Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 2,62 Mb.
bet32/84
Sana16.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#676575
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m

3. Namunaviy loyihadagi sinflar.
IBM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari koʻrilishi uchun foydalaniladigan DVI texnologiyasi toʻrt bazaviy unsurdan tashkil topgan:
- videotizimning asosi boʻlgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi (masalan, tasvirlar kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intel firmasining I 82750RV piksel protsessori; signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument firmasining TMS320S10 protsessori; tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda uchun Iptel firmasining i82750DV displeyli protsessori va boshqalar); oxirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda;
- drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver hamda CD - ROM Driver ) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va videoeffektlar ma’lumotlari kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-Video Support System); RTX (Real Time Executive) STD (Standart) multivazifadorligini ta’minlash, xotirani, kirish-chiqishni boshqarish va boshqalar;
- galma-gal paydo boʻluvchi audio va video axborot saqlovchi, ma’lumotlarni CD - ROM jamgʻaruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi maxsus shaklli fayllar;
- subyektiv qabul qilishga yoʻnaltirilgan va ba’zi yoʻqotish yoki boʻzib koʻrsatishlarga yoʻl qoʻyuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Bu texnologiyani qoʻllashning eng oddiy misoli boʻlib, siyraklash algoritmi, ya’ni tasvirning diskretligini kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. JPEG (Joint Photographic Exerts Group) statik tasvirlarni siqishning eng koʻp tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida koʻchmas tasvirlarning vizual zararsiz 20- 50 martagacha siqilishga olib borish mumkin.
Harakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive Coding) algoritmlaridan foydalaniladi.
Bu guruh algoritmlari orasida MREG (Moving Pictures Experts Groups ) algoritmlarini ajratib koʻrsatish mumkin, ular 25-50 marta siqish koeffitsentini ta’minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar /s.li 640x480 oʻlchamli siqilmagan raqamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma’lumotlarni oʻzatish tezligi talab etilsa, unda MREG1 algoritmi talab etilayotgan oʻzatish tezligini 550 kb/s. gacha kamaytiradi. MREG1 algoritmi, shuningdek, siqish koeffitsenti 5-10 marta boʻlgan audioaxborot kompressiyasi uchun ham qoʻllaniladi.
Gain Technology Ins (A+Sh) kompaniyasi Gain Momentum tizimini taklif etdi, u UNIX OT muhitida X Window, OSF/Motif va OpenLook grafik interfeysi bilan ishlashda multimedia imkoniyatini ta’minlaydi. Bunga qoʻshimcha ravishda Massachusets texnologiya instituti X Window Assotsiatsiyasi X Window muhitida ishlovchi standart dastur uchun VEX videokengaytirishni ishlab chiqdi va foydalanishga taqdim etdi. Gain Momentum tizimi asosan MBBT, obyektlar birlashishi tili va kutubxonalar turkumidan iborat. MBBT moduli matnli fayllar, fayl turkumlari, raqamlashgan tovush va tasvirlar oʻrtasidagi aloqani oʻrnatadi. Obyektlarni birlashtiruvchi Arrle firmasining Nurermedia Yengine tili foydalanuvchiga multimedia ma’lumotlari bazasida yoʻnalish topishga yordam beruvchi 30 modulli kutubxonalar turkumini oʻzida namoyon etadi. Tizim kompyuterli ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy dasturlarning portativ interfeysini (ARI - Arrlication Rgogram Interface) ham oʻz ichiga oladi.

4. Modelga yo‘naltirilgan loyihalash.


Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
– bitta axborot tashuvchisida katta hajmli turli ma’lumotlarni saqlash imkoniyati ( 20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan ham ko‘p yuqori sifatli tasvirlar, 30 - 45 minutli videoyozuvlar, 7 soatga teng tovush ma’lumotlari);
– ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. (“lupa” rejimi). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy hujjatlar va san’at asarlarini prezentatsiya qilganda foydalanish mumkin;
– tasvirlarni taqQOSlash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;
– matnlar yoki turli ko‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bo‘lish (gipermedia va gipermatn texnologiyasi);
Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi mahalliy hisoblash tarmog‘i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo‘llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo‘linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda.
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o‘rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so‘rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o‘zida axborotdan ko‘plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o‘tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o‘rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o‘lchoviga muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (halqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo‘yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo‘la oladi. Unchalik katta bo‘lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog‘i uchun tugun bo‘ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko‘ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo‘lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi bo‘lishi mumkin). Macalan, WINDOWS OS tarmog‘i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
- server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo‘yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog‘i);
geterogenli - bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish