1.3
Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda xorij tajribasi
Mamlakatimizda moliyalashtirishning jon boshiga nisbatan qo‘llaniladigan
yangi usullarini tadbiq etish masalalarini o‘rganishdan avval ta’lim tizimini
takomillashtirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani
ta’lim
muassasalariga
ajratiladigan
moliyaviy
resurslarni
taqsimlash
samaradorligini oshirish va ularni boshqarishdagi avtonomlikni mustahkamlash
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
2012-yildayoq YUNESKO tashkiloti Avstraliya, Angliya va Uels, AQSH
3
www.interfinance.uz “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. №3, iyun, 2017 yil
17
va Kanada, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar misolida maktablarda me’yoriy
moliyalashtirish tajribasining kompleks tahlili natijalarini e’lon qilgan edi
(Rossalind Levacic, 2012)
4
Bu misollar ta’limni boshqarishda “to‘liq
nomarkazlashgan” yondoshuvning shakllanganligidan dalolat beradi va aynan shu
yondoshuvlar ko‘pchilik sobiq sotsialistik mamlakatlarda ta’lim muassasalarida jon
boshiga qarab moliyalashtirish modellarining ishlab chiqilishiga va tadbiq
etilishiga asos soldi.
Ta’lim xizmatlari, boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlar (masalan, sog‘liqni
saqlash, ijtimoiy ta’minot) kabi, ancha qimmat turuvchi ijtimoiy ne’matlar qatoriga
kiradi va yuqori malakali mehnat resurslarini, ma’lum moddiy-texnik bazani
hamda tegishli moliyaviy resurslarni talab etadi. Dunyo mamlakatlarida ta’lim
tizimi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3 foizdan (AQSH da – 3,3%, Buyuk
Britaniyada - 4,3%, Tojikistonda – 2,1 %, Ruminiyada – 3%) 6-7 foizgachasini
(Ukrainada - 6%) tashkil qiladi. Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish kerakki,
so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimiga yo‘naltirilayotgan
davlat xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismini tashkil
qilmoqda. Ta’lim jarayoni va odamlar tafakkurining yuksalishi o‘rtasidagi uzviylik
haqida 1-Prezident I.Karimov BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga
bag‘ishlangan Sammitidagi nutqida: “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun
sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi.
Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi”, - deb ta’kidlab
o‘tgan edi.
Ko‘pchilik (ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan) mamlakatlar ta’lim
tizimlari davlatdan moliyalashtirish manbalarining ustunligi va bu sektordagi
davlat muassasalarining ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda
ta’limni moliyalash manbalari tarkibida 73 foizdan (Germaniyada) 99 foizgacha
(Daniyada) qismini davlatga tegishli manbalar tashkil qiladi. Bu mamlakatlarda
4
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и проблемы.
Всемирный банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2014.-c.24
18
boshlang‘ich va o‘rta ta’lim asosan davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi,
o‘rta ta’limdan keyingi va oliy ta’limda esa nodavlat manbalari ustundir.
5
Aksariyat sobiq sovet respublikalarida va sobiq sotsialistik mamlakatlarda
ta’lim tizimini nomarkazlashtirish sari harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta’limni
nomarkazlashtirish masalasiga ikki xil yondoshuv mavjud:
- mahalliy boshqaruv darajasida nomarkazlashuv;
- ta’lim muassasasi darajasida nomarkazlashuv.
Mahalliy boshqaruv darajasidagi nomarkazlashuv sharoitida mahalliy o‘z-
o‘zini boshqarish organlari hududida joylashgan ta’lim muassasalari, mahalliy
ta’lim tizimining bir qismi sifatida, mahalliy hamjamiyatga xizmat qiladi va
mahalliy aholining ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. O‘z navbatida,
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari mahalliy aholining ehtiyojlarini aniqlaydi
va maktab tarmog‘ini maqsadga muvofiq shakllantiradi, bunda ta’lim
xizmatlarining hammabopligi va aholining o‘quv muassasasini tanlashdagi adolatni
ta’minlashga alohida ahamiyat beriladi. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish
darajasidagi nomarkazlashuv Polsha, Litva, Makedoniya, Serbiya, Slovakiya,
Rossiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan model bo‘lib, ta’lim muassasalarini
bshqarishning bu mamlakatlarda tarixan qaror topgan shakllariga ayniqsa muvofiq
keladi.
Ta’lim muassasasi darajasida nomarkazlashuv boshqarish nuqtai nazaridan
kuchli, ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining faoliyat qilishini
nazarda tutadi, odatda bu tashkilotlar moliyaviy, dasturiy va institutsional
avtonomlik(mustaqillik)ka ega bo‘lib, ularni zamonaviy menejment bo‘yicha
yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional direktorlar boshqaradilar.
Ko‘p hollarda bu muassasalar ota-onalarning, o‘quvchilarning hamda o‘qituvchi
xodimlarning manfaatlariga javob beradilar, ularda mavjud pedagogik kadrlar,
5
I.A.Karimovning BMT Sammiti Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga bag’ishlangan yalpi
majlisidagi nutqi Xalq so’zi / 21.09.2014.
19
moddiy-texnikaviy va ijtimoiy sharoitlar esa hamjamiyatdagi boshqa ta’lim
muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Sobiq
sovet respublikalaridan Gruziya va Armanistonda ta’lim muassasasi darajasidagi
nomarkazlashuvga erishilgan.
Qator mamlakatlarda (Polsha, Makedoniya, Gruziya, Armaniston kabi)
ta’lim tizimlarining nomarkazlashuv jarayonlarini o‘rganish natijalari shuni
ko‘rsatadiki, nomarkazlashuvning qaysi modelini tanlash mamlakatdagi siyosiy
holatga, ta’lim tizimining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi
ustuvorliklarga bevosita bog‘liqdir.
Nomarkazlashgan ta’lim amal qilishining moliyaviy jihatlariga kelsak,
shuni ta’kidlash zarurki, asosan davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatuvchi butun ta’lim tizimini moliyalashtirish davlat moliyasining tarkibiy
qismi bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun ham bu tizimda butun davlat moliyasiga
xos bo‘lgan tartib va qoidalar amal qiladi. Har qaysi davlatda ta’limni
moliyalashtirish tizimi uni boshqarish tizimi bilan muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.
Nomarkazlashuv sharoitidagi ta’lim muassasalarini moliyalashtirish
masalalarini maktab darajasida nomarkazlashuvi hamda mahalliy o‘z-o‘zini
boshqarish darajasida nomarkazlashuvi misolida ko‘rib chiqamiz.
Maktab darajasida nomarkazlashgan ta’limni moliyalashtirishda maktab
byudjeti maktabdagi bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan ko‘rsatkichlar asosidagi
formula bo‘yicha aniqlanadi. Maktab byudjetini aniqlab berishga xizmat qiluvchi
va milliy (mamlakat bo‘yicha yagona) yoki hududiy darajada ishlatiladigan bu
formula bir qator omillarni, jumladan, maktabning xususiyati, joylashishi, xizmat
ko‘rsatilayotgan kontingentning o‘ziga xosligini, boshqa ustuvorliklarni hisobga
olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish darajasida nomarkazlashish sharoitida ham
maktab byudjeti formula asosida aniqlanadi, shu bilan birga, ta’lim muassasalari
uchun markaziy budjetdan byudjet transfertlari ko‘zda tutiladi, bunda hudud
bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarni qo‘llash natijasida formula birmuncha sodda
20
bo‘lishi mumkin. Ta’lim tizimini to‘liqroq moliyalashtirish maqsadida ular boshqa
manbalardan ham foydalanishlari mumkin.
Formula asosida aniqlangan maktab budjetining umumiy ta’limga ajratilgan
mablag‘lar tarkibidagi ulushi mamlakatlar bo‘yicha ham, mamlakat ichidagi
hududlar bo‘yicha ham turlicha bo‘lishi mumkin, lekin hamma holatda ham
maktab o‘ziga formula asosida ajratilgan byudjetga o‘zi egalik qiladi.
Ayrim mamlakatlarda jon boshiga moliyalashtirish formulalarini tadbiq
etishning bir qator xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz.
Rossiya Federatsiyasida jon boshiga qarab me’yoriy moliyalashtirishni
joriy qilish ta’lim tizimini modernizatsiyalash dasturi bilan belgilangan uni isloh
qilishning
asosiy
moliyaviy-iqtisodiy
mexanizmlaridan
biri
hisoblanadi.
Byudjetdan jon boshiga qarab moliyalashtirishga o‘tish har bir o‘quvchining
qayerda yashashidan, u yashaydigan munitsipalitet
6
byudjetining imkoniyatlaridan
va boshqa sharoitlardan qat’iy nazar, standart sifatdagi va hajmdagi ta’lim
xizmatlarini olishni kafolatlaydi.
2015-yil 4-iyulda “О внесении изменений и дополнений в Федеральный
закон
“Об
общих
принципах
организации
законодательных
(представительных) и исполнительных оргaнов гоcудaрственной влaсти
субъектов Российской Федерации” №95-ФЗ-sonli Federal qonunning qabul
qilinishi bilan federal, hududiy va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida
vakolatlarni taqsimlash jarayoni boshlandi. Tа’lim sohasiga bu Qonun umumiy
ta’lim bo‘yicha davlat kafolatlarini ta’minlash vakolatlarini munitsipal darajadan
hududiy darajaga subvеnsiya
7
mexаnizmi orqali ko‘chirish natijasida o‘zgartirish
kiritdi. Eng oddiy shaklda subvensiya hajmi bir o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan
o‘rtacha xarajatlar asosida aniqlanadi, o‘z navbatida, o‘rtacha xarajatlar o‘tgan
moliyaviy yildagi ta’lim muassasasining tipi bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlarni
o‘quvchilar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda munitsipalitetlar bo‘yicha
6
Rossiyada ma’muriy-hududiy tuzilma (oblast, shahar, rayon)
7
Yuqori byudjetdan quyi byudjetga aniq maqsadlar uchun beriladigan moliyaviy yordam shakli
21
xarajatlar o‘rtasidagi farq tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‘llash orqali tekislanadi.
Har bir munitsipal tuzilmada o‘zining tuzatuvchi koeffitsienti qo‘llaniladi, u esa
munitsipalitet bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlarni o‘rtacha (me’yoriy) xarajatlar
asosida hisoblangan xarajat hajmiga bo‘lish orqali hisoblab topiladi.
Mahalliy va maktab darajasida normativ prinsipni muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun, birinchi navbatda, normativ bo‘yicha aniqlangan budjet
mablag‘larini har bir maktabga yetkazish texnologiyasi muhim ahamiyatga ega.
Ushbu tеxnologiyа umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish
xarajatlari me’yorini hisoblash tartibini o‘z ichiga oladi
8
. Har bir munitsipal
tuzilma uchun umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish
xarajatlari me’yori quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Н = ЗП + Р(учeбн)
bunda: ЗП – munitsipal tuzilmada bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan
umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish bo‘yicha sinflarning
turlari va ta’lim pog‘onalari bo‘yicha ish haqi xarajatlari;
Р(учебн) – bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan ta’lim jarayonini
ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar.
Bu formulada ЗП quyidagi formula asosida aniqlanadi:
ЗП = (а / д*б*1,262*1,02*1,33*12) / м*1,43*w*c*р
bunda: a – bazaviy o‘quv reja bo‘yicha soatlar soni;
д – bir stavka ish haqi uchun soatlar soni, bunda umumiy ta’limning birinchi
pog‘onasi (1-4 sinflar) uchun – 20 soat, ikkinchi (5-9 sinflar) va uchinchi (10-11
sinflar) pog‘onasi uchun – 18 soat belgilangan;
д – munitsipal tuzilma bo‘yicha YaTS bo‘yicha o‘rtacha tortilgan razryadga
to‘g‘ri keluvchi ish haqi stavkasi (regionlarda regional tarif stavkasi qo‘llanishi
mumkin);
1,262 – yagona ijtimoiy soliq bo‘yicha ajratmalar koeffitsienti;
8
Под редакцией Н.Г.Типенко «Использование нормативов при планировании и
финансировании основных общеобразовательных программ: опыт практической
реализации, методические рекомендации, комментарии».-М.
:
Политика.2016год.
22
1,02 – ish stajining (umumiy va pedagogik) ortishi, malaka toifasining
o‘zgarishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat haqining ortish koeffitsienti;
1,33 – ustama va qo‘shimchalar hisobiga mehnat haqi fondining ortish
koeffitsienti;
12 – yildagi oylar soni;
м – sinflarning me’yoriy to‘liqligi;
1,33 – ma’muriy boshqaruv xodimlar, o‘quv yordamchi va xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar mehnat haqi fondining ortish koeffitsienti (adaptatsiya
davrida 1,43 koeffitsient qo‘llaniladi);
w – pedagogik xizmat qiymatining turli omillarga (sinflarni guruhlarga
bo‘lish,
kuni
uzaytirilgan
guruhlarning
mavjudligi,
qo‘shimcha
ta’lim
dasturlarining amal qilishi kabi) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti;
c – pedagogik xizmat qiymatining sinflarning turlariga (umumta’lim,
gimnaziya/litsey, maxsus) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti;
р – region tomonidan joriy qilingan qo‘shimcha ish haqi va regional
ustama/qo‘shimchalarni aks ettiruvchi regional qimmatlashuv koeffitsienti.
Ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (Р(учебн)) ta’lim pog‘onalari
bo‘yicha har bir o‘quvchiga xarajatlar me’yori miqdoriga nisbatan foizlarda,
avvalgi davr haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ta’lim jarayoni
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ko‘rgazmali qurollarni, o‘qitishning
texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kanselyariya tovarlarini
sotib olish xarajatlаri kiradi.
Shunday qilib, bir o‘quvchiga nisbatan umumiy ta’limning davlat ta’lim
standartini amalga oshirish xarajatlari me’yori quyidagilar asosida aniqlanadi:
- pedagogik хizmatning standart (bazaviy) qiymati;
- pedagogik stavkalar va ma’muriy-boshqaruv hamda yordamchi xodimlar
stavkalarining me’yoriy nisbati;
- ish haqi fondining va ustama/qo‘shimchalar fondining me’yoriy nisbati;
23
- ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (ko‘rgazmali qurollarni,
o‘qitishning texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kanselyariya
tovarlarini sotib olish xarajatlari);
- pedagogik xizmatning qimmatlashuv koeffitsienti;
- regional qonunchilik asosida o‘rnatiladigan me’yorlar (federal me’yorlarga
qo‘shimcha ravishda).
Jon boshiga moliyalashtirish yangi mexanizmini tadbiq etish Armaniston
Respublikasi umumta’lim tizimida 2000-yildan boshlab amalga oshirib
kelinayotgan tarkibiy islohotlarning muhim komponentlaridan biridir. Bu
mexanizmga ko‘ra, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soniga nisbatan
qo‘llaniladigan yagona summa asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish 2014-yilda tajribaviy loyihani
amalga oshirish bilan boshlandi. Mazkur dasturga Armanistonning turli
marzlaridagi (hududiy bo‘linmalari)154 ta (mamlakatdagi jami maktablarning 10
foizi) maktab jalb qilindi. Maktablarning yangi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi
bosqichma-bosqich kechdi va Armaniston hukumati tomonidan o‘rnatilgan
grafikka
muvofiq
2016-yilda
yakunlandi.
Maktablarning
jon
boshiga
moliyalashtirish mexanizmiga o‘tishi ular yuridik maqomlarining o‘zgarishi bilan
birga amalga oshdi, ya’ni ular budjet tashkiloti maqomidan yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lgan davlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etildilar. Bu
maqom maktablarga banklarda o‘z hisobraqamini ochish, alohida mulkka ega
bo‘lish imkonini berdi, shuningdek, ular o‘z budjetlarini tuzish, u bo‘yicha
ajratilgan budjet mablag‘larini tasarruf etishda mustaqillikka ega bo‘ldilar.
Maktablar mustaqilligining oshishi bilan bir qatorda, yangi moliyalashtirish
mexanizmining joriy etilishi yangi boshqaruv organlarini – maktab Kengashlarini
shakllantirish bilan birga kechdi, bu organ maktabning yillik budjetini tuzish va
uning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmasiga oldi.
Armanistonda jon boshiga moliyalashtirishga quyidagi bazaviy tamoyillar
asos qilib olindi:
24
- maktab yagona summa bo‘yicha – xarajatlarni iqtisodiy tasnif moddalari
bo‘yicha guruhlamasdan moliyalashtirilishi kerak, bu summa aniq o‘rnatilgan
formula asosida hisoblab topilishi lozim;
- formula asosida hisoblab topilgan va maktabga ajratiladigan yillik
mablag‘lar summasi maktabdagi o‘quvchilar soniga to‘g‘ri proporsional bo‘lishi
kerak;
- davlat har bir o‘quvchiga ajratiladigan mablag‘ summasini (me’yorni)
aniqlab berishi va bu summa “o‘quvchining ortidan borishi” lozim;
- maktab o‘zining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘zining yillik smetasini
(byudjetini) tuzishi va bu smeta maktab Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak;
- maktab unga ajratilgan yillik mablag‘ni tasdiqlangan byudjet doirasida
xarajat qiladi, unga esa faqat maktab Kengashining roziligi bilan o‘zgartirishlar
kiritish mumkin bo‘ladi;
- maktab o‘zining barcha xarajatlari bo‘yicha hisobdor bo‘ladi.
Armanistonda jon boshiga qarab moliyalashtirish amaliyotida maktablarga
ajratiladigan byudjet mablag‘lari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
B = A * N + C
bunda: B – maktabga ajratiladigan yillik byudjet;
A – bir o‘quvchiga ajratiladigan yillik summa;
N – o‘quvchilar soni;
C – maktabni saqlash xarajatlari summasi deb rasman nomlanuvchi doimiy
koeffitsient.
Formuladan foydalanishning dastlabki yillarida moliyalashtirish hajmlari
hisoblab chiqarilgan o‘rtacha kattalikdan kam bo‘lgan maktablarga qo‘shimcha
ravishda mablag‘lar ajratildi, hisoblab chiqarilgan o‘rtacha kattalikdan ko‘p
bo‘lgan maktablarning moliyalashtirish hajmlari esa, o‘tish davrida maktablarning
moliyaviy holatini yomonlashtirmaslik uchun, o‘zgartirilmadi. Shuningdek, tog‘lik
va yuqori tog‘lik hududlarda joylashgan maktablarning isitish xarajatlariga ko‘p
mablag‘ sarflashlari hamda bu hududlardagi muassasalar uchun ish haqiga 20
25
foizlik ustamalar o‘rnatilganligi bilan bog‘liq qo‘shimcha moliyaviy ehtiyojlarni
qondirish
maqsadida
bu
maktablar
xarajatlarini
hisoblashda
muayyan
koeffitsientlar qo‘llanildi.
2014-yildan boshlab formulada ko‘rsatilgan A va S ko‘rsatkichlar davlat
tomonidan har bir moliyaviy yil uchun qayta ko‘rib chiqilgan va yildan yilga,
ta’lim tizimiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning oshishi bilan bir
qatorda oshirib borilgan. 2015-yilning yanvar oyidan boshlab respublikaning
barcha maktablarini moliyalashtirish bir o‘quvchiga nisbatan me’yorlar bo‘yicha
formula asosida moliyalashtirilmoqda. Mazkur formula juda oddiy bo‘lib, unda
moliyalashtirish hajmi faqat o‘quvchilar soniga va maktabning joylashgan joyiga
bog‘liq. Dastlabki bosqichdagi bir qator qiyinchiliklarga qaramay, maktablar
yangi, egiluvchan uslubni ancha muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqdalar.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, oxirgi o‘n yillarda formula asosida
moliyalashtirish usuli borgan sari ko‘proq e’tiborni jalb etmoqda. Moliyalashtirish
formulalari 1960-yillarning oxirlari va 1970-yillarda AQSh, Fransiya, Buyuk
Britaniya, Avstraliyada ishlab chiqila boshladi va dastlab maktab va
o‘quvchilarning maxsus toifalariga qaratilgan dasturlar uchun qo‘llanildi (masalan,
aholining iqtisodiy zaif qatlamlariga xizmat ko‘rsatuvchi maktablar). Hozirgi
vaqtda bu usul ko‘plab mamlakatlarda resurslarni adolatliroq taqsimlash
maqsadida maktablarning kengroq doirasi uchun u yoki bu darajada
qo‘llanilmoqda. Maktablarni moliyalashtirish formulasini davlat (uning vakolatli
tashkilotlari) bilan maktab o‘rtasidagi o‘ziga xos kelishuv deb qarash mumkinki,
ushbu kelishuv bo‘yicha maktablar o‘quvchilarga ta’lim berish va o‘qitishning
zarur natijalarini ta’minlash evaziga kelishilgan miqdordagi moliyaviy resurslarni
oladilar.
Maktablarni jon boshiga moliyalashtirish formulasi bugungi kunda AQSH,
Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan
mamlakatlarda, shuningdek, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan Chili, Armaniston,
Rossiya kabi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Ta’lim
26
tizimida budjet mablag‘larini taqsimlash uchun jon boshiga moliyalashtirish
formulasini qo‘llash bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bir tekislik, oqilonalik,
samaradorlik, shaffoflik va aniqlik kabi tamoyillarning bajarilishini ta’minlaydi.
Barcha boshqa mamlakatlardagi kabi, bir o‘quvchi hisobidan
moliyalashtirish natijalarini baholashda ob’ektiv qiyinchiliklar mavjud – formula
maktab
ta’limi
samaradorligini
oshirishga
ko‘maklashishi
uchun
moliyalashtiruvchi tashkilot mablag‘larni ta’lim natijalari asosida taqsimlashi
lozim, biroq bunday natijalarni o‘lchash etarli darajada murakkabdir: ular turli-
tuman bo‘lishi mumkin, aniqlash juda qiyin va doim ham miqdoriy ifodaga ega
emas. Miqdoriy hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan ta’lim natijalari esa, masalan,
imtihon va nazorat ishi natijalari sezilarli darajada o‘quvchilar, ularning ijtimoiy
kelib chiqishi va qobiliyatlariga, shuningdek boshqa sub’ektiv omillarga ham
bog‘liq, shuning uchun bunday natijalarni solishtirish uchun murakkab statistik
tadbirlar va maxsus tadqiqotlar zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |