Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana17.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#559319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish 
qismi, uchta bob, xulosa va takliflar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan 
iborat.
Bitiruv malakaviy ishining 1-bobi “Xalq ta’limini moliyalashtirishni 
samarali tashkil etish masalalarining nazariy-huquqiy asoslari” deb nomlangan 
bo`lib, xalq ta’limini moliyalashtirishning ilmiy-nazariy va me’yoriy-huquqiy 
asoslari,
xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda xorij tajribasi rejalaridan iborat. 
2-bobi “Xalq ta’limini moliyalashtirishni tashkil etishning amaliy 
mexanizmi” hisoblanib, uning tarkibida
xalq ta’limini moliyalashtirishning 
manbalari va ularning holati shuningdek
umumta’lim maktablari xarajatlarini 
rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmi tahlili keltirilgan. 
3-bobi esa “Xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari” 
bo`lib,
xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish tamoyillari va 
mamlakaitimizda xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishning istiqbolli masalalari 
kabi rejalaridan tashkil topgan. 
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida mavzu bo`yicha nazariy xulosa 
va takliflar keltirib o`tilgan. Bitiruv malakaviy ishida 8 ta rasm, 12 ta jadval bor 
bo‘lib, 78 betdan tashkil topgan. 



1-BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI SAMARALI
TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 
 
1.1
 
Xalq ta’limini moliyalashtirishning nazariy-huquqiy asoslari 
 
Respublikamiz mustаqillikkа еrishgаn ilk yillаrdаn boshlab hukumatimiz 
tomonidan ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada 
qator huquqiy-me’yoriy asoslar yaratildi. Xususan, mamlakatimizda qabul qilingan 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
2
ning vazifalardan biri yangi ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash 
tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, 
ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish 
deb belgilangan. Bu boradagi ishlar ko‘lami hali ham davom ettirmoqda. 
 
Maktab ta’limi muassasalari davlat xalq ta’limining asosiy bo‘g‘ini 
hisoblanadi. Ushbu bo‘gin boshlang‘ich ta’lim(1-4 sinflar), umumiy o‘rta ta’lim(5-
11 
sinflar)ni 
o‘z 
ichiga 
olib, 
asosan 
davlatga 
qarashli 
bo‘lgan 
maktablarda(boshlang‘ich, umumiy o‘rta va boshq.) amalga oshiriladi. 
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, 
bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Umumiy o‘rta ta’lim 
bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va 
amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga 
va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qitish 
samarasi nafaqat ta’limning sifatiga, balki xalq ta’limiga ajratiladigan 
mablag‘larning miqdori va ulardan foydalanishining samaradorligiga ham bog‘liq. 
Shuning uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyati, ularning kerakli 
resurslar bilan ta’minlanishiga katta e’tibor berish zarur hisoblanadi.
2
 
www.interfinance.uz
“Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. №4, iyun, 2017 yil
 



Ma’lumki, ta’lim sifatiga e’tibor berish mamlakatning nafaqat ijtimoiy 
farovonligini, shuningdek iqtisodiy rivojlanishini ham ta’minlaydi.
 

O‘zbekiston aholisining 60 % dan ko‘prog‘ini bolalar va o‘smirlar tashkil 


qiladigan bir sharoitda, ularni o‘qitish, tarbiyalash va mutaxassis kadr qilib 
tayyorlash masalalari zamonning dolzarb mavzusi bo‘lib qolmoqda.
 
Respublikada ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish yo‘lida olib 
borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar 
mohiyatini keng jamiyatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama 
sharoit yaratish - davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta'lim-
tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin deb 
ko‘rsatilgan.
 
Ma’lumki, ta’lim tizimini isloh qilish ancha yillar oldin boshlangan edi. 
O‘tish davrdagi yangi sharoitlarni hisobga olgan holda ta’lim sohasida tub 
islohotlarni amalga oshirish maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Bu davrga kelib O‘zbekiston 
milliy ta’lim tizimida erishilgan yutuqlar bilan birgalikda, bir qator muammolar 
ham mavjud edi. Dasturning asosiy maqsad va vazifalari ana shu muammolarni hal 
qilishga qaratildi. 
Shunga ko‘ra Kаdrlar tаyyorlаsh Milliy dаsturida belgilangan islohotlarning
muhim yo‘nаlishlari quyidаgilar bo‘ldi:
- maktаbgaсhа va umumiy ta’limni tаkomillashtirish;
- o‘rta mаxsus kasbiy ta’limni oqilonа tashkil etish;
- ta’limni boshqarish va moliyalashtirishni yaxshilash;
- kadrlar tayyorlashning sаmarali tizimini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Ta’lim to‘g‘risida»gi 
Qonuniga muvofiq, mamlakatda maktab yoshiga yetgan barcha bolalar (nogironlar, 
rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar) turli xil ta’lim muassasalarida (nogironlar, 
rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar va shu kabilar uchun maxsus maktablarni ham 
kiritgan holda) ta’lim olishga majburlar. 



Ta’lim jamiyatning strategik resursi va davlat hamda jamiyat qurilishida 
muhim ustuvorlik ekanligini hisobga olib, butun ta’lim tizimining har bir 
bosqichini boshqarishda davlat yetakchi rol o‘ynaydi. 
Ta’lim tizimi ustidan davlat rahbarligi, avvalo, quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi:
- ta’lim tizimi maqsadlarini aniqlashda;
- uning rivojlanishini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy asoslarni ishlab 
chiqishda;
- resurslar bilan ta’minlash va moliyalashtirishning boshqa manbalarini 
aniqlashda;
- qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayoni ustidan monitoringni amalga 
oshirishda. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq, ta’lim bir necha bosqichlarni 
qamrab oluvchi uzluksiz jarayon sifatida qaraladi: 
- maktabgacha ta’lim - 6-7 yoshgacha davlat va nodavlat maktabgacha bolalar 
muassasalarida amalga oshiriladi;
- umumiy o‘rta (maktab) ta’lim - 11 yillik muddatdagi majburiy ta’lim 
hisoblanadi;
- oliy ta’lim ikki bosqichni qamrab oladi: bakalavriat va magistratura;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta’lim.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da bazaviy hisoblanmish xalq ta’limi, 
ya’ni boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish va uni jahon standartlari talablariga javob 
beradigan darajaga yetkazish, boshlang‘ich ta’limda ilg‘or chet el texnologiyalarini 
qo‘llash, uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda o‘qituvchi xodimlarning 
moddiy rag‘batlantirilishini kuchaytirish kabi vazifalar ham belgilangan. 
Mana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Maktаb ta’limi
Jamg‘armasi tashkil etilib uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 


10 
- Maktab ta’limini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish yo‘lidan
maqsadli foydalanish uchun byudjet mablag‘larini hamda yuridik va jismoniy 
shaxslarning homiylik mablag‘larini, xorijiy kreditlar va grantlarni to‘plash; 
- Dasturda ko‘zda tutilgan buziladigan maktablar o‘rniga yangilarini
qurish, kapital tiklash, joriy va kаpital ta’mirlash, maktablarni o‘quv-
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va jihozlari,
sport buyumlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish; 
- Dasturni amalga oshirish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy 
maqsadli foydalanish ustidan monitoringni ta’minlash. 
Shunga ko‘ra Maktab ta’limi Jаmg‘armasi mаblag‘larini shakllantirish 
manbalari va sarflash yo‘nalishlari sifatida quyidagilar bеlgilandi: 
Manbalari: 
- davlat budjetida alohida satr bilan ko‘zda tutilgan budjet ajratmalari; 
- mahalliy budjetlarning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha prognoz qilingan 
tushumlaridan ortiq qismini jalb qilishdan mablag‘lar; 
- xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari; 
- O‘zbekiston Respublikasi rеzidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik 
va jismoniy shaxslarning homiylik yordamlari;
- Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olingan 
daromadlar; 
- qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushumlar. 
Sarflash yo‘nalishlari: 
- tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq buzilayotgan maktablar 
o‘rniga yangilarini qurish, mukammal rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash; 
maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi 
bilan jihozlashni moliyalashtirish;
- partalar va maktab jihozlarini sotib olish; 
- maktablarni sport buyumlari bilan jihozlash.
Shunday qilib, maxsus davlat nobyudjet maktab ta’limi


11 
Jamg‘armasini yaratish maktablarning moddiy-texnik asosini mustahkamlash va
kengaytirish masalalarini markazlashtirilgan tartibda hal etishga imkon beradi. 
Shuningdek Xalq ta’limi tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, 
xalq ta’limi vazirligi faoliyatini umumiy, o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim 
tizimini rivojlantirishga yo‘naltirish, ta’limning boshqaruv organlari faoliyati 
samaradorligini hamda ma’suliyatini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or 
pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish orqali 
ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xalq ta’limi 
tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, 
umumiy, o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni har tomonlama rivojlantirish, 
o‘quvchilarning bilimi va ma’naviy ahloqiy darajasini yanada yuksaltirish, 
shuningdek o‘rta ta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlash orqali 11 yillik o‘rta 
ta’limni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish 
kabi vazifalar belgilandi. 
Bunday islohotlar yurtimizda ta'lim tizimini moliyaviy ta'minlash sohasini 
takomillashtirish hamda moliyalashning sodda mexanizmini ishlab chiqish 
yo‘lida amaliyotga tadbiq etilgan asosiy chora-tadbirlardan hisoblanadi. Amalga 
oshirilgan islohotlar bilan bir qatorda davlat Byudjetidan ta'lim uchun
ajratilgan xarajatlar yil sayin ortib bormoqda. 
Ta’limni moliyalashtirish tizimi mustaqillik yillarida ma’lum 
o‘zgarishlarni boshidan kechirdi, lekin davlat resurslaridan foydalanishdagi 
o‘ziga xos xususiyatlarni saqlab qoldi, unda asosiy moliyalashtirish manbai - 
davlat byudjeti bo‘lib, davlat byudjetidan ta’lim muassasalarini saqlashga 
ajratmalar esa jamlanma smeta asosida ajratiladi. Mazkur ishlarning huquqiy asosi 
bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Ta’lim va 
tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmlari hamda davlat moliyaviy 
nazorat tizimlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori hisoblanadi. 
Mazkur hujjatda byudjetdan moliyalashtirish, ta’lim va tibbiyot muassasalarida 


12 
hisob-kitob va hisobot mexanizmlarini shaffoflashtirish va takomillashtirish, 
shuningdek axborot texnologiyalari va xalqaro tan olingan moliyaviy nazorat 
standartlarini joriy etish yo‘li bilan byudjet qonunchiligi buzilishlari profilaktikasi 
va ogohlantirishga yo‘naltirilgan davlat moliyaviy nazoratini tubdan qayta ko‘rib 
chiqishga qaratilgan choralar belgilangan. 
Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda 
ishtirok etish, chet davlatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar 
o‘rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo‘shma o‘quv yurtlari 
tashkil etish huquqiga ega. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish