Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana17.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#559319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi

1.2
 
Xalq ta’limini moliyalashtirishning me’yoriy-huquqiy asoslari 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mamlakatning ijtimoiy soha, xususan, maorif 
sohasida mavjud muammolarni bartaraf etishda xukumat tomonidan qator 
islohotlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng 
asosiysi bu, shaxs salohiyatini ko‘tarish hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim-
tarbiyani isloh qilishning, takomillashtirishning, eng avvalo huquqiy asoslari 
yaratildi. 1992-yil 8-dekabrdagi o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Oliy 
Kengashining 
o‘n 
birinchi 
sessiyasida 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitusiyasi qabul qilinib, har bir fuqoroning bepul umumiy ta’lim olish huquqi, 
ta’limning davlat nazoratida ekanligi qonuniy kafolatlandi.
 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim 
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va 
kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini 
yagona o‘quv ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni 
ta’minlash ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan 
yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash 
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning maqsad-vazifalaridandir. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-
sonli “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda 


13 
davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to`g‘risida”gi qaroriga 
asosan, ta’lim va tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada 
oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan 
moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va 
idoralarning bo`ysunuvidagi muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash 
borasidagi mas’uliyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari 
va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo`li bilan 
byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga 
qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko`rib chiqish 
maqsadida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Xalq ta’limi 
vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta’limi vazirligi 
tomonidan kiritilgan takliflar ma’qullandi va 2017-yilning 1-sentyabridan boshlab: 
- bir vaqtda o`zlarining bo`ysunuvidagi quyi muassasalarda buxgalteriya 
xizmatlari tugatilib, xalq ta’limi tuman (shahar) bo`limlarida va tibbiyot 
birlashmalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari; 
- O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O`zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida — soni 3 shtat 
birligidan iborat ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari; 
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni 
saqlash vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida, viloyatlar xalq 
ta’limi, sog‘liqni saqlash, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalarida hamda 
Toshkent shahar Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmalari va O`rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida soni 1-4 shtat birligidan iborat ichki 
audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etildi. 
Xalq ta’limi muassalari ham albatta byudjet tashkilotlari hisoblanib, ularni 
moliyalashtirish smeta asosida amalga oshirilar edi. Bu jarayonning huquqiy asosi 
sifatida quyida keltirilgan Vazirlar Mahkamasi qarori hisoblanar edi. 


14 
Byudjet tashkilotlarining asosiy hujjati bu xarajatlar smetasi hisoblanadi. 
Shu bois, 2014-yil 14-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vaziri 
tomonidan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari 
oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va 
ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 74-son 
buyrug‘i qabul qilingan va ushbu buyruq ilovasiga muvofiq “Byudjet tashkilotlari 
va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini 
tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizom 
tasdiqlangan.
Ushbu nizomda quyidagilar keltirilgan:
- xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish va tasdiqlash;
- vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash;
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha 
daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish va tasdiqlash;
- byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan ularning bo‘ysunuvidagi 
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari, 
daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- nazorat va javobgarlik hamda boshqalar. 
Yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, davlat 
tashkilotlari xarajatlari 4 guruhdan iborat va xarajatlar smetasiga muvofiq 
moliyalashtiriladi. Bu guruh xarajatlari ichida eng katta salmoqqa ega bo‘lgan 
guruh I guruh hisoblanadi, ya’ni ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 
hisoblanadi. Shu bois, ta’lim muassasalar pedagog xodimlari va ishchi 
xizmatchilarining ish haqini hisoblashning muqobil variantini ishlab chiqarish va 
uni to‘g‘ri hisoblash asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining 
ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini 
takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim 
muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. 


15 
Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha 
qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, 2016-yilning 29-dekabrida "2017-2021 
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Dastur asosida quyidagi keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga 
oshirish ko‘zda tutilgan:
- bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy 
rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-
sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va 
malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va 
metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;
- 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim 
muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, 
uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. 
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ 
ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi 
natijasida quyidagilarga erishiladi:
- yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga 
tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy 
etishga;
- bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa 
muddatli guruhni tashkil etishga;
- 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan 
bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali 
maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga;


16 
- maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda 
mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal 
ta’mirlash orqali kengaytirishga;
- qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal 
to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga;
- bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga.
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar 
ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining 
doimiy nazoratida bo‘ladi. Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida respublikamizning uzluksiz ta’lim tizimini 
yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yo‘lining uzviy va bosqichma-
bosqichligini ta’minlaydi 
Hozirgi kunda 9698 ta maktab, 4929 ta maktabgacha ta’lim muassasasi (134 
ta xususiy) mavjud. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat 
samaradorligini 
oshirish 
va 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015/2016 yillar 
davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlandi va 
zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi
3


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish