Kafedrasi



Download 1,43 Mb.
bet1/15
Sana07.09.2017
Hajmi1,43 Mb.
#19083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
XORAZM VILOYATI XALQ TA”LIMI XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING

MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
«Tasdiqlayman»

VXTXQTMOI rektori

________ B. Sultanov

__ ________ 2016 yil


PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK, PSIXOLOGIYA VA TA’LIM MENEJMENTI” KAFEDRASI

OILA PSIXOLOGIYASI” MODULI bo`yicha


O`QUV - USLUBIY MAJMUA

Urganch - 2016



Ko`rildi

Kafedra mudiri

______N.Salayeva

«___» __________2016y








Ma’ruzachi: M Yusupova - o’qituvchi

Taqrizchi: J.Iskandarov ps.f.n.


Ushbu ma’ruzalar matni «Pedagogik - psixologik, psixologiya va ta’lim menejmenti» kafedrasi yig`ilishida «___»_yanvar 2016 yilda muhokama qilingan.

MUNDARIJA


1

Ishchi o`quv-rejasi va dasturi.....................................




2

Oila psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati




3

Oilaviy hayot psixologiyasi: nazariy qarashlar




4

Oilaviy munosabatlar doirasida tizimli yondoshuvlar




5

Oiladagi shaxslararo munosabatlar doirasini tadqiq etuvchi metodikalar




6

er-xotin munosabatlari psixologiyasi




7

Ota -ona va bolalar munosabatlari psixologiyasi




8

Oilaviy munosabatlarda salbiy holatlarni oldini olishda trening tizimidan foydalanish




9

Oilaviy stresslarning farzand tarbiyasiga ta`siri




10

Test savollari………………………………………………




11

Glossariy…………………………………………………….





12

Tarqatma materiallar……………………………………….





13

Foydali maslahatlar…………………………………………




14







Foydalangan adabiyotlar ro’yxati..............................................





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

XORAZM VILOYaTI XALQ TA`LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRISh INSTITUTI



Tasdiqlayman

O`quv – metodik ishlar

bo`yicha prorektor

______B.Qalandarov

«___» ________2016y


Pedagogik - psixologik, psixologiya va ta’lim menejmenti

kafedrasi
Umumta`lim maktablari psixologi huquqini berish bo`yicha

kasbiy qayta tayyorlash kursining kursining ishchi

O`QUV-REJASI va DASTURI



Urganch – 2016
OILA PSIXOLOGIYASI

KIRISh

«Oila psixologiyasi» fani oilaviy hayotning turli qirralarini ilmiy ma`lumotlar va amaliy kuzatishlar asosida yoritishga bag`ishlangan bo`lib, unda bugungi kunda butun dunyo ahli uchun alohida ahamiyat kasb etayotgan oila instituti va nikohning mustahkamligini ta`minlovchi omillar haqida muhtasar bilimlar keltirilgan. O`quv kursida jahon ilmida to`plangan ilmiy an`analardan tashqari, O`zbekistonda oxirgi yillarda amalga oshirilgan ilmiy-amaliy ishlar mazmuni ham o`z ifodasini topgan. Unda ilk marotaba er-xotinlik munosabatlari ota-ona- farzand munosabatlari hamda sibling – aka-ukalik va opa-singillik aloqalari bilan uyhunlik hamda o`zaro chambarchas bog`liqlikda yoritilgan, ilmiy ishlarpning natijalari keltirilgan.



O`quv fanining maqsadi va vazifalari

Oila psixologiyasi” fanining maqsadi - oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar, ko`nikmalarni shakllantirish.

“Oila psixologiyasi” fanining predmeti oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini tashkil etadi

“Oila psixologiyasi ” fanining vazifalari - Oilali shaxsning shakllanishidagi roli haqida tinglovchilarda tassavur shakllantirish. Tinglovchilarni oilaviy hayotda kuzatiladigan o`zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan tanishtirish. Yoshlarni oilaviy hayotda bo`ladigan muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvurlar bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonlarga tayyorlash. Yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo`nalishdagilardan saqlanishga o`rgatish. Yoshlarda muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini o`rgatish. Yoshlarning o`zlariga turmush o`rtog`ini to`g`ri tanlash malakalarini shakllantirish. Yoshlarda oilaning mustahkamligini ta`minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish. Yoshlarni oilaviy muloqotga tayyorlash. Yoshlarni oilani rejalashtirishga o`rgatish.



Fan bo`yicha tinglovchilarning bilimi, ko`nikma va malakalariga

qo`yiladigan talablar

Tinglovchi mazkur fan doirasida quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi kerak:

- oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil to`g`risidagi ma`lumotlarni bilishi;

- erkak va ayollar o`rtasidagi nikoh, Oilada er-xotinning teng huquqliligi, Farzandlar faravonligi va ravnaqi haqida g`amxo`rlik qilish , Ichki oilaviy masalalarni o`zaro kelishuv asosida hal qilish borasida ko`nikmalarga ega bo`lishi;

- oila va uning jamiyat hayotidagi o`rni, Konstitutsiyaning 14-bobi, 63, 64, 65, 66-moddalari oila maskanining jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi, oila tuzishda tomonlar ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi, ota-onalarning farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashi majburliklari, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli farzandlarning ota-onalari haqida g`amho`rlik qilishlari yuzasidan bo`yicha malakalarga ega bo`lishlari kerak.

Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

«Oila psixologiyasi» fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy (sotsiologiya, Ijtimoiy psixologiya), informatika va axborot texnologiyalari), umumkasbiy (yosh va pedagogik psixologiya, kasbiy psixologiya, kasbiy pedagogika, (tarbiyaviy ishlar metodikasi, psixologik xizmat) fanlaridan olingan bilim va ko`nikmalarni to`ldirishga yordam beradi.



Fanning ta`limdagi o`rni

«Oila psixologiyasi» fani bo`lajak amaliyotchi psixologlarni o`z kasbini puxta egallash va ularni tarbiyalashdek juda muhim vazifani hal qilar ekan, ulkan nazariy va amaliy tayyorgarlikni nazarda tutadi. Olingan bilimlar malakaviy amaliyot davrida tinglovchilarning o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi o`quvchilarini tarbiyalash, individual-tipologik xususiyatlarini o`rganish va shu asosda raqobatbardosh kichik mutaxassislarni tayyorlash jarayonida qo`l kelib, individual mahorat metodlarini yaratuvchi fan hisoblanadi.



Fanni o`qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari

«Oila psixologiyasi» fanini o`qitishda mavjud mavzularning barchasi ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`tiladi. Mavzular mazmuni va hajmiga qarab, ularda ta`limning ilg`or pedagogik texnologiyalari qo`llaniladi. Ma`ruza mashg`ulotlarini o`tishda «insert», «blits-so`rov», «klaster», «aqliy hujum» kabi usul va texnikalardan keng foydalaniladi. Amaliy va seminar darslarini tashkil qilishda «zig-zag», «guruh bo`lib ishlash», «insert», «koop-koop» kabi faol ta`lim metodlari unumli ishlatiladi hamda taqdimotlar tayyorlanadi.



OILA PSIXOLOGIYASI MODULI bo`yicha

O`QUV-MAVZU REJASI





Mavzular

Jami

Ma`ruza

Amaliy mashg`ulot

Seminar

1

Oila psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati

6

2

2

2

2

Oilaviy hayot psixologiyasi: nazariy qarashlar

6

2

2

2

3

Oilaviy munosabatlar doirasida tizimli yondoshuvlar

6

4

2

3

4

Oiladagi shaxslararo munosabatlar doirasini tadqiq etuvchi metodikalar

6

2

2

2

5

er-xotin munosabatlari psixologiyasi

6

2

2

2

6

Ota -ona va bolalar munosabatlari psixologiyasi

6

2

2

2

7

Oilaviy munosabatlarda salbiy holatlarni oldini olishda trening tizimidan foydalanish

6

2

2

2

8

Oilaviy stresslarning farzand tarbiyasiga ta`siri

6

2

2

2




Jami

48

18

14

16



OILA PSIXOLOGIYASI MODULI bo`yicha o`quv dasturi
1-mavzu: Oila psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati

(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar).

Oila psixologiyasi fani haqida tushuncha. Oila psixologiyasi fanining qisqacha tarixi. Oila psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. Oila Psixologiyasi fanining predmeti, oila psixologiyasi fanining boshqa psixologiya sohasi orasida tutgan o`rni va uning sharhi.



2-mavzu. Oilaviy hayot psixologiyasi: nazariy qarashlar

(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar)

Oila psixologiyasi fan sifatida. Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida tutgan o`rni. Oilaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni. Tarixiy faktlar va oilaga zamonaviy yondashuv. Zamonaviy oila- ijtimoiy institut sifatida. Oila psixologiyasining tadqiqot metodlari. Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy- metodologik asoslari. Oilaning ijtimoiy funksiyalari. Oilaning turlari va toifalari.



3-mavzu. Oilaviy munosabatlar doirasida tizimli yondoshuvlar

(4 soat ma`ruza, 2 seminar )

21-asr oilasi konsepsiyasi. Oilaning ijtimoiy mohiyati.Oilada ijtimoiy rollarning ahamiyati. Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida: V. Satirning tizimli yondashuvi. Tizimli oilaviy munosabatlar konsepsiyasi M. Bouenning tizimli yondashuvi. “Emotsional uchburchaklik” tushunchasi va uning mohiyati. Oila va tashqi ijtimoiy muhit. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari.




4-mavzu. Oiladagi shaxslararo munosabatlar doirasini tadqiq etuvchi metodikalar

(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar)

Oilaviy munosabatlar doirasini tadqiq etuvchi metodikalar. Er-xotin o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni, shuningdek, oiladagi ota-ona va bola o`rtasidagi munosabatlarni o`rganuvchi metodikalar. Metodikalar sharhi, qo`llanilish uslubi va olingan natijalarning qayta ishlov jarayoni.



5-mavzu. Er- xotin munosabatlari psixologiyasi

(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar)

Oilaviy o`zaro munosabatlarning ildizlari. Munosabatlar modeli va xususiyatlari. Oilaviy munosabatlar rivojlanishida yangicha an`analar. Er-xotin munosabatlari psixologiyasi. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi. Oilalarning psixologik va ijtimoiy muammolari. Jins va tarbiya psixologiyasi. Gender psixologiyasi.



6-mavzu. Ota-ona va bolalar munosabatlari psixologiyasi

(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar)

“Ota-ona-bola” munosabatlari tizimi. Reproduktiv xulq psixologiyasi. Otalik va onalik psixologiyasi. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari. Ota-onalik xulq-atvoriga ko`ra oilada bola tarbiyasining uslublari. Bola tomonidan ota-ona va ota-onalikning idrok etilishi. Sibling maqomining bola va kattalar munosabatiga ta`siri.



7-mavzu. Oilaviy munosabatlarda salbiy holatlarni oldini olishda trening tizimidan foydalanish(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar)

Oilaviy munosabatlar tizimida trening tizimidan faol foydalanish usullari. Korporativ trening usuli oiladagi o`zaro shaxslararo munosabatlarni mo``tadillashtiruvchi va ijobiy psixologik iqlimni yaratuvchi omil sifatida



8-mavzu. Oilaviy stresslarning farzand tarbiyasiga ta`siri

(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar )

Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari. Oiladagi ziddiyatlarning er-xotin va farzandlar taqdiriga ta`siri. Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik xizmat. Oila, maktab, pedagog hamkorligi. Oila va sog`lom turmush tarzini shakllantirish.


Foydalaniladigan asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar, elektron ta`lim resurslari hamda qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati

Asosiy darsliklar va o`quv qo`llanmalari

1. O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. Toshkent.:«Adolat»,1998,-300 b.

2. Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi. T.: 2006. – 142 b.

3. Oila psixologiyasi.( Shoumarov G`.B. tahriri ostida). T., 2000.

4. Shoumarov Sh.B., Shoumarov G`.B. Muhabbat va oilaviy hayot. — Toshkent. Ibn Sino nomidagi nashriyot, 1990. — 93 b.
Qo`shimcha adabiyotlar

5. Samatov T. Qaltis savollarga nozik javoblar. (Jinsiy munosabatlarga bag`ishlangan ilmiy-ommabop risola). Toshkent — 1992. —48b.

6. Satir V. Kak stroit sebya i svoyu semyu: Per. s angl. —M., 1992. -192s.

7. Semeynoye vospitaniye: Kratkiy slovar/ Sots.: I.V.Grebennikov, L.V.Kovinko. -M., 1990. -319s./

8. Semya. Sotsialno-psixologicheskiye i eticheskiye problemi: Spravochnik. A.I.Zatsepin, P.M.Buchinskaya, I.N. Gavrilenko i dr — K.: Politizdat Ukrainы, 1990. -225 s./

9. Sog`inov N.A., Shoumarov G`.B. O`zbek oilalarida ajralish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari /O`zbek oilasing etnopsixologik muammolari: Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma`ruzalari qisqacha bayoni. — Toshkent, 1993. — B. 109.

10. Sog`inov N.A. Psixologicheskoye issledovaniye problemы semi. Metod. rek. molodыx uchenыx i spetsialistov TGPI im. Nizami po osuщestv. Reshen. Fevr. (1988) Plenuma SK KPSS... /Tez. Dokl. nuachno-prakt. konf. molodыx uchenыx TGPI im. Nizami. - Tashkent, 1988. -S.18-19.

11. Sog`inov N.A. O nekotorыx metodikax issledovaniya semi v rabote shkolnogo psixologa. Nauchno-metodicheskiye osnovы i opыt organizatsii shkolnoy psixologicheskoy slujbы /Tez. Dokl. Respubl. Nauchno-prakt. Konf... -Buxara, 15-16 sent. 1988 g. Ch.1. -Tashkent,1988.-S.32-33.

12.Eydemiller E.G., Yustetskiy V.V. Semeynaya psixoterapiya, — L., 1989. -192 s.

13. Ensiklopediya molodoy jenshinы /Per. s chesh. N.I.Beloy, Y\i.N.Kozlovoy, -Nukus, 1992. - 464 s./

14. Ensiklopediya polovoy jizni. Kn. dlya vsex. — Vilnyus., 1990. — 43 s

15. Ensiklopediya semeynoy jizni. V 2-x t. T. 1. Vse dlya jenщin. — Donetsk. -1993. -412 s.



Internet tarmog`i bo`yicha veb-saytlar ro`yxati:

16. www.newhorizons.org. Ta`limning yangi ufqlari.

17. www.rhecherswithoutborders.org. Chegarasiz o`qituvchilar.

18. www.thelearningweb.net. Ta`lim tarmog`i.

19. www.inetlibrary.com. Internet-kutubxona

1-mavzu: Oila psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati

(2 soat ma`ruza).

Reja.


  1. Oila psixologiyasi fani haqida tushuncha.

  2. Oila psixologiyasi fanining qisqacha tarixi.

  3. Oila psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.

  4. Oila Psixologiyasi fanining predmeti, oila psixologiyasi fanining boshqa psixologiya sohasi orasida tutgan o`rni va uning sharhi.


Oila psixologiyasi fani haqida tushuncha.
Oila asli arabcha “ayolmand niyozmand” ma’nolarini anglatuvchi “oila”-so’zidan chiqqanligi “farxangi zaboni tojikida” qayd etilgan. “O’zbek tilining ixoxli lugatida” xam bu so’z er-xotin,ularning bola chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat biriga yashovchi kishilar majmui, uning erkak bilan qo’shiluvidan bola chaqalari olamga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, binobarin oila shakllangan.

I.A.Karimov: “Oila haqida gapirar ekanmiz avvalambor, oila xayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan mukaddas urf –odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor”deganida xam, oila va oilaviy munosabatlar ustuvor masalalar qatorida ekanligini ta’kidlaydi.

Oilaning ibtidoiy ko’rinishlari sanaluvchi qon-qarindosh oila, undan keyingi bosqichda esa punaunal oila, ya’ni bir guruhga mansub opa-singillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik qiladigan oila dastlab oiladan iborat demografik birliknigina anglatadi. Kishilik jamiyatning ilk ibtidoiy bosqichda poligam oilada monogam oilaga o’tish jarayonida yuzaga kelgan endoganiq nikoh ya’ni ibtidoiy urug’chilik tuzumida qabila ichidagi guruhiy nikohdan-bir qabilaga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanish, aniqrogi o’ziga qabila qizi bilan nikohlanishiga asoslangan ekzogam nikohga o’tish insoniyatda nomus tuyg’usini anglash nakadar uzok vaqt davom etgan jarayon bo’lganini ko’rsatadi.

Oila tarixiy ketegoriya sifatida kishilarni tabiiy-biologik, iqtisodiy, xuquqiy, ma’naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligi bo’lib, uning xilma-xil shakllari va ko’p qirrali vazifalari mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tabiatiga jamiyat ma’naviyatiga va madaniy taraqqiyotning darajasiga bog’liqdir. Oila ana shu asoslarga tayangan xolda kishilik tafakkuri va ijtimoiy xarakatning ulug kashfiyoti bo’ldi. Mashhur faylasuf Santayana aytganidek, “Oila, bu-tabiatning shoh asarlaridanbiri”ga aylandi.

Kursning maqsadi:

Oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar va ko’nikmalar shakllantirib, yoshlarni oilaviy xayoti tayyorlashdir.

Oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari oila psixologiyasi kursning predmetini tashkil qiladi.

Oila psixologiyasi kursning vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. Oilani shaxsning shakllanishidagi roli haqida yoshlarda to’laqonli tasavvur shakllantirish.

  2. yoshlarni oilaning ijtimoiy tarixiy kelib chiqishi va yuzaga kelganidan so’ng oilaviy xayot davomida bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi ilmiy asoslangan bilimlar bilan tanishtirish.

  3. yoshlarda oilaviy xayotda mazkur muqarrar ravishda bo’ladigan o’zgarishlar, muammolar, qonuniyatlar haqidagi ilmiy asoslangan to’laqonli tasavvurni shakllantirish va ularni bu jarayonlarga tayyorlash.

  4. yoshlarni oilaviy xayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yunalishdagilaridan esa saqlanishga o’rgatish.

  5. yoshlarda oilaviy xayotni o’ziga xos xususiyatlarni ilmiy asoslangan tarzda talqin etib, muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan okilona (oilaga va uning mustahkamligiga salbiy ta’sir etmagan xolda) chiqish imkonini beruvchi malakalarni shakllantirish.

  6. yoshlarda ulariga turmush o’rtog’ini to’g’ri tanlash malakalarini shakllantirish.

  7. yoshlarni oiladagi muloqotga tayyorlash.

  8. yoshlarni oilani rejalashtirishga o’rgatish.

  9. yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash.

  10. yoshlarda oilaning mustahkamligini ta’minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish.

  11. O’quvchilarga oilani o’rganuvchi psixologik tashxis metodikalari bilan ishlash va ular yordamida olinadigan natijalarni to’g’ri talqin etish malakalarini shakllantirish.


Oila psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
Ijtimoiy psixologiya oila psixologiyasini o’rganganda, unga jamiyatning bir bo’g’ini, kichik ijtimoiy guruh sifatida qaraydi. SHu sababli ham konkret izlanishlarda uning paydo bo’lishi, mavjudligiga asos bo’luvchi omillarni va tugashi bilan bog’liq holatlarga e’tiborni qaratadi. Zero, oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar bir qarashda emotsional hissiyotlarga asoslanganga o’xshasa-da, aslida bir insonning ikkinchisiga ko’ngil qo’yishi, tanlashi, birgalikda umr kechirishi jarayoni ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga to’la bo’ysunadi. Ayrim olimlar, masalan, frantsuz tadqiqotchisi Le Ple o’z vaqtida oilada sof psixologik qonuniyatlardan tashqari, ro’zg’orni boshqarish, farzandlar soni va tarkibiga ko’ra oila budjetining o’zgarishlarini inobatga olib, uni ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar maskani deb atashni ham taklif etgan. Uning fikricha, oilaviy o’zaro munosabatlar nihoyatda o’zgaruvchan bo’lib, ular zamon va davr ta’sirida, oila a’zolarining soni va sifatiga bog’liq tarzda tinimsiz sifat o’zgarishlarini boshdan kechirishini, hattoki, er-xotin o’rtasidagi odatiy munosabatlar yillar tazyiqi, jamiyat normalari, sanoatning rivoji yoki ma’naviyatning tanazzuli ta’siri ostida boshqacha tus olishi mumkinligini, ota-ona – bola munosabatlari tizimi, bunda hattoki, otaning avtoriteti ham o’zgarib borishi, yaqin qarindoshlar o’rtasidagi psixologik masofa yillar o’tishi munosabati bilan uzoqlashib ketishini ta’kidlaydi.

Xorij mamlakatlarida oilaviy munosabatlarga qiziqish o’tgan asrning boshlarida keskin oshdi. Taniqli tadqiqotchi olimlar U.Jems, CH.Kuli, U.Tomas, F.Znanetskiy, J.Piaje, Z.Freyd kabilar oilaning davrasida ro’y beradigan shaxslararo munosabatlarning xarakteriga alohida e’tibor berishib, bir shaxsning boshqa bir shaxs ta’sirida qanday qilib, o’z sifatlarini takomillashtirishi, o’zgartirishi, tarbiyalanishi kabi qator masalalarni o’rgandilar. Natijada, bu borada olib borilajak ilmiy izlanishlarning naqadar muhimligi o’z navbatida jamoatchilikning diqqat-e’tiborini tortdi. Olimlar oila borasida o’tkaziladigan tadqiqotlar va unda qo’llaniladigan usullarning noyobligini ta’kidlashib, oila tadqiqotlarida rioya etilishi zarur bo’lgan odob normalari haqida ham fikr yuritganlar. Masalan, amerikalik sotsiolog R.Xill va boshqalar oila va nikoh muammosini o’rganishning sermashaqqat ish ekanligini ta’kidlab, usullarni tanlash va respondentlar bilan ishlaganda quyidagi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq ekanligi to’g’risida yozgan:



  • tadqiqot uchun shunday metodikalarni, izlanish vositalarini topish lozimki, toki u bilan respondentlarga murojaat qilinganda, oilaviy hayotga ziyon etmasin, tadqiqotchi ketgach, er-xotin munosabatlari buzilmasin;

  • tadqiqotda oila a’zolari bevosita qatnashishi hisobga olinsa, ushbu jarayon ularning nafaqat o’zaro munosabatlariga, balki psixologik holatlari va kayfiyatlariga ham salbiy ta’sir etmasin;

  • tadqiqotchi ham tirik inson bo’lgani sababli, uning oilaga kirib kelishi, uydagi turmush tarziga, odatlar, o’zaro yaqinlik aloqalariga putur etkazmasin.

Darhaqiqat, barchamiz uchun juda yaqin va tanishdek tuyulgan oila va nikoh masalalari bilan shug’ullanadigan olimlarga, oila psixologi yoki pedagogi bo’lib faoliyat yurituvchilarga tashqaridan kuzatuvchilar ular ishini osonday tasavvur qilishadi. Lekin ming afsuski, unday emas. CHunki maktabda ta’lim olayotgan bolaning xulqu-odobi haqida ota-ona bilan suhbatlashish ham oson emas, zero, ota-ona ishdan charchab kelgach, xonadonida birinchidan, bolasining o’qituvchisini kutmaydi, qolaversa, ming mehmonnavoz, sertakalluf inson bo’lsa ham o’qituvchining kutilmagan tashrifidan cho’chish, norizolik, “nima derkin bolam haqida” degan shubha, hadik bo’lishi tabiiy. Xuddi shunday, oilaviy munosabatlarga taalluqli ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchining har qanday oilaga tashrifi xonadon egalariga yoqavermaydi. Qolaversa, agar respondentlarga taqdim etilayotgan so’rovnoma yoki test o’zaro munosabatlarga, ayniqsa, O’zbekiston sharoitida qaynona-kelin munosabatlariga yoki er-xotinning yaqin munosabatlariga oid bo’lsa, tadqiqotchi ketgach, oila a’zolari o’rtasida “kim taklif etdi, nima maqsadda?” qabiladagi so’rovlar, “tergovlar”ning bo’lmasligiga kim kafolat beradi. SHu bois ham hamisha bizning sharoitimizda oilaviy munosabatlarga oilada tadqiqotlar o’ta odob normalariga bo’ysundirilishi, muammoning nimada ekanligini aniq, samimiy iboralar vositasida tushuntira olish madaniyati katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tadqiqotchining qo’lidagi ilmiy “quroli” – metodikalari ham katta ahamiyat kasb etadi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish