Mashg`ulot jarayonidagi muhit hamda kichik guruhlar bilan ishlash
Trening mashg`ulotlariga nisbatan ishtirokchilarning munosabati.
Trening mashg`ulotlarini o`tish jarayonlarida ishtirokchilar turlicha munosabat bildirishlari mumkin.
- ishtirokchilar trenerga turli xil chalg`ituvchi savollar berishi mumkin (trenerni uyaltirish, hijolatga qo`yish maqsadida);
- ba`zi ishtirokchilar o`zini haddan tashqari o`ng`aysiz his qilib, sukut saqlashi, umuman gapirmasdan turib olishi mumkin;
- oilaviy hayotning nozik masalalari hakida ochiqdan ochiq gapirib boshqalarning noroziligi yoki hijolat bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin;
- trenerning shaxsiy hayotiga aloqador judayam nozik savollar berishi mumkin.
Bu xildagi vaziyatlardan chiqib ketish uchun trener ishtirokchilar bilan birga ishlab chiqilgan, mashg`ulot vaqtida barcha amal qilishi lozim bo`lgan xulk-atvor va xatti-harakat qoidalariga murojaat kilishi lozim, ya`ni ishtirokchilarga yoki aynan o`sha ishtirokchiga qoidalarni yana bir bor takrorlatish kerak.
Qoidalarning ta`sirini oshirish uchun 2-3-kun boshlanishida ishtirokchilar bilan rolli o`yin tashkil qilish maqsadga muvofiq. (Hozir har bir guruh bittadan qoidani tanlab olib, pantomima shaklida ko`rsatib beradi).
Guruhiy dinamikasini bilish va uni hisobga olish.
Guruhlar psixologiyasida aytilishicha notanish odamlar bir joyga to`planganda guruhda ma`lum bir zo`riqish paydo bo`ladi, trenerning vazifasi shu zo`riqishni iloji boricha yumshatishga harakat qilishdan iborat. Buning uchun trener guruhdagi noqulay vaziyatlar vujudga kelmasligi yoki vujudga kelgan noqulay holatlarni bartaraf etishga mo`ljallangan, guruh bilan qay usulda ishlash rejasini puxta o`ylab chiqishi kerak, ayniqsa guruhning bir necha rivojlanish bosqichlari borligini bilishi shart.
1.Boshlang`ich bosqich — notanish muhit va noaniq vaziyatda ishtirokchilar ichki bezovtalikni his qiladi, o`zlariga yaqin sherik izlaydi, har bir ishtirokchini "Men o`zimni qanday tutishim kerak" degan savol o`ylantiradi. Bu bosqich ishtirokchilarning individual xususiyatlariga qarab 10 minutdan to kunning oxirigacha davom etishi mumkin.
Trenerning vazifasi: ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishtirishda samimiylik muhitini yarata olish, fikrini ochiq bayon qilgan ishtirokchilarni qullab-quvvatlash, sust ishtirokchilarni davraga jalb qilishdan iborat.
2.O`tish bosqichi-bunda ishtirokchilar o`rtasida ancha yaqinlik paydo bo`la boshlaydi. Endi ular trenerning ishlarini baholashlari, ya`ni uning o`zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, guruhni faollashtirishi, hozirjavobligi, bilim doirasini kuzatishadi.
Trenerning vazifasi - ishtirokchilarda namoyon bo`layotgan hissiyotlarni e`tiboridan chetda qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bulgan maqsad va kutishlarni aniqlash, guruh a`zolari o`zlarini qanday his etayotganligiga e`tibor berish. Asosiysi - ishtirokchilarni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilish va ularni o`zgartirishga urinmaslikdan iborat.
3. Ish faoliyati bosqichi-bu bosqich ishtirokchilarning o`z maqsadlariga erishishida asosiy qism hisoblanadi. Ishtirokchilar guruhda ishlash qoidalariga rioya qilishadi. O`zaro yordam so`rash imkoniyatidan kelib chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo`ladi. Shuning uchun trenerning ayrim fikrlariga ko`shilmasalar, ular orasida trenerga nisbatan norozilik, ayrim hollarda asabiylashish, tushkunlik holatlari ham kuzatiladi.
Trenerning vazifasi: guruhda ishonchli munosabatlar shakllanishiga yordam berish, guruhdagi voqealarni e`tiborsiz qoldirmaslik, guruh dinamikasini kuzatish, guruhdagi nizolik va asabiylashish holatlarini bartaraf etuvchi o`yinlar o`tkazish, guruhda ishonch munosabatining shakllanishiga yordam berishdir.
4.Yakunlash bosqichi - mashg`ulot yakunlanishining mantiqiy nuqtasidir, agar mashg`ulot muvaffaqiyatli tugagan bo`lsa, barcha ishtirokchilarning kayfiyati a`lo darajada bo`ladi. Bu bosqichda ish davomida yo`l qo`yilgan ba`zi kamchiliklarni silliqlab ketish imkoniyati tug`iladi. Bosqich puxta o`ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o`z holicha o`tkazish yaramaydi, chunki bunday munosabat olib borilgan ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko`paytirib yuborishi mumkin.
Trenerning vazifasi: mashg`ulotni yuqori xissiy kayfiyatda yakunlash tadbirini tayyorlash va o`tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur bildirishlari uchun imkon yaratish, “teskari aloqa”ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o`ziga yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari.
Trening jarayonida guruhni kichik guruhlarga bo`lib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta`minlab bo`lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab bo`ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muhitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doir nozik savollar muhokama etilganda ba`zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo`qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo`lsa, undagi ishtirokchilarda qo`rkuv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo`ladi.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari:
1.Kichik guruhlarga bo`lishda o`yin orqali bo`lish usulidan foydalanish lozim.
2.Guruhlarga bajarilishi lozim bo`lgan topshiriqlarni aniq va tushunarli qilib berish kerak.
3.Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda ko`rsatmani ularning hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta guruhga ko`rsatma berib, qolganlariga ham birma-bir tushuntirmoqchi bo`lsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab yuborishadi va sinfda shovqin-suron ko`tariladi, trener esa qolgan guruhlarga ko`rsatma berishga qiynalib qoladi.
Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda muhokama qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil chiqib, o`z guruhining fikri bilan tanishtiradi.
Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini trenerning o`zi taqsimlab berishi kerak.
Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halakit berishi ham mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga bo`linadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga bo`linadigan topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim.
Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi qoidalarga qat`iy rioya qilishi kerak.
- ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish bermaslik kerak;
- guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so`zini bo`lmasdan eshitishi va qolganlarni ham shunga o`rgatish kerak;
- mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni so`rash kerak;
- hammaning so`zga chiqishini ta`minlash kerak;
- munozaralarda qaysidir shaxs hayotiga aloqador fikrlar shu yerda qolishga guruhni odatlantirish kerak.
Guruhdagi muammoli holatni hal qilish.
Ba`zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba`zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo`lgan quyidagi ko`rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
- ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig`iga tegishi mumkin;
- ishtirokchi o`zini ko`rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, noo`rin kamsitishi mumkin;
- ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql o`rgatishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo`lishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
- ishtirokchi topshiriqda tegishli bo`lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o`tkazishga harakat qilishi mumkin.
Guruxda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo`l tutish mumkin:
-
Agar guruh ishida og`ishlar ro`y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim.
-
Muammo tug`dirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan qoidalarga to`xtalib, keyin bir kishining xulq-atvori qolganlarga ham salbiy ta`sir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi mashg`ulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini so`rash kerak.
-
Boshqalarning so`zini bo`layotgan ishtirokchiga shunday ogohlantirish berish mumkin: "Meni kechirasiz-u lekin sizga shuni eslatib qo`ymoqchiman — guruhning har bir a`zosi gapirish huquqiga ega va uning so`zini bo`lish kerakmas".
-
Agar biror ishtirokchining xulq-atvori va xatti-harakati ishlashga halaqit berayotgan bo`lsa, uni guruhning o`zida ochiqchasiga muhokama qilish kerak. Qilingan harakat yoki aytilgan gapni tanqid qilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga halaqit berganligini ko`rsatib beriladi, lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan ishtirokchining o`zini tanqid qilinmaydi.
-
Mashg`ulot so`ngida guruhning o`zlashtirish darajasini muhokama
qilish va bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish lozim.
Guruhda ishlash.
Quyida kichik guruhlarda mashg`ulot o`tkazishda nimalarga e`tibor berish lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni havola etamiz:
Ishni 3 yoki 4 kishidan iborat bo`lgan guruhlar bilan ishlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Shu usul bilan ishtirokchilardagi qo`rquvni yo`qotish osonroq kechadi.
Boshlovchining vazifasi - trening yopilishini yuqori hissiy to`lqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o`tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o`zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, ulardan bo`lib o`tgan trening samarasi haqida fikrlarini so`rash, hamda ishtirokchilarga nisbatan o`z moyilligini namoyon etish.
Mavzu.Shaxslararo munosabatlar-treningi
ayrim mavzular.
1. Boshlovchi har bir ishtirokchi kuliga aloxida kartochkalarda "LIDER" va "Farosat" so’zlarini berib chikadi. So’zlardagi harflar vertikal kurinishda yozilgan bo’lib, ishtirokchi har bir harfning ruparasiga usha bilan boshlanadigan o’zidagi shaxsiy sifatlarni ko’p uylanmay yozib chikishi kerak
Maqsad: shaxsning o’zini o’zi anglash va o’ziga nisbatan senzitivlikni
anitslash.
2. "SUD YIGILIShI". Unda quyidagi rollar bo’ladi: sudya, advokat, jamoatchilik vaqili, er, xotin, kaynona, kaynota. Vaziyat. er xotinining ko’prok jamoat ishlari-dan bandligidan norozi. Uningcha, xotin uy ishlarini bajarishi, konkret vaziyatda u yo ishni, yoki oilani tanlashi kerak Maqsad: rolli o’yin vositasida ziddiyatli sharoitlarda shaxslararo o’zaro murosa yo’llarini qidirish.
3. "SAVOLLAR QALAY?" o’yini. Bunda gurux a'zolari juftliklarga bo’linib, doyra shaqlida joylashadilar va ichkari tomonda to’rganlar tashkaridagilarga 30 sekund mobaynida o’z xayotlari haqida gapira boshlaydilar. Unda oxirgi paytlarda xayotda yo’z bergan voqea, faxrlanish ob'ektlari, shirin taassurotlar haqida gapirish mumkin. 30 sekunddan keyin rollar almashinadi. O’yin gapirish va tinglash malakalarini, o’zi haqida gapira olish san'atini, lunda va qisqa gapirish kabi qator sifatlarni tarbiyalaydi.
4. "KOSMIK TEZLIK" o’yini. Asosiy qurol – to’pcha koptokni T-gurux a'zolari doyra shaqlida turib, tez-tez bir-birlariga o’zatishlari kerak lekin uni yonidagiga berib bo’lmaydi. Agar qisqa muddatda har bir gurux a'zosi kamida bir marta bexato tupni kulga kiritgan bo’lsa, usha gurux golib xisoblanadi. Bunda guruxdagi harakatlar muvofikligi, psixologik moslik harakatlarning birligi, tez va to’g’ri karor chiqara olish kabilar sinaladi.
5. "BOTQOQLIK" o’yini. Buning uchun karton kogozdan tayyorlangan o’rtacha kattalikdagi "likopchalar" kerak bo’ladi, ularning soni 9 ta bo’lgani
ma'kul. Gurux a'zolari kagor bo’lib, birin-ketin tarelkalarni bosib, botqoqlikdan uta boshlaydilar, atrofda esa karokchi "timsoxlar" bor. Ular bushab qolgan tarelkalarni olib kuyadilar. Maqsad - har bir gurux a'zosi tarelkalardan oyokni o’zmasligi, xech bo’lmaganda, bir oyokni uchi bilan ularni bosishi kerak Agar gurux a'zolari ittifok bo’lib, ular harakatlarida muvofiklik yo’zaga kelsa, albatta botqoqlikdan mag’lubiyatsiz o’tadilar va birorta likopchani timsoxlarga bermaydilar.
6. "TELEFON" o’yini. Gurux a'zolari navbat bilan telefonda o’zi tanlagan abonent bilan 30 sekund mobaynida o’zi xoxlagan mavzuda gaplashadi. Ko’zatuvchilar uning o’zini tutishi, klient bilan muomalasi, narigi tarafdagi shaxs bilan gaplashuvchi o’rtasidagi yakinlik o’zaro munosabatlarni taxlil qiladilar va keraqli maslaxatlar beradilar.
7. "INTERVYU" o’yini. Boshlovchi va protagonist interver sifatida turli toifali shaxslardan (vazir, artist, rektor, maktab direktori va xokazo) intervyu olinishi aytiladi, u o’zi bir a'zoni shu rolga tavsiya etadi. Taxlilda nima uchun aynan shu kishi shu^olga tavsiya etilgani haqida ham fikr bildiriladi. "O’zga bo’lish san'ati" va oliy darajali muloqot texnikasi mashq qilish.
8. "XUShOMAD Qilish" o’yini. Gurux a'zolari bir-birlariga xushomad qila boshlaydilar. Maqsad: guruxdagi shaxslararo tanglikni bartaraf etish va psixoemotsional engillik berish.
9. "OMMA OLDIDA ChIKISh Qilish". Bu o’yinga a'zolar oldindan tayyorgarlik kurishgani ma'kul. Chunki bunda ma'lum vaqt davomida notiklik maxorati va gu-ruxga murojaat qilishning turli vositalari sinaladi va gapirish va eshitish san'atlari mashq silinadi.
10. Breynstorming uchun quyidagi mavzularni taqlif qilish mumkin:
_Yomon rahbar- 6u
- Yaxshi ("yomon") ma'ro’za - bu ......
- Men loqaydlik qilsam ........
XXI asr yoshlari qanday bo’ladi?
- Boshqa planetalardagi tirik mavjudotlar -
11. 2 minut vaqt ichida turli mavzularda ommaviy ma'ruzalar matnini tayyorlash yoki krralash. Mavzular -"Yoshlar muammosi", "O’zbek ayollari
masalasi", "Rahbarlik mansabmi yoki talantmi?", "Kishlok turmush tarzi" va
12. "Uchrashuv" mavzusida rolli o’yinlar. Bir holatda notanish odamlar, ikkinchi holatda tanish odamlar uchrashib qoladilar. Trening ishtirokchilari "Uchrashuv" qatnashchilarining o’zaro muloqoti, o’zini tutishlarini turli variatsiyalarda sinab, so’ngra muxokama qiladilar.
13. "TANIShUV" : Turli yosh, jins, kasb-kordagi shaxslarning tanishuvchi saxnalari turli variantlarda o’ynaladi.
14. "O’ZINI TANISHTIRISH" o’yini. 2 minutda har bir ishtirokchi o’zi haqida xoxG`1agan narsalarni aytib berishi va so’ngra aytilganlar video yoki audiokasseta-lar vositasida kaytarilib, shaxsning o’zi va gurux tomonidan taxlil qilinadi.
15. "SALOMLAHish". Trener gurux a'zolarini doyra qilib o’tkazib, so’ng ularni har biri 2-3 kishidan iborat guruxchalarga ajratadi. Salomlahish mana bu so’zlardan to’zilgan; andik sandik chandik xormang, tolmang. Barcha ishtirokchilar salomlahishni bir vaqtda aytadi. Salomlahish bakirmasdan, balki bir tekis nafas olib talaffo’z qilinadi. Nixoyat qandaydir
"apchxi"ga o’xshash so’z xosil bo’lishi kerak U 2 - 3 marta takrorlanadi.
16. "Tugilgan kunga sovga ". Trening a'zolaridan biri gurux oldiga chiqib o’tiradi. o’yinning hamma ishtirokchilarining vazifasi, o’tirgan kishining tugilgan kuniga har bir ishtirokchi individual tarzda sovga qilish. "Sovga berish" tugaganidan so’ng, yima uchun aynan shu sovga qilinganligi asoslanib berilishi kerak Mashqning ma'nosi: "Atrofingdagilar nechoglik seni turli-tuman, seni turlicha yoktiradilar va idrok etadilar". Guruxning har bir a'zosi, trenerning o’zi ham "imeninnik" rolini bajarishi mumkin. Bu erda trenerning vazifasi - o’z-o’zini boshqarish muammosiga ko’prok; e'tibor berish.
17. "TANIHISH". Trenerning ko’rsatmasiga binoan uning ung yoki chap tomonida to’rgan ishtirokchilardan bittasi o’z ismini aytadi. Ikkinchi ishtirokchi esa birinchi-sining va o’zining ismini aytadi. Treningning uchinchi ishtirokchisi esa, birinchisining, ikkinchisining va o’zining ismini aytadi va shu tarika oxirigacha davom etadi. Treningning oxirgi ishtirokchisi birinchisidan boshlab, to gurux a'zolarining hammasini va o’zining ismini aytadi. Gurux a'zolarining bir-biri bilan tanihishi mana shu tarzda amalga oshadi. Agar gurux a'zolari tanish bo’lsalar, ikkinchi turda har bir ishtirokchi o’ziga "taxallus" (gul, meva, badiiy qaxramon, planetalar nomi kabi) uylab topib, keyin usha taxallus buyicha o’zini "tanishtiradi". Bu mashq ham shaxs-lararo chinikish, xotirani mustaxkamlash, emotsional tanglikning oldini olish kabi maqsadlarda xizmat qilishi mumkin.
18. "INKOR ETILGANLAR" o’yini. Munozara yoki breynshtorming usuli yordamida jamiyatda inkor etilganlar toifasiga kiruvchilar va ularning paydo bo’lish omillari hamda shundaylarga yordam choralari haqida fikr almashiniladi. Ma'lum muddat utgach, guruxning o’zida ayrim belgilar asosida a'zolar toifalarga bo’linib, trener boshchiligida tabiiy eksperiment nuli bilan "inkor etilganlikni xis qilish" o’yini tashkil etilishi mumkin.
8-mavzu. Oilaviy stresslarning farzand tarbiyasiga ta`siri
(2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy, 2 seminar )
-
Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari.
-
Oiladagi ziddiyatlarning er-xotin va farzandlar taqdiriga ta`siri.
-
Inqirozli oilalarga ijtimoiy-psixologik xizmat.
-
Oila, maktab, pedagog hamkorligi. Oila va sog`lom turmush tarzini shakllantirish.
Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari.
Afsuski, barcha oila ham ota-ona va ular dunyoga keltirgan farzandlar bilan to’liq bo’lavermaydi. Taqdir taqozosi bilan ayrim oilalarda nizolar kelib chiqadi va uning oqibati sifatida nikoh barbod bo’ladi. Olimlar nikohning barbod bo’lishini o’rganib, uning sabablari turlicha bo’lishi mumkinligi to’g’risida o’z nazariy qarashlarini bayon etganlar. Masalan, ayrim psixologlar ajrimlarni “turtki” kontseptsiyasi orqali tushuntirishga urinadilar. YA’ni, yaxshi tinch-totuv yashayotgan oilada birdan shunday holat yuz beradiki, masalan, xiyonat, o’lim, xastalik, rashk va shunga o’xshash voqealar turki bo’ldiyu, oila ustuni qulaydi. Aslida hayotda qo’qqisdan shunday bir silkinish yoki turtki bilan oila birdan buzilib ketishi kam uchraydi.
YAna bir holat olimlar fikricha, “orqaga ketish” deb nomlanadi. Bu shunday holatki, unga ko’ra, er va xotinni yaxshi, iliq munosabatlar bog’lab turgan, lekin aynan muhabbat birdan sovib, er-xotin bir-birini ko’rsa g’ashi keladigan, gaplari yoqmaydigan, nizokash bo’lib qoladi. Bunday voqealar hayotda tez-tez uchraydi. Sababi – birdan yongan olov, ya’ni, muhabbat, ma’lum vaqt o’tgach o’chishi, so’nib qolishi mumkin.
SHu kabi holatlar va undan boshqa sabablar tufayli oila ajrimlarining sodir bo’lishi barcha zamonlar va davrlarda ham kuzatilgan. Faqat nikohning barbod bo’lishi shakllari va sabablarida har bir davrda o’ziga xos asoslar bo’lgan deyish mumkin. Masalan, SHarq mamlakatlarida qadimdan nikohning barbod bo’lishi eng kam uchraydi, deb hisoblab kelingan. CHunki oila institutining poydevori mustahkam bo’lishiga ajdodlarimiz qayg’urganlar. Etti pushtini surishtirish, sovchilik instituti orqali bir-biriga mos keladigan yoshlarning taqdirini bog’lash, hattoki, uzoq qarindoshlar o’rtasidagi nikohlar, ya’ni, oldindan bir-birlarini bilgan odamlarning o’zaro kelishuvi, mehr va muhabbat rishtalari orqali oila qurish o’zbekchilikka xos odatlar sifatida qadrlangan va ta’kidlab o’tilgan nikoh motivlarining barchasida oqilona fikr yuritish, yoshlar va ular ota-onalarining “etti o’lchab bir kesishi” oilaning mustahkam bo’lishi uchun zamin hisoblangan.
Nikoh ajrimlariga kelsak, bunday holat SHarq xalqlarida ham, bizda ham sodir bo’lgan. Eski manbalarda nikoh ajrimiga sabab bo’lgan omillar sifatida avvalo, er yoki xotinda to’ydan keyin aniqlangan nasliy xastaliklar, ko’p holatlarda erkak kishining, ayrim holatlarda ayolning boshqa inson bilan “til” topishib ketishi, boobro’ va mansabdor shaxsning kelinchakni yoqtirib qolishi va zo’rlik bilan eski oilani buzishga majbur qilishlar, farzandsizlik, ayolning bepushtligi sabab erkakning xotinni taloq qilishi, iqtisodiy nochor yosh oilaning o’z ro’zg’orini yurita olmaganligidan ayolning boshqa odamga turmushga chiqishga majbur bo’lib qolishi kabi sabablar qayd etilgan. Muhimi shunki, nikohning barbod bo’lishidagi tashabbus asosan erkak kishining qo’lida bo’lgan. Agar u xohlasagina nikoh barbod bo’lgan. Agar mabodo ayol tashabbus ko’rsatsa, u qattiq jazolangan, jamoatchilik uni qoralagan, hattoki, tosh bo’ron qilinganligi to’g’risida qadimgi tarixdan, eski kinofilmlardan ma’lum.
Boshqa xalqlarda ham o’ziga xos an’analar mavjud bo’lgan. Masalan, qadimgi Xitoyda nikoh ajrimiga olib keladigan sabablarga erning ota-onasi ra’yiga qaramaslik, ularga kelinning gap qaytarishi, betga choparlik, bepushtlik, mahmadonalik, bedavo xastalik, rashk kabilar kirgan. Lekin yuqoridagi holatlar bo’lsa-yu, ayol erining ota-onasiga aza tutayotgan bo’lsa yoki u chin etim bo’lsa, eri uni baribir uydan xaydab yubora olmagan.
Qadimgi Gretsiyada esa nikoh ajrimini sodir etish ancha engil bo’lgan. Er guvohlar oldida xotiniga u bilan ortiq yashay olmasligini, nikohi buzilganligini aytgan, ayol barcha sep-suriqlarini yig’ishtirib, o’z ota-onasining oilasiga qaytib ketavergan. Sarpo suriqlar, ayolga tegishli barcha narsalarning unga berilishi majbur hisoblangan, hattoki, ajrimning sababi ayolning xiyonati bo’lgan taqdirda ham mol-mulk, ziynatlar ayolga berilavergan. Lekin ayol eri bilan yashashni xohlamay qolgan holatlarda uning ajrim olishi mushkulroq bo’lgan, bunday paytlarda xotin shahar xokimiga yozma ravishda rasmiy murojaat qilishi, va ular qaror qabul qilishi lozim bo’lgan. Bunday hollarda kim aybdor deb topilishidan qat’iy nazar, bolalar otasi bilan qoldirilgan.
Rimliklarda ham ajrimlar ilgaridan odatiy holday qaralgan. Tarixdan ma’lumki, shoir Ovidiy va tarixchi Pliniy uch marta uylanganlar, YUliy TSezar va Antoniy esa to’rttadan xotinga ega bo’lganlar. Bu kabi tarixiy hodisalar manbalarda, tarixiy filmlarda yaxshi aks ettirilgan.
Qadimgi Hindistonda esa nikoh oddiygina fuqarolar ittifoqi emas, ilohiy ittifoq sifatida qaralib, nikoh rishtalarining buzilishi nihoyatda g’ayritabiiy holat deb baholangan. Nikohning buzilishi faqat er tashabbusi va ayolning katta gunohi tufayli ro’y berishi mumkin bo’lgan. Eramizgacha bo’lgan ikki mingliklardan qolgan manbalarda ko’rsatilishicha, “sakkiz yil mobaynida bola tug’magan ayol boshqasiga almashtirilishi mumkin, o’lik bola tuqqan – o’ninchi yili, faqat qiz bolalarni tug’adigani – o’n birinchi yili, urushqoq, beadabi esa o’sha zahoti er tomonidan qo’yib yuborilishi mumkin” bo’lgan. Keyinchalik hindlar ham ajrimlar siyosatini qayta ko’rib chiqib, endi nikoh quyidagi holatlarda ham barbod bo’lishi qayd etilgan: agar ayol erining barcha boyliklarini isrof qilish, noo’rin ishlatgan bo’lsa, abort yo’li bilan farzandini yo’qotgan bo’lsa va erining hayotiga suiqasd qilgan bo’lsa. Ayol esa faqat ikki holatda eridan ajrim talab qilish huquqiga ega bo’lgan: eri bepusht bo’lib, o’z erlik vazifasini bajara olmay qolgan bo’lsa va sodir etgan gunohi uchun uni qavmdan chiqarib yuborilgan bo’lsa.
SHunga o’xshash nikoning barbod bo’lishi shakllari ham, uning motivlari ham turfa xil. Ko’pgina xalqlarda ajrimlarning motivi sifatida er-xotin xiyonati qayd etiladi. SHunisi xarakterliki, erkaklarning xiyonatidan ko’ra ayolning xiyonati barcha madaniyatlarda ham qattiqroq qoralanadi, chunki buning asosiy sababi – xiyonatkor ayol boshqa erkak bilan uchrashib yurib, undan homilador bo’lib qolishi va nikohsiz begona bolaning tug’ilishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin. YA’ni, bunda nafaqat oilaning balki yangi tug’ilgan bolaning manfaati jiddiy zarar ko’radi, chunki bu bolada kimning haqi borligi, kimning mol-mulkiga u voris bo’la olishi masalasi o’ylantiradi.
Lekin er-xotinning xiyonatiga befarq qaraydigan xalqlar ham Er yuzida topiladi. Masalan, Afrikadagi dinka qabilasida er agar xotini uning nazarida nodonroq bo’lsa ham, bemazaroq ovqat pishirsa ham u bilan ajrashib ketaveradi. Erkakning begona ayol bilan “don olishib yurishi” hech kimni qiziqtirmaydi, hattoki, qonuniy xotini ham bunga unchalik ahamiyat bermaydi. SHu kabi Assama orolida yashaydigan qabila ham ajrashishda bir-birining quyi yoki yuqori tabaqadan ekanligiga qarab qaror chiqaradi. Masalan, agar ayol yuqori tabaqa oila vakilasi bo’lsa, u nikohni bekor qilish va boshqa erkak bilan yashab ketaverish huquqiga ega bo’ladi.
Albatta, musulmon xalqlarida oila qanchalik qadrlansa, taloq yoki ajralish holatlari shunchalik tahqirlangan. SHu nuqtai nazardan musulmon olamida o’ziga xos shariyat qonunlari ishlab chiqilgan bo’lib, ular asrlar osha oila-nikoh munosabatlarini tartibga solishda muhim omil bo’lgan. Qur’oni-Karimning qator suralarida, jumladan, uning “Baqara” surasida er va xotinning o’zaro insoniy va mulkiy munosabatlari, farzandni dunyoga keltirish va uni voyaga etkazishda ota-onalik mas’uliyati va burchlari bayon etilgan. Unda “taloq”ning Alloh tomonidan buyurilgan, lekin uning o’ziga eng noma’qul bo’lgan amaldan ekanligi ta’kidlangan. Demak, musulmonchilikda oilaning buzilishi “qush inining buzilishi” kabi yomon, noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi omil sifatida qaraladi. Musulmon qoidalariga ko’ra ayolning nikoh ajrimining tashabbuskori bo’lishlik qoralanadi, lekin vaziyat talab qilganda ayol o’z haq-huquqlarini talab chilmagan holad erining uyidan ketishi mumkin. Erkak esa agar bilmay “Taloq” so’zini ishlatib qo’ygan bo’lsa, o’z ayoliga qayta uchinichi martagacha uylanishi mumkin, lekin uch martadan keyin uning yana uylanishi qat’iyat man etiladi. Tabiiy, hozirgi sharoitda huquqiy davlat qurish sharoitida bunday shar’iy qoidalarga emas, amaldagi qonunlarga ko’ra ajrim holatlarini muvofiqlashtiriladi. Uning qoidalari O’zbekiston Respublikasining “Oila Kodeksi”ning “Nikohning tugatilishi” deb nomlangan 7 bobning 37-48 moddalri hamda “Nikohdan ajralishni qayd etish” deb nomlangan 26 bobning 218-222 moddalari bilan tartibga solingan.
Rossiyada o’tkazilgan oxirgi tadqiqotlarda19 nikoh ajrimlarining asosiy sabalari sifatida quyidagilar qayd etilmoqda(turli yoshli so’raluvchilarning jami soniga nisbatan foiz hisobida):
-
moddiy, maishiy muammolar – 55;
-
er yoki xotinning ichkilikka ruju qo’yishi – 39;
-
yoshlar uchun oilaviy qadriyatlarning pastlab ketishi – 27;
-
er-xotin xiyonati – 19;
-
psixologik mos kelmaslik – 17;
-
oilaviy hayotning mazmunsizligi – 12;
-
boshqa birovni sevish qolish – 11;
-
farzandlarning yo’qligi – 7;
-
boshqa sabablar – 2;
-
javob berishga qiynalganlar – 6.
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan nikoh ajrimlarining sabablari o’rganilganda, aksariyat holatlarda bu birinchi o’rinda er-xotinlarning o’zaro kelishmovchiliklari, fe’l-atvorning bir-biriga mos kelmasliklari, rashk, xiyonat, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin qarindoshlarning chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi (ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi), qudalarning to’ydan keyin o’zaro kelishmay qolishlari, erning daraksiz ketib qolishi kabilar qayd etiladi. Poytaxt bo’yicha ajrimlar sabablari o’rganilganda, iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli oilaning buzilishi eng oxirgi o’rinda qayd etiladi, chunki aksariyat o’ziga to’q, boy-badavlat oilalarda yoshlar asosan uch sabab tufayli ajrishib ketmoqda: rashk va xiyonat, kelin-qaynona munosabatlaridagi kelishmovchilik va turmush sharoitidagi noqulayliklar. Umuman olganda, nikoh ajrimlarining bosh omili yoshlarni ma’naviy jihatdan turmush qurishga tayyor emasliklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |