Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 17,32 Mb.
bet10/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Асосий адабиётлар:

  1. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014. -225 б.

  2. Давронов Қ. Биотехнология:илмий, амалий ва услубий асослари. Тошкент. “Patent-press” 2008.

  3. Иноғомова М., Вахобов А.Н. Микробиология ва вирусология асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент. Университет. 2010.

Қўшимча адабиётлар:

  1. Комилов Х.М., Рахимов М.М., Одилбекова Д.Ю. Биотехнология асослари. Тошкент: Extremum press. 2010.

  2. Клунова С.М., Егорова Т.А., Живухина Е.А. Биотехнология. Учебник. Академия. Москва 2010

  3. Коростелева Н.И., Громова Т.В., Жукова И.Г. Биотехнология. Учебное пособие. АГАУ. Барнаул. 2006

Ахборот манбалари:
1.http://www.ziyonet.uz/
2. http://www.google.co.uz/
3. http://www.google.ru/
4. http://www.biotehnolog.ru/
5. https://ru.wikipedia.org/
3-mavzu: MIKROORGANIZMLARDAN BIOTEXNOLOGIK USULLARDA FOYDALANISH.


Reja:

  1. Bakterial hujayraning kimyoviy tarkibi

  2. Bakteriyalarning morfologiyasi va tuzilishi

  3. Mikroorganizmlarning morfologiyasi (tashqi tuzilishi)

  4. Mikroorganizmlardan biotexnologik usullarda foydalanish



Bakterial hujayraning kimyoviy tarkibi
Baktertya (lot. bacteria — tayoqcha) xlorofilsiz bir hujayrali bakteriyalar, o'zining biologik xususiyatiga ko'ra prokariotlarga kiritiladi. Bakteriyaning o'lchami mikrometrlarda (mkm) o'lchanadi. Ko'pchilik bakteriyalarning hajmi 0,2—10 mkm ga to'g'ri keladi.
Bakterial hujayraning kimyoviy tarkibi — azot 8—15%, uglerod 45-55%, kislorod 30%, vodorod 6-8% dan iborat. Mikroorganizmlar turli elementlar va ularning birikmalari: oqsil, nukleoproteid, uglevod, lipid, glutsidolipid, glutsidolipid-proteid kompleksi, nuklein kislotalar, fermentlar va vitaminlarni sintez qilish xususiyatiga ega.
Suv. Bakteriyalarning turiga qarab, ularning sitoplazmasida o'rtacha 75—85% atrofida suv saqlanadi, masalan, ichak tayoqchasi (E cole), difteriya, mikobakteriya (sil tayoqchasi), vabo vibrioni va h.k. Sporali mikroorganizmlarning sporasida esa suvning konsentratsiyasi 40—50% gacha bo'ladi. Suvning miqdori hujayraning asosiy tarkibini hosil etadi, u erkin va bog'langan holatda bo'lib, bog'langan suv sitoplazmaning struktura dementi hisoblanib, unda eritish xususiyati yo'q. Erkin suv kolloidlar uchun dispers muhit, kristall moddalar uchun crituvchi, vodorod va gidroksil ionlarning manbayi, kimyoviy reaksiyalarning qatnashuvchisi sifatida ishtirok etadi.
Mineral moddalar. Bakteriya hujayrasi tarkibiga mineral moddalardan: fosfor, oltingugurt, natriy, magniy, kaliy. kalsiy, temir, xlor va boshqalar hamda mikroelementlardan molibden, kobalt, bor, marganes, rux, mis va boshqalar kiradi. Bakteriya hujayrasiga oziq modda bilan kirgan elementlar qumq massasining 2-14% ni yuqorida qayd etilgan elementlar tashkil etadi. Bakteriya moddalarining quruq massasi oqsil, nuklein kislota, uglevod, lipid va boshqa birikmalardan iborat.
Oqsil. Sitoplazmada va nukleotidda, sitoplazmatik membranada va hujayraning boshqa qismlarida tarqalgan oqsil bakterial hujayraning quruq massasining 50-80% ini tashkil etadi. Oqsilning tarkibida nukleoprteidlar va prostetik guruh mayjud. Oqsilning ikkinchi qismini lipoproteidlar tashkil etadi. Prostetik guruh sifatida moy (lipid, lipoidlar) ishtirok etadi. Lipoproteidlar yarim suyuq konsistensiyali bo'lib, hujayrada kiritma shaklida bo'ladi. Lipo­proteidlar sitoplazmaning yuzasida bakterial hujayraga moddalarning kirishini boshqarib turuvchi membranalarni hosil etadi. Mikroorganizmlar hayotida oqsil tarkibli fermentlar (enzimlar va koenzimlar) biologik katalizator sifatida bakterial hujayrada alohida rol o'ynaydi. Fermentlar tarkibida prostetik guruh mavjud. Fermentning oqsil qismi uning xususiy harakatini, prostetik guruhi esa kimyoviy reaksiyalarini boshqarib turadi.
Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalarning miqdori bakteriyaning turiga, oziqasiga bog'liq. Bakterial hujayrada RNK 3 xilda:
-ribosoma RNK
- transport RNK
- matritsa RNK holida uchraydi.
Ribosoma RNK ribosoma tarkibiga kiradi, transport RNK ribosomaga amino-kislotalarni tashiydi, matritsa RNK polipeptid zanjirda amino-kislotalar joylashishi tartibini ta'minlaydi.
DNK adenin, guanin, sitozin, timin, fosfat kislota, dezoksiribozadan iborat. RNK adenin, guanin, sitozin, uratsil, fosfat kislota, ribozadan iborat.
Uglevodlar. Bakteriyada uglevod va ko'p atomli spirtlarning miqdori quruq massaga nisbatan 12—18% bo'lib, uglevodning asosiy massasini erkin va bog'langan oqsildagi polisaxaridlar kompleksi tashkil etadi. Ularga:
1) ko'p atomli spirt;
2) alikozit;
3) poliozidlar;
4) nitral oligopoliozid;
5) nordon poliozidlar;
6) oligo va poliozidlar kiradi.
Polisaxaridlar. Ko'pchilik mikroorganizmlarning polisaxaridlari dekstrin (fruktozan) sellulozadan iborat. Ba'zi mikroorganizmlarda (mikobakteriya, sil) geksozaminlar bo'lib, gidrolizda monosaxaridlarga, aminosaxaridlarga va aminokislotalarga parchalanadi. Kislotali gidrolizda polisaxaridlardan galaktoza, glukoza va boshqalar hosil bo'ladi.
Lipidlar. Bakterial hujayrada quruq massaga nisbatan lipidlar 10% ni tashkil etadi. Bakterial lipidlar erkin moy kislotasi (26-28%), neytral moy va fosfolipidlardan iborat.



Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish