvchilarining qanday kasblarga layoqati yuqoriligini aniqlash va bu borada ularni rivojlantirib borish maqsadida o‘quv yili davomida kasbiy o‘yinlar, suhbatlar, ijodiy ishlar olib borish maqsadga muvofiq. Natija va xulosalardan kelib chiqib o‘quvchilar qiziqishlarini tahlil qilib borishi lozim.



8. Sinf rahbari yil davomida bola­ning turli xil tadbirlarda, jamoat ishlarida, sport musobaqalarida ishtiroki va atrof­dagilar bilan munosabatlarini kuzatishi, tegishli tavsiyalar berishi, jamoa bilan hamjihatlikda faoliyat yuritishga undashi kerak.

9. Agar bolaning xatti-harakatlarida kamchilik yoki nuqsonlar(uyatchanlik, tajovuzkorlik, sirlilik, giperaktivlik, passivlik) sezsa, maktab psixologiga yozma ravishda bildirib, ota-onasini ogohlantirgan holda, bolaga maktab psixologini biriktirishi va ular bilan hamkorlikda ishlashi kerak.




10. Maktab ichki nazoratida yoki IIB nazoratida turuvchi o‘quvchilar bo‘lsa, ular bilan ko‘proq suhbatlar o‘tkazishi, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda uning xulqi va ruhiyatidagi o‘zgarishlarni doim kuzatishi, ularga alohida mehr ko‘rsatishi lozim.

Download 198,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti