Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash
test reyting tizimiga asoslangan bo‘lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal
qiluvchi shaxs fan o‘qituvchisi hisoblanadi.
Albatta reyting tizimining o‘ziga
xos ijobiy tomonlari ko‘p. Lekin, shu bilan bir qatorda kamchiliklardan ham
xolis emas. Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz
mumkin:
talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni
faqat fan
o‘qituvchisi tomonidan baholanadi;
baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga
olinadi;
talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga
to‘sqinlik qiladi;
bo‘lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to‘liq
aniqlash imkoniyati cheklangan;
oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha
aniqlangan umumiy
ball ish beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa
bermaydi;
talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda
erishgan yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z
imkoniyatlari,
qobiliyatlari va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa
chiqarishiga asos yaratmaydi;
talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq
sharoit
yaratmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion
o‘zgarishlar, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy
pedagogik texnologiyalarga tayangan holda talabalarda umummadaniy,
umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv,
o‘quv- uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri
baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion
shakllaridan foydalanish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish
va baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba
portfoliosi» etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiya
ayniqsa rivojlangan
g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda.
Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida,
jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy
ta’limda joriy etilgan.
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy
yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning
ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport,
ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish
jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi
o‘qish jarayoni davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni
to‘plash va saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi
faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning samarali shakli bo‘lib
qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:
ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi;
ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni
amalga
oshiradi;
o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash
malakasini rivojlantiradi;
bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning
qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor
etmaydi, aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlan- tiruvchi ta’limga, insonparvar
pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga,
talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha refleksiya hosil
qilishga sharoit yaratadi.
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv-tarbiyaviy,
ijodiy, ijtimoiy, kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini
baholash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: