asoslab va aniq dalillar asosida baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Belgilangan vaqt o‘tgach (semestr yoki o‘quv yili)
yoki aniq hajmdagi ishlar
tugagach, talabaning xohishi bilan ushbu dastur yoki loyiha bo‘yicha talaba o‘z
portfoliosini taqdimot qilishi mumkin. Dastlab taqdimotni kichik guruhda, keyin
esa katta auditoriyada tashkil etish lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda
yaratilgan bo‘lsa, talaba o‘z hamkorlariga (talabalarga) yoki o‘qituvchiga o‘z
parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio» sahifalariga kirishiga ruxsat beradi va
taqdimot tugagach parolni o‘zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio»
mazmunini baholash uchun o‘qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi.
Materiallarni mashg‘ulot davrida muhokama qilish mumkin bo‘ladi. Agar
buning uchun alohida vaqt, o‘quv soati ajratilmagan bo‘lsa off-line
telekonferensiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti
forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o‘zi tanlagan yoki
o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo‘yicha butun kuchini
berganligini, uning o‘z faoliyatiga bergan bahosi o‘qituvchi va
ekspetlar guruhi
tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U
baholarni qaysi jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatishi va o‘zining
kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi
lozim.
Agar talabalar o‘qituvchining o‘ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy
munosabatda ekanliklarini his qilishsa, albatta o‘z fikrlari, tajribalari va kuzatish
natijalari bilan o‘rtoqlashadilar. Chunki, har qanday talaba yoki shaxs o‘z
ijodiy
mehnati natijalari bo‘yicha boshqalar fikriga bee’tibor bo‘lishmaydi. Faqat shu
yo‘l bilangina shaxsni kamol toptirish, o‘stirish mumkin. Agar talabada bunday
ishonch bo‘lmasa, ochiq muloqat yuzaga kelmaydi. Talaba yuqorida
ko‘rsatilgan «portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish
rivojlangan davlatlarda allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu
texnologiyani joriy etish uchun bir qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning
kommunikativ muvaffaqiyatlari, muomula
madaniyati, sport va jamoat
ishlaridagi faolligi bo‘yicha ham yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio»
muhokamasida (taqdimotida) ota- onalarni ham faol ishtirok etishlarini
ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z farzandlari
faoliyati natijalarini baholashlari uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert
guruh tomonidan taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan
foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z-o‘zini baholash
natijalari muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini
quyidagicha belgilash mumkin:
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari
quyidagi omillar bilan asoslanadi:
ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga
mos kelishi;
bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z
qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;
talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda
qatnashish, o‘z qarorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda
tushuntirib bera olishi).
2.
Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan
bo‘yicha o‘z yutuqlarini nazorat qilib
borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan
bo‘yicha muhim deb hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga
joylashtirib boradi. Uning vazifasi- ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib
borish, kerakli o‘zgartirishlar kiritish,
unga tushuntirishlar berish, o‘z-o‘zini
baholash bo‘yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo‘yicha u
nimalarni o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda
nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o‘z bilimlariga
o‘qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo‘ygan baholarga ham fikrini
bildirishi mumkin.
3.
«Portfolio» materiallari tarkibi, barcha
yozma tushuntirishlarning
mantiqiyligi va aniqligi.
4.
«Portfolio»da keltirilgan materiallarni to‘liqligi va mazmunan
tugallanganligi.
5.
«Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.
6.
«Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali, yaqqol va asoslangan
holda bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: