Buralgan shaklli bakteriyalar. Bu guruhga
-vibrionlar
- spirillalar
- spiroxetalar kiradi.
Vibrionlar (lot. vibrio — egilaman) buralgan hujayralar bo'lib, vergul ko'rinishida shakllangan bo'ladi.
Spirillalar (lot. spira — qiyshaygan) o'zida bakteriyalarning buralgan shakllarini namoyon etadi.
Ipsimon bakteriyalar (oltingugurt, temir bakteriyalari) ko'lmak suvlarda ko'proq uchraydi. Patogen turlari yo'q.
Mikroorganizmlarda polimorfizm hodisasi kuzatiladi. Ularda rivojlanishning qaysi bosqichida bo'lishiga qaramasdan har xil shakllarda individual o'zgarish kuzatiladi. Ular juda ham plastik, tashqi muhitning har xil omillari: harorat, oziqa muhiti, tuzlarning konsentratsiyasi, muhitning kislotaliligi, metabolizm mahsulotlari, organizmning ingibitorlari va boshqalar ta'sirida shakllarini oson o'zgartiradilar.
Miksobakteriyalar (shilimshiq bakteriyalar) bakteriyalarning eng yuksak shakllari bo'lib, ko'pchiligida takomillashgan yadro uchraydi, ba'zilari ipsimon, ba'zilari kokklarga o'xshab ketadi. Bularning hujayra po'sti elastik bo'lganligi uchun harakatlana oladi va tana tuzilishini o'zgartiradi. O'zi ajratgan suyuqhk yordamida harakatlanadi, xivchinlari yo'q hujayrasi ikkiga bo'linib yoki o'rtadan to'siq hosil qilib ko'payadi va meva tana hosil qiladi. Ular meva tanasiga qarab tizimga solinadi. Qattiq oziqa muhitida bakteriyalar koloniyasiga o'xshash koloniya hosil qiladi.
Nursimon bakteriyalar oqar suvlarda va tuproqda uchraydi. Ko'pchiligi saprofit bo'lib, xivchinlari yordamida harakatlanadi. Ular Saulobakter — 9-guruh kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalarga kiradi (Mishustin, 1987-y.), u ko'ndalangiga yoki geteromorf bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Hosil bo'lgan qiz hujayralar xivchini yordamida harakatlanadi. Saprofitlar suvda va tuproqda ko'proq uchraydilar.
Mikoplazmalar spiral yoki ovalsimon shakldagi mikroorganizmlardir (.0,1—0,2 nm), ularning hujayra po'sti bo'lmaydi, harakatsiz uzun ipchalar yoki yulduzlar shaklidagi saprofit va parazit shakllari mavjud). Hayvonlarda turli-tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Sistematiklardan Berdji ularni alohida Musorlasmatales tartibiga ajratadi. Mikoplazmalarga bakteriyalarning L-formalari yaqin turadi. Bu formalarni tajriba yo'l bilan ham olish mumkin, buning uchun bakteriyalarga penitsillin bilan ta'sir etiladi.
Mikoplazmalar ichida yaxshi o'rganilgan, erkin holda hayot kechiradigan turi Musorlasmatales dir. G.Morvin va M.Turtelen (1964-y.) ularni elektron mikroskopda ko'rib, to'rt xil hujayrasi:
1) elementar tanasi;
2) orahq hujayralar;
3) yirik hujayralar;
4) ichida elementar tanasi bo'lgan yirik hujayralari borligini aniqlaganlar.
Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug'lar tuzilishi jihatidan bakteriyalar va tuban zamburug'larga o'xshaydi. Havo mitseliysida konidiospora deb ataluvchi konadiya bandlari bo'lib, ularda sporalar yetiladi.
Aktinomitsetlar tuproqda, organik o'g'itlar, chiriyotgan moddalar yuzasida, boshoqdoshlar tanasida uchraydi. Ulardan streptomitsin, biomitsin, tetrasiklin, neomitsin, nistatin kabi antibiotiklar olinadi. Ba'zi patogen shakllari yumshoq to'qima va suyaklarni yemirib, og'ir kasallik - aktinomikozni vujudga keltirishi mumkin.
1909-yilda Rikkes degan olim Meksikada uchraydigan va bit orqali tarqaladigan qizilchali tif kasalligini tekshirib, kasal odam tanasidan kalta tayoqcha shaklidagi mikrob topadi va uni «rikketsiya provocheka» deb nomlaydi. Ular juft-juft yoki zanjir shaklida bo'lishi mumkin, uzunligi 300—400 nm. Faqat tirik to'qima va hujayralarda rivojlanadi.
Rikketsiyalar xususiyatiariga ko'ra mikoplazmalarga o'xshaydi, ularda DNK va RNK uchraydi, polimorf mikroorganizmlar, ba'zilari kokksimon, donador, diametri 0,5 mk. Tayoqchasimonlari 1-1,5 mk, uchlari yumaloq yoki biroz bukilganlari 3-4 mk keladi, ipsimon formalari 10-40 mk da donador bo'ladi. Rikketsiyalar harakatsiz spora va kapsula hosil qilmaydi. Elektron mikroskopda rikketsiyalarni kuzatganda ular tashqi va ichki qobiq bilan o'ralganligi ma'lum bo'ldi. Sitoplazmasida granulalar shaklidagi ribosomalar bo'lib, ular 70-200 A kattalikga ega. Rikketsiyalar bo'linib ko'payadi. Patogen rikketsiyalar hayvonlarda va odamda turli-tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi, tovuq va itlarda rikketsioz, omitoz deb ataluvchi va boshqa yuqumli kasalliklarni qo'zg'atadi.
Bugungi kunda biotexnologik jarayonlarda tabiatda tarqalgan 100 mingdan ortiq turkumga mansub bo’lgan mikroorganizmlardan faqatgina bir necha yuztasi ishlatiladi xolos.
Mikrobiologiya sanoatida ishlatish uchun tavsiya etiladigan produsentlarga katta talablar qo’yadi, ularning umumiylari quyidagilardan iborat:
- o’sish tezligining balandligi,
-arzon oziqa muhitida o’sishi,
- boshqa mikrofloraga va fagga chidamliligi,
-yuqori hosildorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |